«Sinama sotish» usullari bozor haqida zarur ma’lumotlar yo‘qligida, shuningdek, firmaning bozorni har tomonlama o‘rganishga vaqti bo‘lmaganda tadqiq etilayotgan bozor uchun yangi va noyob tovarlarni sotishda qo‘llaniladi. Bunday savdoda firma zarar ko‘rish xatariga yo‘l qo‘yadi, ammo bu usul muvaffaqqiyat qozonganda yoki yutqazgan taqdirda ham mahsulotning bozorga kirib kelishi va marketing qulay dasturini belgilashga katta ta’sir ko‘rsatadigan o‘ziga xos omillarni o‘rganishga imkon beradi.
Har qanday marketing tadqiqotlarni o‘tkazishda ikki asosiy axborot manbaidan-dastlabki hamda ikkilamchi ma’lumotlardan foydalaniladi.
Dastlabki ma’lumotlarni kuzatish tajriba va tanlab tekshirish usullaridan biri yordamida yoki ularni uyg’unlashtirgan holda to‘plash mumkin. Eng oddiy usul- kuzatishdir, ba’zida tadqiqotchi o‘rganilayotgan omil bilan bog’liq bo‘lgan jarayonlarni bevosita kuzatib boradi. Masalan, savdo binolarini oqilona rejalash-tirish maqsadlarida do‘konda xaridorlar oqimini kuzatish. Tajriba tadqiqotlar jami o‘zgaruvchanliklarni tashkil etuvchi bir xil qiymatli bir xil guruhlarni, hozir o‘rganilayotgan guruh-ni mustasno etganda qiyoslash yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Tanlab kuzatishda keng omma munosabatini belgilaydigan iste’molchilar guruhlarini («Iste’molchi paneli») o‘rganish natijasida olinadigan axborotdan juda keng foydalaniladi. «Iste’molchilar paneli» deganda odatda ko‘p marta tadqiqotlar uchun maxsus tanlab olingan, sinaladigan kishilar majmui tushuniladi. Bunday tadqiqotlar muntazam davriylikda odatda bir predmet doirasida o‘tkaziladi.
«Iste’molchilar panelini»9 o‘rganishdan asosiy maqsad xaridorlar qilgan xaridlar to‘g’risida axborot olishdir. Shunday qilib iste’mol miqdori va tuzilmasini aniqlash, yangi mahsulotlarni sinash, turli davriy nashrlarning radio va televizion eshittirish va ko‘rsatuvlarining ommaviyligi, reklama vositalarini qo‘llashning samradorligi va boshqalarni aniqlash mumkin bo‘ladi. «Iste’molchilar paneli»ning bozorni tadqiq etishdagi eng muhim ijobiy tomonlaridan biri shundaki, u qanday tovarlar xarid qilinayotganini yozma, og’zaki yoki texnika vositalari bilan qayd etish bilan chegaralanmaydi, balki ayni paytda xarid bilan bog’liq holda iste’molchining uy xo‘jaligi, odatlari haqida ham axborot beradi. Bu esa iste’molni ijtimoiy-iqtisodiy struktura nuqtasi nazaridan, shuningdek, aridorlarning niyat va istaklarini chuqurroq bilishga imkoniyat tug’diradi.
Ikkilamchi manbalar-tadqiqotchi qo‘l ostidagi hamisha birinchi navbatda o‘rganilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlardir. Ularga quyidagi bosma nashrlar kiradi:
davriy matbuot-gazetalar, jurnallar, axborotnomalar;
maxsus nashrlar-monografiyalar, bozorlar sharxi, savdo palatalari va ishbilarmonlar uyushmalari, bank, firma, reklama agentliklari nashrlari;
davlat tashkilotlarining tashqi savdo va boshqa masalalar bo‘yicha hukumat ko‘rsatmalari va qonunlari e’lon qilinadigan to‘plamlari;
statistik ma’lumotlar;
yirik brokerlik firma axborotlari;
telegraf agentliklari axborotnomalari.
Matbuot axborotlaridan foydalanish ko‘p hollarda o‘rganilayotgan bozor haqida faqat umumiy tasavvur beradi. Aniq qiziqtirgan savollarga javob olish uchun hukumat muassasalari savdo palatalari, firmaga mansub bo‘lgan uyushma, xususiy axborot agentliklari maxsus ma’lumotnomalaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |