MAKROIQTISODIY NISBATLAR VA UNGA TASIR ETUVCHI OMILLAR
Reja:
Kirish
I – BOB. MAKROIQTISODIY NISBATLAR NAZARIYASI
Klassik iqtisodiyotchilarning iqtisodiy muvozanat nazariyasi
Keyischilarning iqtisodiy muvozanay nazariyasi
II – MAKROIQTISODIY MUVOZANAT MODELLARI
2.1. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar. “Keys xochi”
2.2. Avtonom xarajat multipikatori. Resessial va inflatsion uzilishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Iqtisodiyotda barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, investitsiya va biznes muhitini yanada yaxshilash, milliy manfaatlarimiz uchun eng qulay tarzda jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish, iqtisodiy faollik darajasini oshirish kabi vazifalar davlat tomonidan amalga oshiriladigan makroiqtisodiy siyosat samaradorligiga, uning ilmiy asoslanganligi hamda real voqelikni hisobga olib o‘tkazilayotganligiga bog‘liq.
Inflatsiya sur’atlarining jilovlanishi, davlat budjeti taqchilligini tan olingan me’yorlarlardan ham past darajada bo‘lishini ta’minlanishi respublikamizda olib borilayotgan makroiqtisodiy siyosat samaradorligidan dalolat beribgina qolmasdan, iqtisodiyotimizga kiritiladigan investitsiyalar ko‘lamining oshishi, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda aholi real daromadlarini o‘stirishning muhim sharti hamdir.
Shu boisdan Davlatimiz rahbari iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, “Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlashimiz shart.
Avvalo, inflyatsiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas. Jahon tajribasini puxta oʻrganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur.
Oʻtish davrida iqtisodiyot sohasida statistik hisobotlarni toʻgʻri yuritish va davlatning iqtisodiy salohiyatini aniq baholash juda muhimdir. Shu orqali yalpi ichki mahsulotni xolisona baholashga erishish mumkin. Shu maqsadda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro valyuta fondining Milliy hisoblar tizimini respublikamizda 2020 yil 1 yanvardan boshlab toʻliq joriy etishimiz lozim.
Iqtisodiyotning barqaror oʻsishi, birinchi navbatda, yetakchi sohalar rivojiga bevosita bogʻliqdir. Qaysi sohada yuqori qiymatga ega mahsulot yaratilsa, biz ana shu sohani birinchi navbatda qoʻllab-quvvatlaymiz. Shuning uchun iqtisodiyot rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishimiz lozim” – deb ta’kidladilar.1
Do'stlaringiz bilan baham: |