I bob minimal narxlar



Download 349,5 Kb.
bet1/14
Sana03.07.2022
Hajmi349,5 Kb.
#735326
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
DAVLAT TOMONIDAN MINIMAL VA MAKSIMAL NARXLARNING O’RNATILISHI


DAVLAT TOMONIDAN MINIMAL VA MAKSIMAL NARXLARNING O’RNATILISHI
Reja:
Kirish
I BOB MINIMAL NARXLAR

    1. Minimаl nаrхlarning kiritilishi oqibatlari

    2. Minimal ish haqi stavkalari ma’lum miqdorda belgilash

    3. Minimal ish haqining ayrim tarmoqlarda ish bilan ta'minlanishiga ta'siri

II BOB NARXNING MOHIYATI
2.1 Narxning mazmuni va uning vazifalari
2.2 Raqobatning turli ko’rinishlari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari
2.3 Narx aholining kam daromad oluvchi ayrim qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish vazifasini ham bajaradi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Minimаl ish hаqi darajasini qоnunchilik bilan belgilanishi, qishlоq хo‘jаligi mаhsulоtlаri nаrхlаrining quyi darajasini belgilanishi - dаvlаt tоmоnidаn minimаl nаrхlаr o‘rnаtilishining yaqqol nаmunаsidir. Minimal narxning o‘rnatilishi, bozorda Qs– Qdhajmiga teng ortiqcha taklif yuzаgа kеlishiga sabab bo‘ladi yoki mahsulotlar sotilmasdan omborlarda to‘planib qolishiga olib keladi. Bu vaziyat 11-rasmda keltirilgan. Agar davlat sotuvchilarga tovarni minimal narxdan (Pmin) past narxda sotishga ruxsat bermasa, talab Qdmiqdor bilan chegaralangani uchun, norasmiy bozor (xufiyona bozor) vujudga kelishiga, bu esa narxlarni yana tushib ketishiga va dastlabki muvozanat holatiga intilishga olib keladi. Buning оldini оlish uchun dаvlаt Qs– Qdhajmdagi ortiqcha mаhsulоtni Pmin narxda bufеr zахirаsiga sotib olish orqali talab va taklifni tenglashtiradi
Shunday qilib, talab va taklif modeli orqali bozor narxlarini o‘zgartirishning oqibatlarini chuqur tahlil qilish mumkin. Narx axborot berish, taqsimlash va rag‘batlantiruvchilik funksiyalarini bajaradi. Bozor munosabatlari sharoitida narxlaming turli ko‘rinishlari mavjud bo‘ladi. Xususan: korxonalarning ulguiji narxlari, chakana narxlar, davlat buyurtma narxlari, ta’riflar va b. Shuningdek, quyidagi narxlardan farqlanadi: joriy, haqiqiy bozor munosabatlarida amal qiluvchi narxlar va iqtisodiy ko‘rsatkichlami (ishlab chiqarish hajmi, narx indeksi va b.) o‘zgarishini aniqlashda foydalaniluvchi taqqoslama narxlar. Tovarlar qiymati va nafliligi ularning narxida o‘z aksini topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilami, naflilik esa iste’molchilarni rag‘batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.Narx — real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmat- laming ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir. Bu yerda shuni yana bir bor ta’kidlash joizki, narxda alohida olingan ishlab chiqaruvchilarning individual sarflari yoki alohida olingan individual shaxslarning psixologik jihatdan naflilikka bergan bahosi ham emas, balki jamiyat tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur bo‘lgan miqdorda va sifatda yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik (iste’mol qiymat) o‘z ifodasini topadi.Tovarlar va xizmatlar uchun qilingan ijtimoiy sarflaming asosli ravishda o‘sishi yoki tovar va xizmatdagi sifat ko‘rsatkichlarining o‘sishi ushbu tovar narxining oshishiga olib keladi. Chunki shu o‘zgarishlar bilan bir vaqtda unga sarf- langan xarajatlar ham oshgan bo‘ladi. Bunday ikki tomonlama o‘zgarishlar natijasida narxlaming o‘zgarishi hamma tovarlar va xizmatlarga xosdir.Narx tovar va xizmatlardagi ikki xusu- siyatning puldagi ifodasi sifatida, ulaming o‘zgarishi natijasida o‘zgaradi. Narxning mazmunini to‘laroq tushunishda, uning darajasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhim ahamiyatga ega. Bulardan asosiylari bo‘lib qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; tovaming naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo‘lib xizmat qiladi Boshqa omillar esa narxning ijtimoiy qiymat bilan ijtimoiy naflilik miqdori atrofida goh birinchisining, goh ikkinchisining foydasiga tebranishiga sabab bo‘ladi. Masalan, talab va taklif nisbatini olaylik. Agar tovarlarning ayrim turiga talab taklifga nisbatan baland bo‘lsa, ijtimoiy qiymat o‘zgarmagan holda narxning darajasi nisbatan yuqori bo‘ladi, yoki aksincha, taklif talabga nisbatan ko‘proq bo‘lsa, ijtimoiy qiymat o‘zgarmagan holda narxning darajasi unga nisbatan past boladi.



Download 349,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish