I bob. Makroiqtisodiy nisbatlar nazariyasi


-rasm. Sof bozor iqtisodiyoti sharoiti “resurslar-mahsulotlar” va “daromadlar–xarajatlar”ning doiraviy aylanishi modeli



Download 103,55 Kb.
bet10/15
Sana17.07.2022
Hajmi103,55 Kb.
#811540
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
klassik iqtsiod

1-rasm. Sof bozor iqtisodiyoti sharoiti “resurslar-mahsulotlar” va “daromadlar–xarajatlar”ning doiraviy aylanishi modeli.
Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi jami taklifni, daromadlar va xarajatlar oqimi jami talabni ko‘rsatadi. Davlat ishtiroki mavjud bo‘lmagan yopiq iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o‘zaro teng bo‘lishi firmalarnining yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xo‘jaliklarining yalpi daromadlari, yoki yalpi daromadlariga teng bo‘lishi shaklida namoyon bo‘ladi.
Bu ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning pasayishi, inflatsiya va ishsizlik darajalarining ko‘tarilib ketishiga sabab bo‘ladi. Davlat aralauvi mavjud bo‘lgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab ko‘rinish oladi. Bunday iqtisodiyotda resurslar - tovarlar va xizmatlar, daromadlar- xarajatlarning uzluksiz harakati ham bozor mexanizmlari orqali, ham davlat aralashuvi bilan ta’minlanadi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning harakatini bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar bozorlarida qatnashish orqali ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay sharoitlar yaratadi.
Davlat korxonalar va uy xo‘jaliklarini soliqqa tortish bilan birga korxonalarga subsidiyalar berish, aholiga transfert to‘lash orqali ularning ishlab chiqarish imkoniyatlari va xaridga qodir talablariga ta’sir etadi. Ayni paytda davlat resurslar bozoridan hamda tovarlar va xizmatlar bozorida sotib oluvchi sifatida ishtirok etadi. Davlat o‘z ishtiroki bilan firmalarning ishlab chiqarish hajmlari va uy xo‘jaliklarining tovarlar va xizmatlar xarid qilish miqdolari to‘g‘risidagi qarorlari o‘zaro mos kelmagan hollarda ro‘y beradigan iqtisodiy tebranishlarni tartibga solib turadi. Ochiq iqtisodiyot sharoitida doiraviy oqimlar modeli yanada murakkablashadi. Endi unda to‘rtinchi makroiqtisodiy sub’ekt- tashqi dunyo ham paydo bo‘ladi.
Chet el investitsiyalarinig kiritilishi va xorijga investitsiya qilish, eksport va import operatsiyalari shu jumladan moliyaviy bozor orqali jamg‘armalarning investitsiyalarga oqib o‘tishi va moliyaviy mablag‘larning qayta taqsimlanishini e’tiborga olsak ko‘rib o‘tilgan model mukammal emasligiga iqror bo‘lamiz. Ammo shu ko‘rinishda ham bu model makroiqtisodiy jarayonlarni yaxlit holda tasavvur qilishga imkon beradi. Doiraviy oqimlar modelidan chiqariladigan xulosa shuki, davlat, firmalar, uy xo‘jaliklari va tashqi dunyoning yalpi xarajatlari yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng bo‘lishi resurslar, tovarlar va xizmatlar oqimlari (ya’ni real oqim) bilan daromadlar va xarajatlar oqimlari ( ya’ni pul oqimlari) o‘zaro teng bo‘lishining asosiy shartidir Yalpi xarajatlar hajmining oshishi ishlab chiqarish hajmlari va ish bilan bandlilik darajasining o‘sishiga olib keladi .
Bu esa o‘z navbatida yalpi daromadlarning oshishiga sabab bo‘ladi. Kattaroq hajmdagi yalpi daromadlar unga mos hajmdagi yalpi xarajatlarni belgilab beradi. Sabab oqibat bog‘lanishlari o‘rin almashishi tufayli doiraviy oqimlar modeli doiraviy aylanish ko‘rinishini oladi.
Iqtisodiyot barqaror rivojlanib borishi uchun yalpi xarajatlar to‘xtovsiz o‘sib borishi shart. Bu vazifa budjet-soliq siyosati vositalari bo‘lgan soliqlarni hamda davlat xarajatlarini o‘zgartirish hamda pul-kredit siyosati vositalari yordamida mul massasini o‘zgartirish orqali bajariladi. Yalpi talab-yalpi taklif modeliga umumiy tavsif. Yalpi talab tushunchasi va grafigi.Har qanday bozorda vaziyat talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga bog‘liq bo‘lib, ular hajmlarining o‘zgarishi baholarning o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Baholarning o‘zgarishi esa talab va taklif hajmlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday o‘zaro bog‘liqlik umumlashtirilgan holda ko‘rib chiqiladigan milliy bozorga ham ta’luqlidir. Alohida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bog‘liqlik talab va taklif modeli yordamida tadqiq qilinishini yaxshi bilamiz.
Ammo makroko‘lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi bilan birga baholar umumiy darajasining o‘zgarishi o‘rtasida bog‘liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o‘sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izohlab berish uchun bu modellardan foydalanib bo‘lmaydi. Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab – yalpi taklif (AD-AS aggregate demand-aggregate supply) modelidan foydalanamiz. Bu modelda yalpi taklif, baholarning umumiy darajasi kabi agregat ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va baholar darajalarining tebranishlarini hamda ular o‘zgarishining oqibatlarini o‘rganish uchun bazaviy model bo‘lib hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.Yalpi talab – uy xo‘jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo‘lgan talabidir. Yoki boshqacha qilib aytganda yalpi talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy harajatlar yig‘indisidir.Formula ko‘rinishida yalpi talabni quyidagicha tasvirlash mumkin:

Download 103,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish