Jismning boshqa jism yuzasi bo‘ylab harakatlanishida paydo
bo‘ladigan va harakatga qarshi yo‘nalgan kuch ishqalanish ku-
chi deb ataladi.
Ishqalanish hech qanday harakatni yuzaga keltirmaydi.
Lekin nima uchun u kuch deb ataladi, degan savol tug‘ila-
di. Bunga sabab, ishqalanish kuchi harakatni sekinlashti-
radi. Demak, kuch faqat harakatni yuzaga keltirmasdan,
uni sekinlashtirishi ham mumkin ekan. Stol ustida taxlanib
turgan kitoblarni surish uchun kuch bilan ta’sir etib, ish-
qalanish kuchini yengishimiz kerak. Avtomobilga tormoz
berilsa, u tezda to‘xtaydi. Tasmali uzatma ham ishqalanish
tufayli shkivlarni aylantiradi (104-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |