I bob. Muammoning o‘rganishning ilmiy nazariy asoslari


Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda og’zaki nutqini rivojlantirish bo‘yicha korreksion –pedogogik ish tizimi



Download 52,37 Kb.
bet10/16
Sana14.08.2021
Hajmi52,37 Kb.
#147208
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
куватова

2.2.Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda og’zaki nutqini rivojlantirish bo‘yicha korreksion –pedogogik ish tizimi

Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ham ham o‘yin faoliyati o‘zining ularnng shaxsi va intellektining har tomonlama rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan o‘rni va ahamiyatini saqlab qoladi.Biroq tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar, tovushlarning yetarli darajada aniq idrok etilmasligi, lug‘atining chegaralanganligi, grammatik tuzilishlarning to‘liq yoki qisman mavjud emasligi, shuningdek, nutq tempining o‘zgarganligi, uning ravon emasligini kabi bir qator omillar eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarning o‘yin faoliyatiga turlicha ta’sir etadi, o‘yin vaqtidagi xulqlarini buzilishga olib keladi

Bolalar o‘yinining zamonaviy nazariyasi uchun N.P.Krupskaya va A.S.Makarekkolarning g‘oyalari o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘yin muammosi bo‘yicha juda ko‘p tadqiqotlar olib borilgan. Mana shunday tadqiqotlarga, izlanishlarga L.S.Vigotskiy, S.A.rubinshteyn, A.N.Leonev, F.I.Fradkina, A.P.Usova, D.B.Elkonini, G.E.Konnikova, D.V.Mejdjeriskaya, G.I.Jukovskiy, A.V.Cherkov, G.A.Markova, N.Ya.Mixaylenko, R.A.ivanova va boshqalar ijodiy rolli o‘yinlarning nazariyasini o‘rganish bilan shug‘ullanganliklarini kiritish mumkin. Didaktik va harakatli o‘yinlarnnig ahamiyati va o‘ziga xosligi bilan Ye.I.Radina, A.I.Sorokina, Ye.I.Udalsova, V.G.Beskalova, Z.M.Boguslavskaya, B.I.Xachapuridze, V.N.Avanesova va boshqalar shug‘ullanganlar.

K.D.Ushinskiy, Ye.I.Tixeyeva, Ye.A.Flerina, A.M.Leshina, A.M.Borodich, F.A.Soxin kabilar esa bog‘langan nutqining rivojlanishi muammolarini o‘rganganlar. Soxina F.A. ning fikricha: “.... bola gapirishga o‘rganish orqali fikrlashga o‘rganadi, biroq u fikrlashga o‘rgangach, o‘zining nutqini rivojlantirib boradi”.

A.S.Vigotskiy, A.V.Zaporojes, A.N.leontev, A.A.Lyublinskaya, S.A.rubinshteyn, D.P.Elkokinlarning fikricha o‘yin eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bolalarning asosiy faoliyat turidir. O‘yin bu kattalar tomonidan maktab yoshdagi bolalarni tarbiyalash, turli predmetlarni ishlatishga o‘rgatish, muloqat qilish usuli va vositalarini o‘rgatish maqsadida qo‘llaniluvchi bolalar faoliyatidagi biridir. O‘yin davomida bola shaxs sifatida shakllanadi, keyinchalik uning o‘quv va mehnat faoliyatlarining samarasini belishovchi psixik jarayonlari shakllana boshlaydi, uning insonlarga bo‘lgan munosabati yuzaga keladi. Masalan: o‘yin davomida bolada jamoa faoliyati vazifalarini hisobga olgan holda o‘z harakatlarini mustaqil boshqarishdan bolaning shaxs sifati shakllanadi.

O‘yinning bola tarbiyasidagi ahamiyatini o‘tlishi va zamonaviy pedagogik tizimlarda juda ko‘p ko‘rsatib o‘tilgan. Ko‘pgna pedagoglar, o‘yinni bola uchun kerakli va jiddiy bo‘lgan faoliyat shaklida ko‘rib o‘tganlar.

O‘yin o‘z – o‘zidan muloqat qilish, ehtiyojini uyg‘otadi va bilish jarayonlarning rivojlanib, borishi esa ibora, gaplarni to‘liq bosh etishni talab etadi. O‘yin vaqtida bola o‘rganib qolgan vaziyatli nutq fikrlarni to‘liq yoritib bera olmay qoladi. Shuning uchun ham bog‘langan nutqning rivojlanishi alohida axamiyat kasb etadi. Endi bolaning lug‘atidagi mavjud so‘z va tushunchalardan foydalanish, grammatik tuzilishga ega shakllarni ishlata olishga ehtiyoj ortib beradi. Bog‘langan nutqning shakllanishi, uning funksiyasini o‘zgarishi bolaning murakkablashib borayotgan faoliyat natijasi sifatida namoyon bo‘ladi va bolaning atrof – olam bilan muloqat qilish shart – sharoiti, shaklli, mazmuniga bog‘liq bo‘ladi.

Shunday qilib, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar so‘zlashuv nutqini rivojlantirishda o‘yinlar muammosini juda ko‘p tadqiqotlar orqali, o‘rganishgan. Ayrimlari rolli – ijodiy o‘yinlarning nazariyasini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lsa, boshqalari didaktik va harakali o‘yinlarning o‘ynalish o‘rni, ahamiyati va o‘ziga xos tomonlari, yana boshqalarida esa bolalarni estetik tarbiyalashda o‘yinning ahamiyati ochib berilgan.O‘tmish va hozirgi zamon pedagogik tizimlarning ko‘plarida bolaning tarbiyasi va uning ahamiyati ko‘rib chiqiadi. Ko‘pgina pedagoglar o‘yinni, bola uchun, kerakli, jiddiy faoliyat tarzida ko‘rib chiqgan bo‘lib, biroq har biri o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lgan.

O‘yinni eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning yetakchi faoliyat turi deb bilganlar. O‘yin bolalarni turli predmetlar bilan harakatlarni amalga oshirishga o‘rgatish maqsadida, muloqat usullari va vositalarini bildirish uchun kattalar tomonidan qo‘llaniluvchi bolalar faoliyat turidan biridir. O‘yin davomida bola shaxs sifatida shakllanadi, kelajakdagi o‘quv va mehnat faoliyatining, insonlar bilan munosabatining omadli bo‘lishini ta’minlab beruvchi psixikaning ayrim va ko‘pgina qirralari shakllanib boradi.Normal nutqiy rivojlanish jarayonni kechayotgan bola hayotning 5 yiliga kelib erkin ravishda yoyiq iborali nutqdan foydalanadi, murakkab, gaplarning turli tuzilishlarini qullaydi. Ular yetarli darajadagi lug‘at boyligiga ega bo‘ladi, so‘z yasashi va so‘zlarni o‘zgartirish ko‘nikmalari ularda mavjud bo‘ladi. Bu vaqtga kelib tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish malakasi shakllangan bo‘ladi, tovush analizi va sinteziga bola tayyor bo‘ladi. Biroq ayrim eshituv va intellekti idroki normada bo‘lgan bolalarda birdan nutqning barcha komponentlari: fonetik, leksik va grammatik shakllanishi keskin orqada qoladi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda doim tovushlar talaffuzidagi nuqsonlar, eshituv idrokining rivojlanmaganligi, yaqqol ravishda namoyon bo‘luvchi lug‘at boyligi va grammatik nutq tuzilishning shaklanishda orqada qolish kuzatiladi.

Guruhchali mashg‘ulotlarda bolalar nutqida otlarni qo‘llashlari va otga doir bilan amaliy jihatdan tanishishilari uchun quyidagi o‘yin usullari orqali ularni mustahkamlash lozim ; “Nima berkindi?”, “Juftini top”, “Qo‘g‘irchoqcha nima kerak”, “Kimga nima kerak?”, “Kim nima bilan himoyalanadi?”, “Loto”. Bu o‘yinlar orqali enb bolalarda nutqida otlarni birlik va ko‘plikda qo‘llanilishini, kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri ishlatilishini mustahkamlanadi.

“Bu nima”, “Topshiriqlar” o‘yinlari, “Umumlashtirish” o‘yinlarini biz umumlashtiruvchi tushunchalarni mustaxkamlashda va ularni mashq qildirishda qo‘lladik. Ushbu o‘yinlarning barchasi so‘zlarni faollik bilan izlashni va ularning ma’nosini tushunish nazarda tutiladi. “Ota – ona va bola”, “Baliq, hayvon, qushlar”, “Hayvonlarni yig‘”, “Qanday hayvonligini top”, “Sabzavotlar” kabi o‘yinlar orqali frontal mashg‘ulotlarda bolalarning faol lug‘atida “Uy hayvonlari”, “O‘yinchoqlar”, Baliq, hayvon, qushlar” mavzulari bo‘yicha otlarga oid so‘zlarini mustaxkamlab bordik. Ushbu o‘yinlar orqali eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning jonli va jonsiz haqidagi tasavvurlari shakllanib boradi, avval har bir tushuncha alohida shakllantirib olinadi. Keyin esataqqosladik va xulosa chiqardik, bunda predmetlarining alohida e’tibor qaratildi, masalan; bular jonli – o‘rdak, qo‘y, sigir, it, mushukcha, jo‘ja . . . .

Bir nechta o‘yinlarni misol sifatida keltiramiz.

Umumlashtirish” o‘yini.


Download 52,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish