I bob. Marketing tadqiqodlari tushunchasi va nazariy asoslari marketingda tadqiqot usullari va ularning tasnifi



Download 372,53 Kb.
bet9/22
Sana20.07.2022
Hajmi372,53 Kb.
#831149
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirshda marketin

Dala tadqiqotlari (field research), yoki bozorni joyida o‘rganish, qiyinroq va qimmat, lekin bozorni o‘rganishning eng samarali uslubi hisoblanadi, shuning uchun undan faqat yirik kompaniyalar foydalanadi. Bu uslubning afzalligi potensial xaridorlar bilan shaxsiy munosabatlar o‘rnatishga, mazkur bozorda ko‘proq talabga ega bo‘lgan tovar namunalarini sotib olishga, xoridorlar bilan savol-javob o‘tkazish imkoniyati borligidadir. Bozorni joyida o‘rganish birlamchi ma’lumotlarni olish va qayta ishlashga imkon beradi, lekin qimmat bo‘lsada, xaridorlarning tovarga bo‘lgan amaldagi bozor talab va ehtiyojlarini o‘rganish, shuningdek narx siyosati va savdo ishlarini tashkil etish masalalarini hisobga olgan holda firma rahbariyatining bozorga kirib borish taktikasini ishlab chiqish uchun tadqiqot natijalaridan foydalanish mumkinligini aniqlab beradi.
Sinov savdo uslubidan bozor haqida zarur ma’lumotlar yo‘qligida yoki firma bozorni har tomonlama o‘rganishga vaqti yo‘qligida, shuningdek mazkur bozor uchun kamyob va yangi tovarlar sotilayotganda foydalaniladi. Bunday sotuvlar amalga oshirilayotganda firma zarar ko‘radi, biroq mazkur uslub potensial xaridorlar bilan uzluksiz xizmat aloqalarini o‘rnatishga imkon beradi. Lekin, mazkur uslub o‘z kamchiliklariga ega: sinov savdo uslubi yordamida bozor vaziyati modellashtiriladi va uning asosida butun bozor uchun prognoz tuziladi, lekin bu o‘z o‘rnida o‘zini oqlamaydi.
Chet el firmalari vakillari bilan Shaxsiy munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash bozorni o‘rganayotganda katta ahamiyatga ega. Bu munosabatlar firmalarni o‘zaro borib ko‘rish, xalqaro yarmarkalarda, ko‘rgazmalarda, kim oshdi savdolarida, tovar birjalarida tadbirkorlar uchrashuvlari orqali o‘rnatiladi.
Jihozlar o‘rganilayotganda shaxsiy aloqalar juda katta ahamiyatga ega. Bu holda sotuvchi xaridorning texnik maslahatchisi vazifasini bajaradi. Xaridor tashkilotidagi ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish va texnologiyalar haqidagi bilimlarga ega bo‘lgan sotuvchi taklif etayotgan jihozining afzalliklariga ishontirishga, uning xaridor talablariga javob berishiga, taklif etilayotgan jihozdan foydalanish natijasida olinadigan foydani ko‘rsatishga harakat qiladi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida jihozni montajlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiruvchi mutaxassislar iste’molchilar fikrlari va shaxsiy tajribalari asosida marketing tadqiqot bo‘limlari uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotni takomillashtirish va uning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadilar.
Marketing tadqiqotlari o‘tkazilayotgan axborot manbalari o‘rtasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- rasmiy tashkilotlar va firma vakillaridan olingan maxsus ma’lumotnomalar;
- savdo vositachilari, chet el vakillari va kredit-ma’lumot idoralaridan olingan ma’lumotlar;
- iste’molchilar bilan o‘tkazilgan so‘rovlar natijalari.
Xalqaro bozorlarni tadqiq qilayotganda firma tomonidan foydalaniladigan barcha axborotlarni birlamchi va ikkilamchi ma’lumotlarga ajratish mumkin.
Bozorni o‘rganish odatda ikkilamchi ma’lumotlarni, ya’ni kimdir tomonidan yig‘ilgan va qayta ishlangan ma’lumotlarni yig‘ishdan boshlanadi. Ikkilamchi ma’lumot ichki manbalardan (tashkilotning xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi hisobot, chet el filiallari va sho‘ba korxonalar hisobotlari) va tashqi manbalardan olinishi mumkin. Tashqi manbalarga turli xildagi nashriy to‘plamlar kiradi:
- vaqtli matbuot – gazetalar (iqtisodiy bo‘limlari) va maxsus jurnallar, iqtisodiy byulletenlar;
- maxsus nashrlar – monografiyalar, bozor umumlashtiruvchi qisqa ma’lumotlari, savdo palatalari nashrlari, tadbirkorlar assotsiatsiyalari, savdo shartnomalari axborotnomalari, bank, firmalar, reklama agentliklari nashrlari;
- qonunchilik hujjatlari va hukumat qarorlariga ega davlat tashkilotlari axborotnomalari; tashqi savdo masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar va b.;
- BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar (MVF, MBRR, MFK), alohida mamlakatlarning hukumat tashkilotlari tomonidan nashr etiladigan umumiy va maxsus xususiyatga ega statistik ma’lumotnomalar;
- Yirik brokerlik idoralari axborotlari: telegraf agentliklarining byulletenlari (masalan, Reyter).
Nashr etiladigan axborotlardan foydalanish ko‘pgina hollarda faqatgina o‘rganilayotgan bozor haqida umumiy ma’lumotnigina beradi. Maxsus ma’lumot-nomalar firmani qiziqtirayotgan aniq javoblarni beradi; ma’lumotnomalarni hukumat organlari, elchi apparati, savdo palatalari, assotsiatsiyalar va tadbirkorlar federatsiyalari, maxsus xususiy axborot agentliklari va marketing firmalari kabi turli xil tashkilotlar va idoralardan olish mumkin.
Birlamchi ma’lumotlarni firma kuzatuvlar, iste’molchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar, tajribalar natijasida oladi. Bunday tadqiqotlar firmaga bozordagi iste’molchilardan uzluksiz ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi. Tovarlarni sotish, shuningdek ko‘rgazmalar, yarmarkalar, simpoziumlarda o‘tkazilgan ijtimoiy tadqiqotlar va iste’molchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar tadqiq etilayotgan masalalar bo‘yicha aniq ma’lumotlarni beradi. Bunday tadqiqotlar xaridorlar guruhlari bo‘yicha yoki individual – telefon orqali, yozma ravishda, so‘rovnoma, xizmat uchrashuvlari ko‘rinishida o‘tkaziladi.
Chet el bozorlarida bunday tadqiqotlarni o‘tkazish murakkabligi mamlakatlar o‘rtasidagi ma’lum til to‘siqlari va madaniyatdagi tafovutlar mavjudligidan kelib chiqadi. Shuning uchun, chet el bozoriga kirib borayotgan firmalar joylarda o‘tkaziladigan tadqiqotlarni mahalliy marketing va tadqiqot kompaniyalariga topshiradilar.

Download 372,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish