I bob. Muammoning o‘rganishning ilmiy nazariy asoslari



Download 52,37 Kb.
bet14/16
Sana14.08.2021
Hajmi52,37 Kb.
#147208
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
куватова

O‘yinning berishi. Avval biz bolalarga “kimda”, “Nimada” so‘roqlariga javob berishni taklif etdik.

Ko‘z, til, oyoq kabi so‘zlar qanday predmetlarga nisbatan qo‘llanilishni topish kerak edi. Ko‘z – inson ko‘zi, rom, deraza ko‘zi, taxta ko‘zi; til – inson tli, turli tillar (o‘zbek, qozoq, ingliz), oyoq kiyimning tili; oyoq – stulniki, bolaniki, stolniki. Keyin esa she’r o‘qiladi, bolalarga esa diqqat bilan eshitish, hamda bir xil aytiluvchi, lekin turli ma’noga ega so‘zlarni topish topshirig‘i berildi.

Ma’lumki, nutqiy muloqot faoliyatning alohida turi bo‘lib, maqsadi fikr almashish, o‘zaro tushunishni o‘rnatishdan iborat. Nutqiy muloqot jarayonida kishilar bir-birlariga turli xil axborot (xabar)larni yetkazadilar, bir-birlarini faoliyatga undaydilar, aytilganlarga nisbatan o‘z munosabatlarini bildiradilar.

Rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiyasida nutqni shakllantirish jarayoni muhim o‘rin egallaydi. Tilning lug‘at zaxirasi, uning grammatik qonuniyatlarini egallash, tilni muloqot vositasi sifatida o‘zlashtirish ularning ijtimoiy hayotga uyg‘unlashuvlari va o‘z o‘rinlarini topishidagi muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolalar maxsus o‘qitilishining rivojlantiruvchi tavsifga ega ekanligi, ya’ni uning ushbu toifa bolalarining so‘zlashuv nutqini rivojlantirish zamirida bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish hamda ijtimoiy hayotga uyg‘unlashtirish omili bo‘lgan mehnat tayyorgarligini amalga oshirishga qaratilishi keng ko‘lamli pedagogik jarayonni tashkil etishni hamda ushbu jarayonda qator tamoyillarga rioya qilish, turli shart-sharoitlarni yaratish lozimligini keltirib chiqaradi.

Shaxs faqatgina shaxsiy dialogga asoslangan aloqa sharoitida, ya’ni kommunikatsiya (muloqot) orqali shakllanishi mumkin. Ana shu bosh mezon eshitishida muammolari bo‘lgan bolalarni tilga o‘qitishda asosiy mezon sifatida qabul qilingan. Ya’ni kommunikatsion tizim – bu eshitishida muammosi bo‘lgan bolalarni faqatgina tilga o‘rgatish emas, balki ularning ongi, psixikasi, shaxsini rivojlantirish hamdir.

Maxsus maktab-internatlarda ta’lim dasturlarining mazmuni, uning hajmi o‘quvchilarning imkoniyatlarga mos ravishda belgilangan. Ta’lim jarayonida qo‘llanuvchi zamonaviy usullar korreksion ahamiyatga ega bo‘lish bilan birga eshitishida muammosi bo‘lgan bolaning imkoniyatiga moslashtirilgan holda ishlab chiqiladi. Biz taklif etadigan interfaol ish uslublari aynan mana shu maqsadlarga yo‘naltirilgan, o‘quvchilarning imkoniyatiga moslashtirilgan bo‘lib, ularning faolligini oshirish, nutqi va ijodiy fikrlashini to‘laqonli rivojlantirish, hamkorlikda ishlash va ijod qilishni o‘rganish, yetakchilik qilish, mustaqil fikr bildirish kabi ko‘nikmalarining shakllanishiga qaratiladi.

Bayoni keltirilgan o‘yinlardan o‘rinli va maqsadli foydalanish pirovardida nafaqat ta’lim sifatining ortishiga, balki eshitishida muammosi bo‘lgan bolalarning hayotiy ko‘nikmalarining shakllanishiga, ijtimoiy hayotga tezda uyg‘unlashib ketishlariga asos bo‘ladi.

Shunday qilib, lug‘at boyligini boyitish va faollashtirish dasturi o‘z ichiga atrof – olamdagi narsa va xodisalar bilan tanishtirish vazifasidan tashqari, narsa va xodisalar haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish, quyidagi tushunchalarni shakllantirish ham o‘z ichiga oldi.

Didaktik o‘yinlar aqliy tarbiya berish metodi bo‘lib, bu metod vositasida bolalarning diqqat, hotira, kuzatuvchanlik,topqirlik kabi psixik sifatlari tarkib toptiriladi. Didaktik o‘yinlar bolalarning bilimlarini ular uchun oson va qiziqarli formada mustahkamlash imkonini beradi.

Didaktik o‘yin nutqni o‘stirishning, lug‘atni mustahkamlash va faollashtirishning muhim metodlaridir. Har bir didaktik o‘yin o‘zining dastur mazmuniga ega u buyumlar haqidagi bilimlarni mustahkamlaydi.

Bu o‘yin orqali diqqatini o‘ziga jalb qiladi, qiziqtiradi, natijada bolalar o‘zlarini qiynamay, majbur qilmay takrorlash lozim bo‘lgan so‘z yoki harakatlarni osonlik bilan takrorlaydilar. Demak didaktik o‘yinlar bolalarning nutqlarini o‘stirishda keng foydalaniladigan ta’limiy vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Didaktik o‘yinlar jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning so‘z boyligini orttirish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni mashq qildirish, so‘z intonatsiyasini to‘g‘ri ifodalay olishga o‘rgatish yuzasidan ish olib boriladi.

Didaktik o‘yin uchun tanlanadigan material o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan bolalarni qiziqtiradigan, o‘yinga jalb etadigan bo‘lishi kerak. Tanlangan narsalar mashg‘ulot mazmuniga mos bo‘lishi, narsalarning belgilari aniq bo‘lishi kerak.

Kichik guruhlarda o‘tkaziladigan didaktik o‘yinlarda asosan turmush lug‘ati, ya’ni bolalarning tevarak-atrofdagi buyumlarning nomlari, sifati va vazifalarini ifodalovchi so‘zlar mustaxkamlanadi. Turmush lug‘atini faollashtirish vazifasi maxsus bolalar bog‘chasida ham V. I. Tixiyev tomonidan yaratilgan qo‘g‘irchoqlar bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda muvaffaqiyatli hal qilinadi.

«Qo‘g‘irchoqni cho‘miltirish» o‘yini natijasida bolalar ustki va ichki kiyimlarning, cho‘miltirish uchun zarur buyumlar (sovun, sochiq)ning nomlarini aniqlaydilar.

«Qo‘g‘irchoqni uxlatamiz» o‘yinida bolar ko‘g‘irchoqni yotqizayotib, ko‘rpa-yostiq nomiga, bog‘liq so‘zlarning (tushak ustini yopib qo‘yish, yotqizish) ma’nosini tushunib oladilar.



Xulosa

Kar bolalar maktabida og’zaki nutqini rivojlantirish maqsadi talaffuz ustida ishlashni ham ko‘zda tutadi. Yuqorida ko‘rsatilgan uch yo‘nalish o‘zaro bir-biriga bevosita bog‘langan munosabatda bo‘lsa ham, parallel holda rivojlantiriladi. Zero, so‘zning ma’nosini o‘zlashtirish gap uchun qurilish materiali bo‘lsa, bu ikki birlikning bog‘lanishidan hikoyalar tuzishda, bayon va insholar yozishda foydalaniladi. O‘z navbatida hikoyalar va insholar yozish ustida olib borilgan ish maktab o‘quvchilari lug‘at boyligini oshirishga, gap tuzish bo‘yicha ko‘nikmalarini takomillashtirishga, turli-tuman sintaktik konstruksiyalar qo‘llashga yordam beradi.

Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar og’zaki nutqini tekshirish natijalarning umumlashtirib qaraydigan bo‘lsak tekshiriluvchilarning murojaatni tushunishlari va buyruqlarni bajarishlari talab darajasida,lekin rasmlar asosidagi savollarga bergan javoblari xamda dialogda qatnashishlarini ijobiy deb baholab bo‘lmaydi. Olingan natijalar eshitishda nuqsoni bo‘lgan; bolalarda og‘zaki nutq buzilishining etiopatogenetik sabablari turlicha ekanligini ko‘rsatadi. Ulardagi talaffuz nuqsonlari asosiy intellektual nuqsonlardan ajratgan holda mustaqil nuqson sifatida qarash mumkin emas.

Kar bolalarda nutqiy aloqaga bo‘lgan ehtiyojning kamligi, nutqiy faoliyatiga bo‘lgan intilishning buzilganligi ,asosan muloqat imo-ishora nutqi vositasida amalga oshirilishi aniqlandi. Bolalarning ko‘pchiligida nutqiy aloqaning savol-javob darajasida ekanligi kuzatildi. Nutqni tushunish va undan foydalanish vaziyati xususiyatiga ega. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda nutqiy aloqani rag‘batlantiruvchi istaklarning yoki zaifligi natijasida nutqiy aloqa qilish ehtiyojining darajasi pastligi bo‘lib, impressiv va ekspressiv nutqning rivojlanmay qolishi sodir bo‘ladi) takomillashtiradi.

Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda og’zaki nutqini shakllantirish jarayonida doimiy yangi usul va texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarning bilim darajasi va sifatini oshirib borishga hizmat qiladi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini rivojlantirishda didaktik o‘yinlarni qo‘llash o‘quv faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. U tafakkur faollashishiga, tanqidiy mushoxada qilishga, nutqning rivojlanishiga, u yoki bu vazifani bajarishga qiziqish uyg‘otadi. Zaif eshituvchi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini faollashtirish, ularning yangi materialni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda maqsadga erishishni ta’minlovchi ta’lim usullari kuchli motivlashtiruvchi omildir.

Hozirgi vaqtda kar bolalarning nutqini o‘zaro muloqotlar orqali rivojlantirish va eshitish idrokini rivojlantirishda shaxsiy munosabatlarni hisobga olgan holda o‘qituvchi va o‘quvchilar guruhi (o‘qituvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘quvchi) faoliyat ko‘rsatishlari zarurligi ma’lum. Chunki guruhdagi faoliyatlar bola shaxsiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Eshitish nuqsoni bo‘lgan bolalar og‘zaki nutg‘ini muloqat quroli sifatida shakllantirishdan va eshitish idrokini rivojlantirishda didaktik o‘yinlarni qo‘llash zarurati mazkur usullarning samaradorligini, kerakli bilim va ko‘nikmalar egallashda ahamiyatli ekanini dalillamoqda. O‘yinlarni tashkil etishda o‘yinga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar , kar bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish darkor. O‘yinlar pedagog bilan o‘quvchilar o‘rtasida hamjihatlik va ishonch bo‘lgan sharoitdagina o‘zining korreksion - tarbiyaviy samarasini ko‘rsatadi . Yuqorida bayon etilgan o‘yin texnologiyalarining asosiy psixokorreksion maqsadi kar nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar muloqotini shakllantirish, hissiy - iroda sohasini kengaytirish hamda shaxslararo munosabat ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iboratdir.




Download 52,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish