I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish va rivojlantirishning pedagogik-psixologik muammolari



Download 373,21 Kb.
bet18/25
Sana01.07.2022
Hajmi373,21 Kb.
#725210
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish va rivojla (1)

5. Obrazli nutqni rivojlantirish
Bola nutqi, agarda u atrofdagilarga tushunarli bo‘lsagina ishonchli muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi, bu esa fikrni so‘zlarda izchil, ravon va to‘liq ifodalashga, aniq so‘zlarni tanlashga, talaffuzning sofligi va to‘g‘riligiga bog‘liq. Qulay shart-sharoitlarda u yoki bu darajada ushbu xususiyatlar bolada aniq reja asosida o‘qitish, turli metodik usullarni qo‘llash yo‘li bilan hosil qilinadi.
Tarbiyachi bolalarning tafakkurini va uning nutqining barcha jihatlarini, shu jumladan, obrazlilikni ham ularga atrofdagi hayot, oila va maktabgacha ta’lim muassasasining maishiy hayoti, kishilar mehnati, ijtimoiy voqea va hodisalar bilan, jonli tabiat va predmetli olam bilan tanishish imkonini beradigan darajada rivojlantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar borliqni faol qabul qiladilar va atrof-muhitdagi hayotga qo‘shilib ketadilar, bu esa ularda so‘z zahiralarining tez ortishiga olib keladi.

Bolalar lug‘atini boyitishning asosiy manbasi bo‘lib kattalar nutqi, birinchi navbatda, bolalarni o‘qitib, tarbiyalaydigan tarbiyachining nutqi hisoblanadi. Ular tarbiyachidan obrazli so‘zlarni, ifoda va qo‘llash usullarini o‘zlashtirib oladilar; ular nima yaxshi-yu nima yomonligini ajratib ololmaydilar, va eshitgan barcha so‘zlarga taqlid qiladilar. SHuning uchun tarbiyachining nutqi namunaviy bo‘lishi lozim.
Obrazli nutqni o‘stirish va rivojlantirish keng ma’noda nutq madaniyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu o‘rinda nutq madaniyati deganda, adabiy til normalariga rioya qilish, o‘z fikrlarini, hissiyotlarini, tasavvurlarini aytilayotgan gapning yo‘nalishi va maqsadiga muvofiq holda mazmunli, grammatik to‘g‘ri, aniq va ifodali bera olish tushuniladi.
Nutq faqat bolada til boyligiga nisbatan qiziqish tarbiyalangan, nutqda turli xil ifoda vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi rivojlantirilgan taqdirda obrazli, bevosita va jonli bo‘ladi.
Badiy adabiyot va xalq og‘zaki ijodiyotiga oid asarlar, shu jumladan kichik folklor janrlari (maqollar, matallar, topishmoqlar, tez aytishlar, sanoq she’rlar va boshq.) bolalar nutqining ifodaliligini rivojlantirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.
Badiiy adabiyot va xalq og‘zaki ijodiyoti – bu inson hayotining birinchi yilidan boshlab unga hamroh bo‘ladigan san’at turlaridir.
Folklorning tarbiyaviy, bilish va estetik ahamiyati juda katta, zero u bolaning atrofdagi borliq haqidagi tasavvurini kengaytirgan holda ona tilining badiiy shakli, musiqasi va ritmini chuqur his qilish ko‘nikmasini rivojlantiradi.
Bolani kichik folklor shakllari bilan tanishtirish badiiy adabiyotda ifoda vositalarining (taqqoslash, kinoya, epitet) rolini tushunishni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatadi.
Obrazlilik nutqning turli jihatlarining muhim xususiyati hisoblanadi.
Leksika tomoni obrazlilikning tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki so‘zning mazmuniy tomoni ustidagi ishlar bolaga mazmuni va ifodaliligi bo‘yicha aniq bo‘lgan so‘zlar va so‘z birikmalarini bildirilayotgan fikrning matnidan kelib chiqqan holda qo‘llashga yordam beradi.
Obrazlilikning grammatik jihati ham juda muhimdir, chunki bola turli xil stilistik vositalardan (so‘z tartibi, turli toifadagi gaplarni tuzish) foydalangan holda, o‘z fikrlarini grammatik jihatdan to‘g‘ri va shu bilan bir vaqtda ifodali tarzda bildiradi.
Fonetika esa matnning tovush orqali (intonatsion ifodalilik, to‘g‘ri tanlangan sur’at, diksiya) ifodalanishini o‘z ichiga oladi, bu esa ko‘p jihatdan nutqning tinglovchilarga emotsional ta’sirini belgilaydi.
Obrazli nutq ustida ishlash jarayonida tarbiyachi ertaklar bilan ishlashning turli metodik usullaridan foydalanishi lozim: ko‘rgazmali materiallarini namoyish qilgani holda, ertak mazmuni bo‘yicha o‘qish va suhbatlar, o‘yin-sahnalashtirish, rolli o‘yinlar va h.k.; bolalarda badiiy ifoda vositalarini ajrata olish, ulardan nutqda foydalanish qobiliyatini shakllantirishga oid ishlarni muntazam ravishda o‘tkazish; badiiy-ifoda vositalari bilan boyitilgan nutq qiziqarli va go‘zalligini aniq misollar orqali bolalarga ko‘rsatish, shuningdek, bolalar obrazli so‘zlar va ifodalarni qo‘llash zaruratiga duch keladigan turli vaziyatlarni yaratish.


Download 373,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish