I-bob Muloqot jarayoni haqida umumiy tavsif. 1 Muloqot turlari va vazifalari


Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati



Download 60,29 Kb.
bet2/6
Sana27.05.2023
Hajmi60,29 Kb.
#944462
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
мулокат курс иши (3)

Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllantirishiga olib keladi. Shu nuqtai-nazardan olib qaraydigan bo’lsak, yoshlarimizni qolaversa, o’quvchilarda har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashimiz uchun avvalo, ularning psixologik xususiyatlarini mukammal bilishimiz darkor. Chunki inson psixologiyasi juda murakkabdir.
Ushbu kurs ishining mavzusi muloqot haqqida bo’lib shaxsni o’rganmasdan turib psixologiyani o’rganish mumkin emas.
Mustakillikka erishgan O’zbekistonda kelajagi buyuk davlat kurayotgan ekanmiz, uning faol kuruvchisi bulgan shaxsning psixologiyasi masalalarini urganish va ishlab chikish g’oyat katta axamiyatga egadir. Bu masalani urganish yangi kishini kamol toptirish nazariyasi va praktikasi ilmiy jixatdan ishlab chiqishda muhim oʻrin tutadi.
Shaxs ijtimoiy munosabatlar sistemasining, ijtimoiy hayotning koʻp qirrali, murakkab zo’nosidir. U bir tomondan ijtimoiy – tarixiy taraqqiyotning mahsuli boʻlsa, ikkinchi tomondan ijtimoiy taraqqiyotni taʼmin etuvchidir.
Biz kata yoshdagi normal odamni xam, chakalokni xam, tilni va oddiy malakalarni uzlashtira olmaydigan telalarni xam individ deb atay olamiz. Biroq bulardan fakat birinchisigina shaxs, ijtimoiy mavjudot xisoblanadi.
Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy tarakkiyotda faol ishtirok etuvchi odamgina shaxs deb ataladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik shaxsga aylanadi.
Kurs ishining tuzulishi "Kirish",ikki bob,to'rt paragraf,"Xulosa" va "Foydalanilgan adabiyotlar "ro'yxatidan iborat. Matning umumiy hajmi 31 bet.

I-Bob Muloqot jarayoni haqida umumiy tavsif.
1.1 Muloqot turlari va vositalari.
O'zbek tiliga davlat maqomi berilganidan keyin davlat va jamiyat hayotida birmuncha ijobiy o'zgarishlar yuz berdi, bu borada asosiy islohotlar milliy istiqloldan so‘ng amalga oshirildi. Ijtimoiy hayotdagi katta yutuqlar bilan bir qatorda, shaxslararo munosabatlarda til odobi, nutq madaniyatida buzilishlar davom etmoqda, o‘zbek tilining musaffoligi, aniq va lo'ndaligi, mantiqiyligi, ohangdorligi va silliqligi muloqotda o'z ifodasini topa olmayapti. Natijada uzatilayotgan fikrlarnii idrok qilish qiyinlashmoqda. Muloqot psixologiyasining asosiy maqsadi, avvalo yoshlarda nutq madaniyatini shakllantirishdir. Shuningdek,o‘qitish jarayonida bo'lajak mutaxassislarga muloqot madaniyati, muomala odobini singdirish, guruh va jamoalarda o'zaro munosabatlami muloqotni shakllantirish orqali yaxshilashdir.
Muloqot psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilarda o'z ifodasini topadi:
1) hamkorlikdagi faoliyat jarayonida shaxslararo o'zaro ta’sir va muloqot qonuniyatlarini o'rganish;
2) Sharq allomalarining muloqot haqidagi qarashlarini tahlil qilish;
3) o'quvchini faollikka undovchi muomalaviy imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab o'tish;
4) o'quvchilarda kasbiy layoqatni faollashtirishga qaratilgan muloqotni shakllantirish;
5) shaxslararo munosabatlami muvofiqlashtirishda muloqotning rolini orttirish;
6) o'zaro ta’sir etishning ayrim oqibatlarini hisobga olish.
Bundan tashqari muloqotning inson ijtimoiy hayotida bajaradigan vazifalari (funksiya) ham mavjud. Muloqot funksiyalari xilma-xil bo'lib, eng keng tarqalgan tasnifga ko'ra ular quyidagilardan iborat: (B.F. Lomov taklif etgan tasnif):
l.Informatsion-kommunikativ funksiya — axborot almashinuvini ta’minlash vazifasi. Axborot almashinuvi turli belgilar, tizimlar orqali amalga oshiriladi. Odatda verbal (unda belgilar tizimi sifatida nutq ishlatiladi) va noverbal (unda nolisoniy belgilar tizimi ishlatiladi) kommunikatsiya farqlanadi. Noverbal kommunikatsiya bir necha shakldan iborat:
— kinetika (imo-ishora, mimika, pantomimika);
— paralingvistika (ovoz lokalizatsiyalari, pauzalar);
— proksemika (masofa va vaqt me’yorlari);
— vizual aloqa (ko'zlar orqali aloqa);
— takesika (jismoniy aloqa).
Ba’zida muloqotdagi individlarning hidlari ham o'ziga xos belgilar tizimi sifatida baholanadi.
2. Regulatsion-kommunikativ funksiya — suhbatdoshlar xulqatvorining regulatsiya qilinishi (boshqarilishi)ni ta’minlash vazifasi. Kishilar muloqot jarayonida verbal, jismoniy, noverbal yo'llar bilan bir-birining motivlariga, maqsadlariga, qaror qabul qilishiga ta’sir o'tkazishi, biror harakatga undashi va harakatini nazorat qilishi, bir-birining xulq-atvoriga stimullashtiruvchi va
korreksiyalovchi tarzda ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
3.Affektiv-kommunikativ funksiya — inson emotsional sohasining regulatsiya (boshqarish) qilinishini ta’minlash vazifasi. Muloqot inson emotsional holatlarining eng muhim determinantasidir. Chunki turlituman emotsional holatlar muloqot jarayonida paydo bo'ladi va o'zgaradi.
L. A. Karpenko taklif etgan tasnifga ko'ra muloqotning quyidagi vazifalari ajratiladi:
— aloqa o'rnatish vazifasi — suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun tayyorlash;
— informatsion vazifa — suhbatdosh bilan muayyan ma’lumotlar, fikrlar va rejalami almashish;
— faoliyatga undash — suhbatdoshni biror harakatni bajarishga stimullashtirish (rag'batlantirish);
— koordinatsion vazifa — suhbatdosh bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish va uni amalga oshirishdagi harakatlarni muvofiqlashtirish;
— tushunishni ta’minlash vazifasi — suhbatdoshning fikrlari va hissiyotlarini tushunish;
— amotiv vazifa — suhbatdoshda muayyan hissiyotlami uyg'otish hamda ularni o'zgartirish;
— munosabat o'rnatish vazifasi — munosabatlar tizimidagi shaxsiy o'rinni, mavqeni aniqlash;
— ta’sir ko'rsatish vazifasi — suhbatdoshning xulq-atvori, shaxsiy xususiyatlari, maqsadlarini o'zgartirish.
L. S. Vigotskiy, A. N. Leontьev, A.R. Luriya, D.B.Elьkonin, A. V. Zaporojets, M. I.Lisina tadqiqotlarida ko’rsatilishicha, bolaning dastlabki ijtimoiy ehtiyojlaridan biri - bu muloqotga nisbatan ehtiyojdir. A.V.Zaporojets va M. I. Lisinalar tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, bolalarning kattalar bilan muloqotga kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlar tarzida rivojlanib boradi:
e’tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bo’ladi;
kattalar bilan hamqorlik qilish ehtiyoji tug’iladi;
avvalgi barcha ehtiyojlarga kattalar tomonidan hurmat qilish ehtiyoji tug’iladi;
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o’zaro bir-birini tushunish ehtiyoji vujudga keladi.
Muloqot kishilarning hamqorlikdagi faoliyati ehtiyojlari asosida tug’iladigan ular o’rtasidagi aloqa rivojlanishining ko’p qirrali jarayonidir. Muloqot hamqorlikdagi faoliyat qatnashchilari o’rtasida axborot almashinishni o’z ichiga oladi, bu muloqotning kommunikativ tomonida ifodalanadi. Odamlar bir-biri bilan munosabatga kirishishda tildan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning o’zaro ta’siridir. Bunda faqat so’zlar emas, balki harakat va holatlar ham almashinadi. Masalan, sotuvchi bilan haridor o’rtasida biror so’z aytmasdan muomalaga kirishish mumkin.
Muloqotning uchinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning bir-birini idrok qilishidir. Muomalaga kirishuvchilarning bir-birini to’g’ri tushunishi muhim ahamiyatga ega. SHunday qilib, muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin: kommunikativ (axborot berish), interaktiv (o’zaro ta’sir) va pertseptiv (o’zaro idrok qilish).
Muloqotning bu uch tomonining birligi muomalaga kirishuvchi kishilarning o’zaro munosabati va hamqorlikdagi faoliyatining tashkil etish usuli sifatida namoyon bo’ladi. Muloqotning mazmuni- axborot almashish, o’qituvchi tomonidan turli kommunikativ vositalar yordamida o’quvchilar bilan o’zaro tushunish va o’zaro munosabatlarni tashkil etishdir. Pedagoglarning tarbiyaviy va didaktik vazifalarni o’qituvchi hamda o’quvchilar jamoasi o’rtasida munosabatlarni ta’minlamay turib amalga oshirib bo’lmaydi.
Muloqot ikki va undan ortiq kishilar o’rtasida bilish yoki baholash tarzidagi axborot almashishda namoyon bo’luvchi o’zaro ta’sirdir.
Muloqotning o’zaro birgalikda harakat qilish va faoliyat ko’rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa ishlab chiqarish tarzida tushunilishi ana shu umumiy narsa avvalo muloqot vositasi sifatidagi tildan iborat ekanligini bildiradi. Til muloqotga kirishuvchilar o’rtasida aloqa bog’lanishini ta’minlaydi.
Uni bu maqsad uchun tanlangan so’zlar mohiyatiga ko’ra kodlashtirgan holda axborotni ma’lum qilayotgan kishi ham, bu mohiyatning kodini ochgan, ya’ni uning ma’nosini oshkor etgan va ana shu axborot asosida o’z xulq - atvorini o’zgartirgan holda bu axborotni qabul qilayotgan kishi ham tushunadi.
A.V. Petrovskiy fikricha, axborotni boshqa kishiga yo’llayotgan kishi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsipient) munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta yagona tizimidan foydalanishlari, ya’ni bitta tilda so’zlashishlari kerak.
Mohiyat - belgining tevarak - atrofdagi voqelikni bilishni ifoda etadigan qism sifatidagi mazmunga ega bo’lgan jihatidir.
Til yordamida muloqotga kirishish tufayli borliqning alohida bir kishining miyasidagi in’ikosi boshqa odamlarning miyasida aks etayotgani bilan doimiy ravishda to’ldirilib turadi - o’y- fikrlarini ayirboshlash, axborot berish ro’y beradi. O’qituvchi u yoki bu so’zni ishlatganda uning o’zi ham, uning tinglovchilari ham yolg’iz o’sha bitta hodisani nazarda tutishadi va ularda anglashilmovchilik yuz bermaydi. Mohiyatlar tizimi kishining bo’tun hayoti davomida rivojlanib va boyib boradi. Uni sobitqadamlik bilan shakllantirish o’rta ta’limning ham, oliy ta’limning ham markaziy bo’g’ini hisoblanadi. Demak, til bilan muloqot o’zviy bog’liq holda rivojlanib boradi.
Hamkorlikdagi faoliyatda zaruriyat tufayli inson boshqa kishilar bilan birlashishi, ular bilan munosabatga kirishishi, aloqa o’rnatishi, o’zaro tushunishga erishishi va kerakli axborotni olishi, shunga mos javobni berishi kerak. Bunda muloqot faoliyatning bir tomoni, uning axborot aspekti - kommunikatsiya sifatida namoyon bo’ladi. Biroq predmet yasash bilan birga inson o’zi yasagan predmetda o’zini “translyatsiya” qiladi, ya’ni o’zini boshqalarda davom ettiradi. Hosil qilingan predmet (qurilgan bino, yozilgan qatorlar, o’tqazilgan daraxt) bir tomonidan faoliyat predmeti, ikkinchi tomondan inson o’zini ko’rsatadigan vositadir. CHunki bu boshqa kishilar uchun hosil qilingan. SHunday qilib, faoliyat muloqotning bir qismi, uning tomoni; muloqot faoliyatning bir qismi va tomonidir. Lekin muloqot va faoliyat barcha hollarda yaxlit (buzilmas) birlikni tashkil etadi.
Muloqot turli-tuman vazifalarni bajaradi. Turli mualliflar muloqotning turli vazifalarini ajratib ko‘rsatadilar. G.m. andreeva kommunikativ, interaktiv va perseptiv vazifasini sanab o‘tadi. M.i. enikeev axborotli-kommunikativ, boshqaruv-kommunikativ, perseptiv-samarali va affektiv-ekspressiv (emotsional o‘zini ifodalash) vazifalarini ko‘rsatadi.Instrumental, sindikatli, translyasiya,so‘zini ifodalash vazifalarini ajratadi. Instrumental – bumuloqotning harakatni bajarish uchun muhim axborotni etkazishdan iborat bo‘lgan asosiy ishchi vazifasi. Bu vazifaga yaqin bo‘lgan, lekin unga o‘xshash bo‘lmagan vazifa, birlashtirish – sindikativ vazifa. Ko‘pchilik muloqot aktlarining bevosita maqsadlari katta va kichik guruhlardagi odamlar o‘rtasidagi umumiylikni aniqlash va mustahkamlashdan iborat. Sindikativ vazifa bilan o‘zini ifodalash vazifasi bir-biriga yaqindir. O‘zini ifodalash o‘z mohiyatiga ko‘ra, hamfikrlikka, aloqaga qaratilgan. Alohida o‘rinni ijodiy faoliyatdagi o‘zini ifodalash egallaydi, u faoliyat mahsuli sifatida ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki u, odamlar o‘rtasidagi muloqot predmetiga aylanadi. Va, nihoyat, muloqotning translyasion – faoliyatning aniq usullari, baholash mezonlari va dasturlarni etkazish vazifasi muhim ahamiyatga ega. Bu vazifa ta’lim olish asosida yotadi: muloqot orqali shaxsning ta’lim olishi amalga oshadi. L.a. karpenko maqsadga ko‘ra muloqotning sakkiz xil vazifasini belgilaydi: aloqaviy – xabarlarni qabul qilish va etkazish, hamda o‘zaro aloqada bo‘lishga ikkala tomonning shayligi holati sifatida aloqa o‘rnatish; axborotli – xabarlar, fikrlar, maqsadlar, echimlar va boshqalar almashinuvi; chorlovchi – muloqot bo‘yicha sherikni u yoki bu harakatlarni bajarishga yo‘naltiruvchi faolligini rag‘batlantirish; boshqaruvchi – hamkorlik faoliyatini tashkil etishda haraktlarni o‘zaro yo‘naltirish va muvofiqlashtirish; anglash vazifasi yetkazilgan ma’lumotning mohiyatini mutanosib holda idrok qilish va tushunishgina emas, balki, sheriklarning ham o‘zaro bir-birlarini tushunishlari (istaklari, mayllari, kechinmalari, holatlari va h.k.larni); amotiv – sherikda zarur hissiyotli kechinmalarni uyg‘otish («hislar almashinuvi»), shuningdek, uning yordamida shaxsiy kechinma va holatlarni o‘zgartirish; munosabatlarni o‘rnatish – individ mavjudligi kutilayotgan jamiyatdagi rolli, darajali, ish bo‘yicha, shaxslararo va boshqa aloqalari tizimlarida o‘z o‘rnini anglash va qayd etish; ta’sir o‘tkazish – sherikning holati, hulq-atvori, shaxsiy-mazmunli hosilalari, shuningdek, istaklari, mayllari, fikrlari, echimlari, tasavvurlari, ehtiyojlari, harakatlari, faolligi va boshqalarni o‘zgartirish. B.f. lomov muloqotning quyidagi vazifalarini taklif etadi:
Axborotni qabul qilish-etkazish jarayonlarini o‘z ichiga olgan axborot-kommunikativ; hamkorlik faoliyatini amalga oshirishda harakatlarni o‘zaro tuzatish bilan bog‘liq boshqaruvchi-kommunikativ, inson hissiyotlari sohasiga tegishli bo‘lgan va o‘z emotsional holatini o‘zgartirishdagi ehtiyojlarga javob beruvchi affektiv-kommunikativ vazifalar.
Mazmun-maqsadlari va vositalariga ko‘ra muloqotni bir nechta turlarga bo‘lish mumkin. Mazmuniga ko‘ra, u moddiy (faoliyat jismlari va mahsulotlari almashinuvi), kognitiv (bilimlar almashinuvi), konditsiv (ruhiy va jismoniy holatlar almashinuvi), motivatsion (xohishlar, maqsadlar, qiziqishlar, motivlar, ehtiyojlar almashinuvi), faoliyatli (harakatlar, muolajalar, malakalar, ko‘nikmalar almashinuvi) bo‘lishi mumkin.
Moddiy muloqotda sub’ektlar, shaxsiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan holda, uning mahsulotlari bilan almashadilar, ular o‘z navbatida dolzarb ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Konditsiyali muloqotda odamlar o‘zlarini ma’lum jismoniy yoki ruhiy holatga keltirishga mo‘ljallangan bir-birlariga nisbatan o‘zaro ta’sir ko‘rsatadilar. Masalan, kayfiyatni ko‘tarish yoki, aksincha, uni tushirib yuborish; bir-birini qo‘zg‘atib yuborish yoki tinchlantirish, va, oqibatda, bir-birining kayfiyatiga ma’lum ta’sir o‘tkazish.

Motivatsiyali muloqotning mazmuni bir-biriga ma’lum istak, mayllarni etkazish yoki ma’lum yo‘nalishda harakatlanishga shay bo‘lishlikdan iborat. Bunday muloqot sifatida insondagi biror maqsadga, boshqa odamda biror-bir intilishning paydo bo‘lishi yoki yo‘qolishi, kimdadir harakatga bo‘lgan ma’lum maylning yuzaga kelishi, qandaydir ehtiyojning dolzablashtirilishi uchun etishish istagining kuchliligi kabi vaziyatlarni keltirish mumkin. Kognitiv va faoliyatli muloqotning ifodasi bilish yoki o‘quv faoliyatining turlari bilan bog‘liq muloqot bo‘la oladi. Bunda sub’ektdan sub’ektga dunyoqarashni kengaytiruvchi, layoqatlarni rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi axborot etkaziladi. Maqsadlariga ---ko‘ra, muloqot xizmat ko‘rsatish ehtiyojlariga muvofiq holda biologik va ijtimoiy turlarga bo‘linadi.


Biologik – bu organizmni mustahkamlash, muhofazalash va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan muloqot. U asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq. Ijtimoiy muloqot maqsadlari shaxslararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, individ shaxsiy kamolotining interxususiy munosabatlarini o‘rnatish va rivojlantirishdan iborat. Biologik va ijtimoiy ehtiyojlarni nechta turga ajratish mumkin bo‘lsa, muloqotning ham shuncha xususiy maqsadlari bo‘lishi mumkin. Vositalariga ko‘ra, muloqot bevosita va vositali, to‘g‘ridan –to‘g‘ri va bilvosita bo‘lishi mumkin.
Bevosita muloqot tirik mavjudotga tabiat tomonidan berilgan tabiiy organlar: qo‘llar, bosh, tana, tovush paylar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Vositali muloqot muloqot va axborot almashinuvni tashkil etishda maxsus vosita va qurollardan foydalanish bilan bog‘liq. Bular yo tabiiy(yog‘och, erdagi izlar va h.k.) Yo madaniy (belgilar tizimlari, matbuot, radio, televidenie, internet va h.k.) jismlar.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot shaxsiy aloqalar va muloqot aktining o‘zida qatnashayotgan odamlarning bir-birini bevosita idrok qilishini belgilaydi, ularga, masalan, jismoniy aloqalar, odamlarning bir-birlari bilan suhbatlashishlari, bir-birlarining harakatlarini bevosita ko‘rib turgan holda, ularga javob qaytarishlari kiradi. Bilvosita muloqot vositachilar sifatida ish yuritadigan boshqa odamlar orqali amalga oshiriladi.
Muloqot turlari orasida, shuningdek, ish bo‘yicha va shaxsiy, instrumental va maqsadli kabi turlarni ajratish mumkin.
Ish bo‘yicha muloqot, odatda, xususiy qism sifatida insonlarning hamkorlikdagi samarali faoliyatiga kiritilgan va bu faoliyatning sifatini oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Uning mazmuniga odamlar ichki dunyosining muammolari emas, balki ularning nima bilan mashg‘ulliklari kiradi. Ish bo‘yicha muloqotda suhbatdoshning shaxs, xarakter, yosh, kayfiyat xususiyatlari hisobga olinadi, lekin ishdan ko‘riladigan manfaat shaxsiy ixtiloflardanda ustun va muhimdir. Ish bo‘yicha muloqotdan farqli ravishda shaxsiy muloqot, aksincha, asosan, ichki xarakterning
psixologik muammolariga, inson shaxsini chuqur va yaqinlik bilan ochib beradigan: hayot mazmunini izlash, muhim insonga, atrofdagi voqealarga, qandaydir ichki nizolini hal etishga nisbatan munosabatini aniqlashga qaratilgan. Instrumental muloqot sifatida mustaqil ehtiyoj bilan rag‘batlantirilmaydigan, maqsadga aylanmagan, lekin muloqot aktining o‘zidan qoniqishdan tashqari, qandaydir boshqa maqsadga qaratilgan muloqotni keltirish mumkin. Maqsadli – bu o‘z holicha maxsus ehtiyojni, ushbu vaziyatda muloqotga bo‘lgan ehtiyojni qondirish vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi muloqot.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, odamlarning amaliy faoliyatida muloqotning quyidagi turlarini ajratadilar:
1. «niqoblar aloqasi» - suhbatdoshning shaxs xususiyatlarini tushunish va hisobga olishga intilish mavjud bo‘lmagan rasmiy muloqot bunda haqiqiy hissiyotlar, istaklar, munosabatlarni yashirish imkonini beruvchi rasmiy iboralar, odatiy xushmuomalalik, dimog‘dorlik niqoblari, yuz, imo-ishora ifodalarining to‘plami qo‘llaniladi.

2. Oddiy muloqotda boshqa odamga zarur yoki xalal beruvchi ob’ekt sifatida baho beradilar: agar zarur bo‘lsa, aloqaga faollik bilan kirishadilar, agar xalal beradigan bo‘lsa, – itarib yuboradilar, yoki tahdidli qo‘pol iboralarni qo‘llaydilar.


3. Rasmiy-rolli muloqot – bu sheriklarning ijtimoiy rollari darajasidagi muloqot (boshliq – qo‘l ostidagi xodim, sotuvchi – xaridor, servis xizmati xodimi – mijoz). Bunda ma’lum qoidalar va xohishlar asosida ish yuritilib, muloqot mazmuni va vositalari ularga bo‘ysundirilgan.
4. Boshqariladigan muloqot suhbatdoshning shaxs xususiyatlaridan kelib chiqib, turli usullarni ( xushomad, qo‘rqitish, aldov va boshqalar) qo‘llagan holda undan foyda olishga qaratilgan.
5. Dunyoviy muloqot – bu turning mohiyati biror mavzuga oid bo‘lmasligidan iborat, ya’ni, odamlar o‘z fikrlarini emas, balki bunday vaziyatlar uchun umumiy bo‘lgan fikrlarni bildiradilar.
6. Havoyi muloqot – bu muloqot uchun muloqot.
7. Do‘stlarning ma’naviy, shaxslararo muloqoti vaqtida istalgan mavzuni qo‘zg‘atish va bir-birlarini yuz ifodasi, tovush ohangi va harakatlar yordamida tushunish mumkin.
Inson hayotida muloqot alohida jarayon yoki faollikning mustaqil shakli sifatida mavjud bo‘lmaydi. U jadal va ko‘p tomonlama muloqotsiz paydo bo‘lmaydigan individual yoki guruhli amaliy faoliyatga kiradi.
Odamlar o‘rtasidagi muloqotning eng muhim turlari verbal va noverbal muloqotdir.


Download 60,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish