27-maqsad: Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSh dollaridan 7 milliard AQSh dollariga yetkazish. Mamlakatimizda kapital harakatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish hamda yirik korxonalarni va ulardagi ulushlarni (aksiyalarni), shu jumladan fond birjasi orqali xususiylashtirish.
Davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 60 foizgacha yetkazish.
Xulosa
Makroiqtisodiy barqarorlik, ya’ni iqtisodiyotning barcha sohalarini resurslar bilan ta’minlash, Monetar siyosat makroiqtisodiy barqarorlikni to‘la bandlik va narxlarning barqaror darajasiga erishishda yordam berish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish davlatning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish – tanglik holatlariga barham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora- tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat budjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta’minlash va boshqalar kiradi.
Inflatsiya ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining barqaror o‘sishi va pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishini anglatadi. Inflatsiyaning iqtisodiyotga salbiy ta’siri normal iqtisodiy munosabatlarni izdan chiqarishida namoyon bo‘ladi.
Inflatsiya darajasi baho indekslari vositasida o‘lchanadi.
Kelib chiqish sabablariga kqra talab inflatsiyasi va taklif inflatsiyasi o‘zaro farqlanadi. Inflatsiyaning bu ikki turi ko‘pincha aralash holda yuzaga keladi. Kutilmagan inflatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar, aholining turli qatlamlari hamda davlat va aholi o‘rtasida qayta taqsimlaydi.
Ishsizlik va inflatsiya sur’atlari o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik Fillips egri chizig‘ida aks etadi.
Hukumat Fillips egri chizig‘iga asoslanib qisqa davr uchun ishsizlik va inflatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish bozor munosabatlarini shakllantirish yo‘lidagi muqarrar jarayondir. U eng avvalo tanglik holatlariga barham berishga qaratiladi. Tanglik holati inqirozga uchrashning oldini olish uchun ishlab chiqarish, chiqarilayotgan tovar va xizmatlarning sifati va turini o‘zgartirish yuzasidan chora- tadbirlar ko‘rishga undaydi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, mahsulotning sifati va iste’mol xossalarini yaxshilashga, uning raqobatga bardoshligini oshirishga majbur qiladi. Bularning barchasi pirovard natijada bozorda talab va taklif o‘rtasida qulay muvozanatni ta’minlashga olib keladi. Kengroq ma’noda barqarorlashtirish – bu eng avvalo makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslikdir. Shuningdek, u pul qadrsizlanishining oldini olish, to‘lov balansini bir me’yorda saqlash sohasida aniq maqsadni ko‘zlab olib boriladigan davlat siyosatidir.