Keynschilik iqtisodiyoti atamasi o’z davrida muhim iqtisodchi olimlardan biri bo’lmish J.N.Keynsning otasi Jon Meynard Keyns nomi bilan bog’liq. O’g’ilning tezlik bilan erishgan yutuqlari otasining erishgan yutuqlaridan kam bo’lmadi, albatta. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixini o’rganish J.M.Keynsning hayoti ko’p tomonlama J.S.Mill hayotiga o’xshab ketganligidan dalolat beradi. Bu har ikkala iqtisodchining otalari ham o’z davrining bilimli iqtisodchi olimlari bilan zamondosh bo’lishgan: Jeyms Mill David Rikardoning, J.N.Keyns esa Alfred Marshallning do’stlari sanalgan. Ikkala iqtisodchi Mill va Keyns o’z otalari iqtisodiyotining siyosiy tub ma‘nosini rad etishgan va yangi yo’nalishlarni keltirib o’tganlar. Ammo shu yerga kelganda o’xshashliklar tugallanadi, J.S.Mill o’z otasi va Rikardo qarashlarining nazariy asoslari bilan to’liq munosabatda bo’la olmaganligi sababli oxir-oqibat klassik va neoklassik nazariyalar o’rtasida o’zaro murosa yo’lini tanladi.
Keyns o’tmishdagi qarashlariga, ya‘ni Rikardo, J.S.Mill va Marshall tomonidan murakkab izohlar bilan qoldirilgan davlatning aralashmaslik siyosati an‘analari bilan boyitilgan g’oyalariga qarshi chiqdi. Keyns Marshallning asosiy qisqacha tenglik tahlili bilan tanishib chiqqan bo’lishiga qaramasdan, u iqtisodiy hamda siyosiy nazariyalarga anchagina ta‘sir eta olgan umumiy iqtisodiyotni shakllantirishda zamonaviy sanaluvchi siyosiy tuzilmalarni ishlab chiqdi. Keyns iqtisodiy bilimlari 20-asr iqtisodchisining sayoz bilimlariga hech mos kelmas edi. Ba‘zi joylarda u iqtisodiy nazariyani o’rganish uchun kam vaqt sarflagani va o’z manfaatlarini ancha keng yoyganligi uchun tanqidga uchragan.
Kembrij universiteti talabasi sifatida u o’z keng qamrovli ishtiyoqini namoyon etdi; shundan kelib chiqib, u havaskor sifatida tan olindi. Ta‘limi nihoyasiga yetgach, Kembrijga qaytguncha yana ikki yil mobaynida Britaniya hukumatining Hindiston ofisiga fuqarolarga xizmat ko’rsatuvchi xodim sifatida ishga qabul qilindi. U akademik darajasiga erisha olmadi. Uning iqtisodiy siyosatga bo’lgan cheksiz qiziqishlari umri mobaynida ko’plab hukumat tashkilotlarida ish olib borishiga imkon yaratib berdi.
U Qirollik kollejida xazinabon sifatida hamda o’z shaxsiy hayotida biznes masalalari bo’yicha faol ishtirokchi bo’ldi va uning biznesga bo’lgan qobiliyati 1920-yillarda bankrotlik holatiga yaqin kelgan paytidagi sof boylik darajasi 1946-yil umrining oxirlarida 2 million dollarga ortganligi bilan izohlanadi. Keynsning teatr sohasi, adabiyot va baletga qiziqishi yuqori bo’lgan u balerinaga uylangan. Keyns Kliv Bel, Ye.M.Forster, Lyutton Strachey va Virginiya Volf singari taniqli shaxslarni o’z ichiga olgan Blumberri guruhi, deb nom qozongan London intellektuallari guruhiga a‘zo bo’lgan. Uning ajoyib qobiliyati unga bitiruvchi sifatida matematika sohasining bilimdoni bo’lishida, ehtimollar narariyasi to’g’risida kitob yaratishida, essays in Persuasion and essays in Biography (Biografiya va e‟tiqodga oid ocherklarlar) nomli ikki kitobiga jamlangan economic Consequyences of the Peace (Tinchlikning iqtisodiy natijalari) hamda ocherklari kabi adabiy durdonalaridan o’rin olgan qudratli hamda ta‘sirchan nasr ijodkori bo’lib yetishishida ko’makdosh bo’ldi.
Keynsning muhim iqtisodchi bo’lib yetishishida uning siyosat tomon yo’nalgan ishlari asosiy o’rinni egalladi. U Britaniya g’azna bo’limining vakili sifatida Versal tinchlik shartnomasida ishtirok etdi, ammo 1919-yilga kelib, u o’z vakolatidan ozod etildi. U 1919-yilda nashrdan chiqqan o’zining economic Consequyences of the Peace (Tinchlikninig iqtisodiy natijalari) nomli asarida shartnoma shartlariga tanqid ko’zi bilan qaraganligi tufayli xalqaro miqyosda olqishlarga sabab bo’lgan. 1940-yil u How to Pay for the War (Urushga qancha mablag„ to„lanadi) nomli asarini yozdi va 1943-yil 2-jahon urushidan keyingi ta‘sir doirasiga ega bo’lgan xalqaro monetar hukumat uchun Keyns Rejasi nomli takliflarini keltirib o’tdi. Bretton Vuds shartnomasini imzolashda Britaniya delegatsiyasining boshlig’i sifatida Xalqaro valyuta fondi hamda Jahon banki kabi tashkilotlarning shakllanishida jonbozlik ko’rsatdi. Ammo uning siyosat hamda nazariyaga qo’shgan eng muhim hissalari zamonaviy makroiqtisodiyotni yaratishga va endilikda shakllanib kelayotgan bir necha makroiqtisodiyot asoslarini o’rganishga xizmat qiluvchi The General Theory (Umumiylik nazariyasi) (1936) nomli kitobida o’z aksini topgan.
Pol Samuyelson keynschilik davri iqtisodiyotiga o’z e‘tiborini qaratib, uning muhimligini anglaydi va quyidagilarni keltirib o’tadi: ―Umumiylik nazariyasi Janubiy dengiz orolida yashaydigan bir-biridan ajralgan qabila a‘zolariga hujum qiluvchi va xarob etuvchi kasallikning kutilmagan xavfli belgilari ko’pchilik iqtisodchilarning 35 yoshdan pastkilarida uchrashini nazarda tutadi.3 Keynscha makroiqtisodiy modelda muvozanat o‘rnatilishini tadqiq etish uchun haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar tushunchalarini kiritish kerak bo‘ladi, ular o‘z o‘rinda o‘zaro teng bo‘lmasligi mumkin. Haqiqiy xarajatlar (E) – haqiqatda uy xo‘jaliklari (C - iste’mol xarajatlari) va firmalar (I - investitsion xarajatlar) tomonidan qilingan xarajatlardir, ya’ni, ikki sektorli modelda: