Mahsulot sifat darajasini baholashning kompleks, differensial hamda aralash usuli.
Bitta turdagi mahsulotning sifati darajasini baholash differentsial, kompleks va aralash usullar orqali amalga oshiriladi. Mahsulot sifati darajasini baholashning differentsial usuli baholanayotgan mahsulot turining sifat ko'rsatkichlarini tegishli bazis ko'rsatkichlari bilan taqqoslash orqali, ya'ni baholanayotgan mahsulotning sifat ko'rsatkichi R1 taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namuna ko'rsatkichlari R1 baza bilan taqqoslanadi.
Ba'zan mahsulot sifati darajasini baholashda mushkul holatlar ham uchraydi. Bunday xolatlarda barcha ko'rsatkichlarni ahamiyatlilik darajasiga ko'ra ikki guruhga bo'lish maqsadga muvofiqdir. Birinchi guruhga mahsulotning muhim xossa-xususiyatlarini tavsiflovchi ko'rsatkichlarni, ikkinchi guruhga esa ikkinchi darajali ko'rsatkichlarni kiritiladi. Agar birinchi guruhga qiymati birdan katta yoki birga teng bo'lgan barcha nisbiy ko'rsatkichlarni kiritib, ikkinchi guruhga esa asosiy qismi birdan kichik bo'lmagan ko'rsatkichlarni kiritilsa, taqqosalanayotgan mahsulotning sifat darajasi namunaning sifat ko'rsatkichlaridan past emasligini ko'rishimiz mumkin. Aks holda mahsulotning sifati darajasini boshqa usulda, masalan, kompleks usulida aniqlash mumkin.
Sifat darajasini baholashning kompleks usuli sifatning kompleks (umumlashgan) ko'rsatkichlaridan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan mahsulot sifati darajasini faqat bitta son bilan ifodalash maqsadga muvofiq bo'lgan holatlarda foydalaniladi. Kompleks usuliga ko'ra sifat darajasi baholanayotgan mahsulotning umumlashgan sifat ko'rsatkichini taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namunaning umumlashgan sifat ko'rsatkichi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
(1)
Kompleks baholashning mukammalligi umumlashgan sifat ko'rsatkichini obyektiv topishdadir.
Baholanayotgan mahsulotning umumlashgan sifat ko'rsatkichlari bilan e'tiborga olinayotgan ko'rsatkichlar o'rtasidagi bog'liqlikni tavsiflash imkoniyati bo'lgan barcha holatlarda quyidagi funktsional bog'liqlikdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
(2)
Barcha bo'lishi mumkin bo'lgan usullar, shu jumladan ekspert usulida ham ushbu bog'liqlikning ko'rinishi turlicha bo'lishi mumkin. Odatda, bunday hollarda umumlashgan ko'rsatkich qilib mahsulotning xususiyatlarini tavsiflovchi asosiy ko'rsatkichlardan biri qabul qilinadi.
Mahsulot sifati darajasini baholashning differentsial va kompleks usullari har doim ham qo'yilgan masalalarni yechishga imkon beravermaydi. Sifat ko'rsatkichlarining keng nomenklaturasiga ega bo'lgan murakkab mahsulotni baholashda, differentsial usul yordamida aniq xulosa chiqarib bo'lmaydi, faqatgina kompleks usulni qo'llash esa baholanayotgan mahsulotning barcha asosiy xossa- xususiyatlarini obyektiv baholashga imkon bermaydi. Bunday holatlarda mahsulotning sifatini baholash uchun mahsulot sifatining birlik va kompleks ko'rsatkichlaridan differentsial va kompleks baholash usulini qo'shib, birgalikda foydalaniladi. Baholashning bunday usuli aralash usul deyiladi.
Aralash usulda mahsulot sifatini baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Sifatning birlik ko'rsatkichlarini bir qator guruhlarga birlashtiriladi. Guruhlar bo'yicha sifatning kompleks ko'rsatkichlari aniqlanadi.
Mahsulot sifatini baholashda quyidagi tushunchalarni bir-biridan farqlash muhim ahamiyatga ega:
• Mahsulotning sifati ko'rsatkichi deb uning sifatini belgilovchi bir yoki bir necha xossa-xususiyatlarning miqdoriy tavsifiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |