2-& Kutubxonalarning ijtimoiy roli, vazifalari
Yozma axborot manbalari (kitob, gazeta, jurnal va hokazolar) jamiyatning ma’naviy va ijtimoiy-maishiy talab-extiyojlarini qondirishga qaratilgan bo’lib, butuninsoniyat tarixiy tarraqiyoti jarayonida shu vazifani bajarib keldi. Yozma xujjatlar kishilarning o’zaro fikr almashuv imkonyatlarini kengaytiradigan bo’lsa, kutubxonalar yozma asarlar umrini uzaytirish vositasi hisoblanadi. Boshqa ijtimoiy muassasalar kabi kutubxonalar ham jamiyatning eng zaruriy extiyojlari asosida vujudga keldi va rivojlandi. Sababi, ma’lumotlarni qayd qilish va uzatish vositasi sifatida ijtimoiy zaruratga javob beradigan yozuvning paydo bo’lishi bilan eng muhim yozuvlarni saqlay oladigan muassasalarni vujudga keltirish extiyoji ham yuzaga kelgan edi. Shunday qilib kutubxonalar avval boshdanoq jamiyatning mo`tadil mavjudligini taminlaydigan uning ajralmas bir qismi hisoblanadi.
Kutubxona- bu kitoblar va kishilik jamiyati tarixi majmuasidir, shu ma’noda u insonparvar muassasadir. Kutubxonalar insoniyat erishgan barcha ilmlar, turli fan sohalari bo’yicha kitoblar to’plangan. Jamiyat tomonidan, uning asosiy ijtimoiy-maishiy extiyojlarini qondirish maqsadida barpo etilgan kutubxonalar zulmatga, nodonlik va jaxolatga qarshi kurashdi. U insoniyat borlig’ining buyuk xujjatlashgan guvoxi sifatida yashamoqda. Shu sababdan unga zarurat sezgan har bir kishi undan foydalana olishi hamda kutubxonalar hamma uchun ommabop bo’lishi kerak.
Ma’lumki, ijtimoiy hodisalar umumbashariy madaniyatning bir qismi tariqasida, amalyot va inson kechinmalari majmuidan shakllanadi va kelib chiqadi. Ijtimoiy hodisa sifatida kutubxonalar aynan shunday bir topilma bo’lib, to’plangan amaliy va ma’naviy tajribalar shu darajada ko’payib ketdiki, natijada ular inson hotirasi imkonyatlaridan oshib ketgan va endilikda ularni og’zaki an’analar yordamida saqlab bo`lmaydigan bir payt vujudga keldi. Madaniyatning rivojlanishi ijtimoiy va moddiy madaniyat taraqqiyoti tarixining asosi bo`lib, u kutubxonalar, ularning kitob fondi, ularni tashkil etish va yuritishda, xizmat ko’rsatish turlarining shakllanishida muxim omil bo`ldi.
Qadimgi Shumer va Nineviya spool taxtachalaridan Misrning papirus o’rma kitoblarigacha, o`rta asr machit va madrasalaridagi taxchil qo’lyozmalardan dastlabki maktablar uchun darsliklar to’plamlarigacha bo’lgan davrda kutubxonalar uzoq, qator o’zgarishlarni boshdan kechirib, ulardan har biri o’sha jamiyat extiyojiga javob berdi. Xar bir jamiyat ilgari surgan g’oyalar, yirik yangiliklar, oily maqsadlar kutubxonalarda ham o’zgarishlarga olib keldi, ularning jamiyatda tutgan o`rni, maqsad va vazifalari shunga qarab o’zgarib bordi. Kutubxonalarning rivojlanishi jamiyat ma’naviy kamolotining ajralmas tarkibiy qismidir. Buni jahon sivilizatsiyasining olg’a tomon borayotgan har qadamida ko’rish mumkin.
Demak, kutubxonalarning ijtimoiy roli aniq tarixiy sharoitga namoyon bo’ladi. Kutubxonachilik ishi esa aloxida o’ziga hos mustaqil yo’llar bilan rivojlanmaydi, balki jamiyat taraqiyotining umumiy qonuniyatlariga bo’ysunadi. Bu juda muxim, zero kutubxonalar ijtimoiy xodisa sifatida o’zi ishlab turgan ijtimoiy muxit doirasiga bog’liq ravishda shakllanishi o’zgarmas xaqiqatdir. Jamiyat bu kutubxonaning vasiysidir, ayni shu sababdan u jamiyat oldida o’z faoliyatiga javobgardir va uning extiyojiga javob berishi kerak, yani kutubxonalar jamiyat azolarining har qanday axborotga bo’lgan talablarini qondirishi axloqiy qoidalar darajasiga ko’tarilgandir. Bu qoidalar buyuk xind kutubxonashumosi Sh.R.Ranganatan (1892-1972) tomonidan asrimizning 30-yillaridayoq kutubxonachilik ishining quyidagi 5 ta qonuni sifatida asoslangan edi: 1) kitoblar o’qish uchun xizmat qiladi; 2) xar bir kitobning o’z kitobxoni bo’lsin; 3) xar bir kitobxonning o’z kitobxoni bo’lsin; 4) kitoblar vaqtini asra; 5) kutubxona o’sayotgan organizmdir.
Kutubxonalarning ijtimoiy mohiyati, kutubxonachilik ishining san’atiga oid bo’lgan bunday fikrlarni ko’plab keltirishimiz mumkin. Bulardan hammasida umumiy bir g’oya – gap kutubxonalarning soniga emas, balki ularning ikoniyatlaridan samarali foydalanishlaridadur, degan xulosa kelib chiqadi. Kitob – ma’naviy kamolotning mahsuli, ma’lum bosqichdagi yakunidir. Kitob o’qish esa o’sib borayotgan ma’naviy ehtiyojni qondirish yo’lidir.
Ma’lumki, kitoblar inson tafakkurining mahsuli bo’lib, har yili minglab yangi kitoblar paydo bo’ladi. Ammo bu kitoblarning hammasi ham o’z kitobxonini topmaydi: ulardan bir qismi tez o’zgarayotgan davr talabiga javob bermasligi tufayli kitobxonlar e’tiboridan chetda qolsa, ikkinchilardan ilmiy va nazariy jihatdan bo’shlig’i sababli kitobxonini topmaydi. Kitoblarning “yaxsi” yoki “yomon”bo’lib bo’linishi ko’pincha kitobga bog’liq bo’lmasdan, balki ularni o’qiydigan kitobxonlar ommasiga ham bog’liq bo’ladi. Bu ma’lum darajada haqiqat bo’lib, belgili bir kitob, har xil tarixiy davrlarda, turli guruhlar va kitobxonlar tomonidan yaxshi yoki yomon qabul qilinishi mumkin: Masalan, Qur’oni karim, garchi butun musulmon olamining tarixi, ijtimoiy – ahloqiy,falsafiy ahvoli, turmush to’g’risidagi yagona kitob bo’lishiga qaramay, diniy kitob bo’lhanligi uchun u sobiq SSSR da davlatning dinga munosabatiga ko’ra tegishli bahosini olmadi va ommalashmadi. 1985 -1991 yillardagi qayta qurish siyosati natijasida respublikada tarixiy merosimizga, e’tiqodlarga munosabatlarining o’zgarishiga ko’ra, diniy adabiyotlar, shu jumladan Qur’oni karim eng ko’p so’raladigan va o’qiladigan nashr bo’lib qoldi.ammo bizning fikrimizcha ma’lum kitobni yoqtiradigan ayrim kitobxon ko’z o’ngidagina emas,balki bir guruh kitobxonlarga, ularning didiga mos kelishidan qat’iy nazar, har bir kitobning aynan qaysi sifatlari ahamiyat kasb etishligi masalasida hal etilmog’I lozim. Demak har bir kitobning o’ziga xos hususiyati, ahamiyati bo’ladi. Turli kitoblar kirobxonlar doirasini har xil darajada qiziqtiradi. Ba’zi kitoblar faqat ayrim kishilarga yoqsa, boshqalar turli doiradagi minglab kishilarni o`ziga tortadi. Masalan, xalq og’zaki ijodi durdonalari “Ming bir kecha” turli dostonlar, qissalar, ertaklar, afsonalar, buyuk xalqparvar shoirlardan Alisher Navoiy, Furqat, Mashrab she’rlari, nasr ustalaridan Abdulla Qodiriy, Odil Yoqubov va boshqalarning asarlari shunday xususiyatlarga egadir. Nega bunday ? Bayon etish shaklidanmi, balki mazmunidandir?
Bu savollarga u yoki bu darajada aniq javobni psixalogik va jamiyatshunoslik yo’nalishidagi ilmiy tadqiqotlar berishi mumkin. Agar psixaloglar adabiy ijod jarayoni, o’qish (kitob mutola qilish) jarayoni va kitobning kishilarga ta’sirini o’rganishsa, jamiyatshunoslar ma’lum ijtimoiy sharoitga-iqtisodiy, siyosiy va xokazo kitoblar va kitoblarning o’zaro ta’sirini organadi.
Yuqorida qayd qilingan tadqiqotlarga suyangan xolda kitobxonlarning kitobga qay jihatdan yondashishini, ya`ni uni baholash mezonlarini ko`rib chiqamiz. Ular xilma-xil bo`lib eng asosiylari 1)xaqiqat (ilmiy) va 2)adolat (axloqiy) mezonlariga to`xtalamiz.
Har bir kitob so`zsiz u yoki bu daraklar haqida gapirib, ularni bayon qiladi yoki ularga suyanadi, bundan tashqari har bir kitobning o`zi xaqiqat bo`lib, hayot hodisasidir. Har bir darakni u qaysi sohaga taaluqli bo`lishdan qat`iy nazar, ikki tomonlama; birinchidan hayotni qanday bo`lsa, shunday tadqiq etuvchi nazariy, ikkinchidan istak, intilish, qiziqish, zaruriyat, insonning eng yuksak orzusi nuqtayi nazaridan baholash mumkin. Mana shulardan kelib chiqib, xaqiqat mezoni bo`yi-cha baholash - bus of, beg`araz fanlar (matematika va tabiatshunoslik) yordamida o`rganishdir. Adolat nuqtayi nazaridan baholash – bu har bir kishining ishi, uning hohishi, qiziqishlari va kayfiyatiga bog`liq holda o`rganishdir.
Har qanday ilmiy kitobni baholashning eng beg`araz mezoni xaqiqatdir yoki borliqda, hayotda bor narsaning inson ongida aks etishidir. Albatta, hayot bilan hamma narsa tekshirilishi, taqqoslanishi mumkin, ammo u bilan hech qanday adabiy asar tenglasha olmaydi, uni to`laligicha aks ettira olmaydi. Bu yerda kitobni baholash shu bilan cheklanadiki, u ilmiy o`rganiladi, turmush va uning hodisalari bilan taqqoslanadi.
Kitobni baxolashni ilmiy mezoni nisbiydir, sababi fanning tez rivojlanishi natijasida bugungi ilmiy tushunchalar ertaga oddiy tushuncha bo’lib qolishi mumkin. Shunday ekan kitob ilmiy haqiqat mezoni bilan bir vaqtda, adolat me’zoni yoki axloqiy va ijtimoiy me’zonlar bo’yicha ham baxolanadi. Ma’lumki, kitobni baxolash-bu ayni vaqtda ayrim kishiga, uning asariga bildirilgan munosabatdir. Ijtimoiy turmush munosabatlari va xilma-xil shaxsiy munosabatlarni kitobni baxolashning eng yuksak me’zonlaridan biri deb olish maqsadga muvofiqdir. Biz garchi bu mezonni o’z xarakatlarimizda eng umumiy ko’rsatkich sifatida xis etsak ham, aslida eng buyuk adolat mezoni rolida foydalanmay keldik. Turmush shuni ko’rsatmoqdaki, xozirgi davrda butun insoniyat o’z oldiga tinchlik va umumbashariy farovonlik shiorini qoyar ekan, insoniyat bo’lgan munosabat, insoniylik insonparvarlik, insonga muxabbat barcha me’zonlardan ustun turishi tabiydir.
Bizning ko’z o’ngimizda shubxasiz nazariy soxasida to’ntarish jarayoni kechmoqda. Xozirgi zamon tuzumining asosiy adolatsizligi oldida nazariya demokratlashmoqda, adolat idealiga yaqinlashmoqda, bunday o’zgarishlar uchun insoniyatning eng yaxshi va buyuk aql-idrok egalari uning talablari oldida ta’zim qilishi mumkin. Boshqacha bo’lishi xaqiqatga ziddir, boshqacha o’ylash-insoniyat orzu-istaklariga ishonchni yoqorish demakdir.
Yangi zamonga xos tarzda nazariy meros ham qayta ko’zdan kechirib chiqildi, demak, o’z navbatida kitoblar ham kishilar tomonidan nazardan o’tkaziladi. O`nlab yillar davomida jahon madaniyati bir-biriga qarama-qarshi ikki sinfga, ikki mafkuraga, ikki siyosatga bo’lib o’rganilib kelgan bo’lsa, endilikda ularda umuminsoniy, umumbasharoy nuqtai nazaridan qaramoqda. Natijada kitoblarga sinfiyli, g’oyaviylik partiyaviylik prinsiplari asosida baxo berish o’z-o’zidan keying suriladi, oldingi o’rinlarga axloqiylik, odamiylik va adolat ideallariga asoslangan prinsiplari chiqadi.
Demak yuqorida qayd qilinganlardan xulosa qilib, Sh.G.Ranganataning “xar bir kitobning o’z kitobxoni bo’lsin” degan qonunning moxiyatini xaqiqat va adolatga xizmat qiluvchi xar bir kitob o’z kitobxonini topadi deb ta’riflash mumkin. Ikkinchi tomondan, Jamiyatda turli sharoitda, xilma-xil qarashlardagi kishilar yashaydi, mexnat qiladi, ularning tushunchalari, xiz-tuyg’ulari, talablari rang-barangdir, binobarin, shu jamiyatda nashr qilingan kitoblar ham jamiyat a’zolarini orzu istaklarini aks ettiradi, demak har bir kitob o’z kitobxonini topadi, deyish mumkin.
Sh.R.Ranganataning 2 va 3-qonunlari bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Bu o’z moxiyati bilan kitob tanlash, uni ma’lum maqsadlarda targ’ib qilish g’oyasiga (prinsipiga) o’xshab ketadi, lekin aslida unday emas, balki xar bir kishining kitob o’qishdagi erkinligini bildirib, u uning ruxiy xolati, ma’lumoti tajribasi, jamiyatda tutgan o’rniga bog’liq bo’ladi.
Bizga ma’lumki har bir kishining, kitobxonning o’ziga xos shaxsiyati, ya’ni faqat uning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari, fazilatlari qiziqishlari va nixoyat, doimo o’zgarib turadigan shaxsiy, ijtimoiy turmush sharoitlariga bog’liq kayfiyatga ega bo’ladi, bu o’z navbatida uning kitob o’qish xususiyatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Agar kitob o’qish jarayonini kuzatadigan bo’lsak, kitobxon bilan unga yoqadigan va unga hammadan ko’ra ko’proq narsa beradigan kitob o’rtasida ma’lum munosabat borligini, aniqroq qilib aytilganda , o’xshashlik, yaqinlik borligini sezish mumkin. Xar qanday yaxshi kitob ham hammaga yoqavermaydi. Xatto buyuk yozuvchilar xam o’ziga o’xshash mashxur yozuvchining asarini xush ko’rmasligi ma’lum. Ammo xar bir kitobxonning o’ziga yoqqan bir yoki bir necha mualliflari, ularning asarlari bo`ladi. Nimaga shunday? Nima sababdan ko’pchilikka yoqqan kitob ayrimlarga yoqmaydi sabablari nimada?
Bu savollarga kutubxonashunoslik psixoloklar bilan hamkorlikda javob berishga harakat qilishgan. Jumladan, N.A.Rubakin o’zining mashxur “Mustaqil o’qish to’g’risida kitobxonlarga hatlar” asarida bu masalada atroflicha toxtalib, kitobxonga hammadan ko’proq kitobxonning o’zida u yoki bu darajada mavjud muallifning xususiyatlari ta’sir qilishini ta’kidlaydi va “ muallifning ruxiy xislati bilan mazkur kitobxonning ruxiy xislati o’xshash kitob kitobxonda kuchli taassurot qoldiradi” deb xulosa qiladi. U o’zining bu g’oyasini fransus adabiyotshunosi E. Geneken qarashlari asosida izoxlagan bo’lib, uni Geneken qonuni deb ataydi. N.A.Rubakinning fikricha, Geneken o’z ta’rifi bilan kitobning kitobxonga ta’sir etishi asosida, uning moxiyatini aniq ifodalab berishga muvaffaq bo’lgan. Xar qanday kitob ham kitobxonga qandaydir ta’sir ko’rsatavermaydi , har xil kitobxonga bir xilda kuchli ta’sir qila olmaydi. Bunday bo’lmoq uchun kitobxonda muallif bilan o’xshashlik, jo’n qilib aytganda, muallifning ba’zi bir xislatlari kitobxonnikiga to’g’ri kelishi zarur. Agar buni boshqacharoq ifodalasak, muallif kitobni yozayotgan vaqtida xar qanday ruxiy holat, xar qanday hislat uning asarida o’z aksini topadi. Kitobxon o’qishi jarayonida muallifdagi aynan o’sha xislatlarni “qush tilini qush biladi” qabilida yaxshi qabul qiladi.
Psixologlarning takidlashicha, boshqalarning ruxiy holati haqida biz o’zimizga qarab hulosa chiqaramiz, bundan boshqacha bo’lishi ham mumkin emas. Minglab faktlar bilan takidlangan bu insoniy xususiyatni bir psixolog olim “ xayrihohlik kechinmasi” deb atagan edi. Bunday kechinma to’la holida ham, qisman ham, o’tkinchi va uzoq davom etadigan bo’lishi mumkin. Ammo har xil kitobxonlarda kitobni o’qish jarayonida paydo bo’ladigan ta’sir har xil bo’ladi, uning kuchiga kitob o’qilayotgan vaqt va o’sha paytdagi boshqa turli tasodifiy vaziyat, masalan, tashqarida kelgan o’tkinchi kayfiyat ham ta’sir etishi mumkin. Shunday qilib, N.A.Rubakin mustaqil o’qish bilan shug’ullanuvchi ruxiy, antropologik va ijtimoiy jixatdan asosiy turlarga ajratgan. Xar bir tur esa har xil ruxiy hususiyatlarning ko’proq yoki kamroq namoyon bo’ladigan murrakab yig’indilaridan iborat bo’lib, o`z navbatida ularning xar biri o`z turkumiga ega bo’ladi. Demak, kitobxon ro’yxatining ayrim xususiyatlari sifat va miqdor tomonlariga ham o’qish jarayoni, ham ilmiy mashg’ulot, ularni o’rganish va uning natijasiga bog’liq bo’ladi. O’z navbatida shunday turlarga o’z mualliflari xususiyatlarini aks ettiruvchi kitoblar ham bo’linadi. Muallifning barcha xususiyatlari, yuqorida tariflaganimizdek, kitobda bayon etish uslubida, xatto syujetni tanlash va talqin etish usulida o’z alomatini qoldiradi. Ana shu o’z ro`yxatiga mos kitobni kitobxonga yetkazishning eng oddiy usuli –kitobxonga kitobdan erkin foydalanishga imkoniyat yaratish yoki kitob fondining ma’lum qismidan bemalol foydalanishni tashkil etishdir.
Barcha yoshdagi va turli ma’naviy va moddiy darajadagi, xilma-xil sharoitga yashovchi kishilarga kutubxona fondini ochib berishga xizmat qiladigan turli katalog va kartotekalar, biblografik ro’yxatlar va qo’llanmalar, zamonaviy axborotlashgan axborot- qidiruv sistemalari kitobxonalarning rang-barang talablarini qondirishga, ularning o’ziga mos kitoblarni tanlashga yordam beradigan maxsus usullar xisoblanadi.
Bu ishlarni yaxshi yo’lga qoyish o`z navbatida SH.R.Ranganataning “kitobxonlar vaqtini asra” xitob qiluvchi to`rtinchi qonuni talablariga ham javob beradi.
Kutubxonaning ijtimoiy rolini ochib berishda Sh.R.Ranganataning “ deb ataluvchi beshinchi qonuni ham katta ahamiyatga egadir. Ranganataning bu yerda kutubxonaning o’sishini tirik organizmdagi yangi xujayralarni tiklanishiga oxshatib, mavjud kitoblarning o’rnini dolzarb kitoblarning egallab borishi yo’li bilan rivojlanishini takidlaydi. Albatta kitoblarning har qanday talabini qanoatlantirish imkonyatiga ega bo’lgan kutubxonaning o’zi yoq, sababi kutubxonaning fondi cheksiz o’sib borishi mumki emas. Ammo, har bir kutubxona uchun kitob fondini shakllantirishning eng maqbul chegarasi mavjuddir. Bunda kutubxonaning katta-kichikligidan qat’I nazar, kitob tanlash, zaruriy nashrlarni olish asosiy maqsaddir.
Har qanday kitob ham doimiy qiymatga ega bo’lavermaydi, ularning ba’zilarigina boqiy bo’lib, ko’pchilik kitoblar kishilar kabi “o’lishi” mumkin, ya’ni tez unutilishi mumkin. Kitoblarning ma’nashu xususiyatini qat’iy xisobga olgan xolda kitob fondini to’ldirib boorish barcha davrlarda, turli-ijtimoiy siyosiy tuzumga ega bo’lgan jamiyatlarda amalga oshirilgan deyish mumkin, Masalan, sobiq CCCP da kutubxona fondini shakllantirish va to’ldirishda chuqur sinfiylik va partiyaviylik prinsiplari xukmron bo’lib, kitoblar doimo shu nuqtai nazardan saralanib olinar edi. Ammo ma’lum bir ta’lablar asosida tanlash boshqa-yu, iloji boricha kutubxonaning turi, xajmi va vazifasiga qarab, barcha nashrlarni erkin tanlash boshqadir. Shu xususida yirik Amerikalik kutubxonashunos Djess Xouk Shiraning (1903-1982) ma’lum fikri diqqatga sazovordir. U kutubxona fondini saralangan kitoblar bilan to’ldirishni ahamiyatini takidlab, “quyosh nuri soyasiz bo’lmaganidek, chiqitsiz saralash ham bo’lmaydi” deb hulosa qiladi. Bu yerda u kutubxonaning jamiyat a’zolari uchun ijtimoiy ahamiyatini chuqur his etib, kitob fondini to’ldirishda kitob tanlashning o’rnini, lekin to’la darajada yuz foiz saralashning iloji yoqligini qayd qiladi.
Kutubxonaning kitob fondidan foydalanish qay darajada bo’lishidan qat’iy nazar, uning bilimlar xazinasi ekanligi xaqiqatligicha qoladi, qaysiki unda insoniyatning barcha ruxiy boyliklari durdonalari to’plangandir. Garchi kitob saralash o’sha durdonalarni kutubxona zaxiralariga to’plash oson fazifa bo’lmasada bu yerda qiymatga ega bo’lgan, sifatli nashrlarni tanlab olish kutubxonachilik oldida turgan oily maqsad bo’lib qolishi zarur.
Kutubxonaning qimati oily maqsadlarni birlashtirganligidadir va aynan o’sha maqsadda uning kitoblari bir joyga to’planadi. Kitoblarning tasodifiy uyumi- bu hali kutubxona emas, faqat kitoblar majmuidir. Xaqiqiy kutubxonachi nashrlar ummonidan zarur kitoblarni to’plab, kutubxona fondini boyitadigan, o`sha kitoblar uyumini ma’lum tartibga keltiradigan, ularni o’z kitobxoniga yetkazadigan shaxsdir.
3-&. Kutubxonalarning tiplari va turlari
Kutubxonlarning tiplari kutubxonashunoslik fanining eng dolzarb va murakkab muomolaridan biridir. Umumiy kutubxonashunoslik kursida bu mavzu asosiy o’rinlardan birini egallab, respublikada aholiga kutubxonachilik xizmati ko’rsatishning butun majmuini belgilab berdi.
Xozirgi kunda ommaviy, madaniy-ma’rifiy va ilmiy axborot muasasalari bo’lmish kutubxonalarning roli uzluksiz o`sib bormoqda. Kutubxonalar madaniayat yutuqlaridan foydalanish borasida fuqarolarning asosiy insoniy xuquqlarini keng ro’yobga chiqarish imkonini beradi, onglilikni oshirishga ko`maklashadi, faol hayotiy dunyoqarashni shakllantiradi.
O`zbekistonda kutubxonalar tarmog`i keng va xilma-xildir. Ular davr talablarini faqat birgalikda v xamjixat bo`lgan xolda hal qilishlari mumkin. Shu boisdan ham kutubxonalarni yagona kutubxonachilik sistemasiga birlashtirish asosida ularni tashkiliy vazifalari jixatdan qayta ko`rish respublikada kutubxonachilik qurilishi istiqbollarini belgilab beruvchi eng muxim masalalardan biri xisoblanadi. O`z navbatida yagona kutubxonachilik sistemasini takomillashtirish ana shu sistemada har bir kutubxona tarmog`ining, har bir kutubxona bo`g`inining, har bir kutubxonani o`rnini belgilashni nazarda tutadi. Ana shu vazifa asosida kutubxonalarni tiplarga ajratish muammosi dolzarb masala bo`lib qolmoqda va u o`zbek kutubxonashunoslarining diqqat markazida turibdi.
Kutubxona tiplari – belgilarning umumiyligi ( bir xolligi ) bo`yicha kutubxonalarning ilmiy tasnifi bo`lib, u kutubxonalarning tiplari, turlari va hillari bo`yicha taqsimlash imkonini beradi.
Kutubxona tiplari va turlarini bilish kutubxonalarni, umuman ularni tarmoqlari va sistemalarini tashkil qilishni umumiy o’ziga xos xususiyatlari, vazifalari, aloqali, munosabatlari, darajalari to’g’risidagi tasavvurlar asosida ularni tabaqalashtirishga imkon beradi. Bu esa, o’z navbatida, kitob fondlari tarkibi va sistemasini shakllantirish, imkonyatlarning talablarini to`laroq qondirish kabi kutubxonachilik qurilishining dolzarb muamolarini tegishli darajada hal etadi va pirovard natijada kutubxonalar yagona sistemasining samarali ishlashini ta’minlaydi.
Kutubxonashunoslik fani taraqiyotida kutubxona tillari muammosini hal qilishga bir necha hil yondashuvlar ilgari surilgan. Kitob fondining tarkibi, kutubxonalarning vazifalari, kutubxonalar talablarining, taxlili kutubxonalarning biron idoraga mansubligi va shu kabilar kutubxonachilk qurilishining turli boshqichlarida kutubxonalarni tiplarga ajratish me’zoni bo’lgan.
Hozirki vaqtda kutubxonashunoslar kutubxonalarning ijtimoiy vazifalarni bajarish bilan bog`liq bo`lgan bosh maqsadini tur hosil qiluvchi asosiy va eng muhim belgi degan yakdil fikrni bildirmoqdalar.
Kutubxonashunoslik fani atamashunosligida tarkib topgan, kutubxonalarni muxim ijtimoiy vazifa belgilari bo`yicha, mukammal usul asosida tasniflash natijasida hosil qilingan guruhlar sistemalar deb ataladi. Kutubxona faoliyatining uyg`unlashgan majmuyi hamda kutubxonalarning keng, ayni vaqtda maqsus turdagi axborotga bo`lgan qiziqishlari va talablarini qondirishga qaratilgan ishlari bugungi kunda ularning ijtimoiy vazifasini belgilab bermoqda.
Ana shunga muvofiq kutubxonalar universal va maqsus turlarga bo`linadi ( 1-jadvalga qarang).
Universal kutubxona- bu, odatda, keng kitobxonlar doirasiga mo`ljallangan bo`lib, kitobxonlarga har
1-jadval
Kutubxona tarmoqlari, turlari va xillari, ularning asosiy xususiyatlari
Tiplar
|
Turlari va hillari
|
Asosiy hususiyatlari
|
Universal
|
Ommaviy-universal kutubxonalar
-rayon kutubxonasi
-shahar kutubxonasi
-yoshlar kutubxonasi
-bolalar kutubxonasi
-kasaba uyushmalar kutubxonasi
-jamoa xo’jaligi kutubxonasi
-jamoatchilik kutubxonalari
Ilmiy universal kutubxonalar
-respublika kutubxonasi
-oblast kutubxonasi
|
Ommapob kitob fondiga ega, keng kitobxonlar ommasiga xizmat ko`rsatadi.
Universal fondga ega majburiy nusxa orqali barcha fan tarmoqlari bo`yicha fondini to`ldiradi, depozitariy vazifasini bajaradi, xalq xo`jaligi barcha tarmoqlaridagi ilmiy hodimlar va mutahasislar, fan va madaniyat xodimlariga xizmat qiladi hamda o`z regionidagi barcha kutubxonalarga metodik va ilmiy markaz hisoblanadi.
|
Tiplar
|
Turlari va xillari
|
Asosiy xususiyatlar
|
Maxsus
|
Ijtimoiy siyosiy kutubxona
-ijtimoiy iqtisosdagi oily va o`rta maxsus o`quv yurtlari kutubxonalari
-maktab kutubxonalari
Tabiy-ilmiy kutubxona
-O`zMA kutubxonalari tarmog`i
-tibbiy kutubxonalar tarmog`i
Amaliy kutubxona
-texnika kutubxonalari
-qishloq xo`jaligiga oid kutubxonalar
-boshqa tarmoq kutubxonalari
|
Ma’lum fan va tarmoqlar bo`yicha ixtisoslashgan kitob fondiga ega, kitobxonlarning ma`lum guruxiga tabaqalashtirilgan asosda xizmat ko`rsatadi.
Ko`p tarmoqli soxalar bo`yicha o`z fondini to`ldiradi, ilm-fan arboblariga ixtisoslashgan xizmat ko`rsatadi. O`z tarmoqlari bo`yicha ilmiy-metodik hamda axborot markazlari hisoblanadi.
Maxsus ishkab chiqish harakteridagi tor ixtisosdagi sohaviy adabiyotlar bilan o`z fondini to`ldiradi va shu soha xodimlariga xizmat ko`rsatadi.
|
Jihatdan xizmat ko`rsatishga va umuman butun kutubxonalar sistemasini yaxlit holga keltirishga ko`maklashuvchi kutubxonadir.
Universal kutubxonalardan farqli o`laroq maxsus kutubxonalar ilmiy, ishlab chiqarish, o`quv faoilyati bilan, xalq xo`jaligining barcha tarmoqlari uchun yuqori ma’lakali mutaxasislar tayorlash bilan bog`liq bo`lgan axborot talablarini va kitobxonlar qiziqishlarini qondirish uchun mo`ljallangan. Biroq tadqiqotchilar hozirgi bosqichda kutubxonalarni tasniflash, tabaqalashtirih hamda tib va turlarga bo`lish ularning turli, o`ziga hos belgilariga va kitobxonlar maqsadiga bog`liqdir deb hisoblamoqdalar. Shu boisdan ham kutubxonalarni tiplarga va turlarga bo`lishda hilma-xillik paydo bo`lmoqda. Kutubxona tip va turlarining har-xil yetakchi belgilarini ko`p tamonlama tasniflash uslubi bilangina aniqlash mumkin, bunday tasniflash kutubxonalarning turli guruhlarini aniqlb chiqish imkonini beradi.
Kutubxonalarni ilmiy tiplarga ajratish muommosi hozirgi bosqichda yagona kutubxonachilk sistemasi tushunchasi doirasida ishlab chiqilmoqda, bu tushuncha respublika miqyosida bir butun qilib birlashtirilgan kutubxonalarning ko`p pog`onali majmuasidan iborat.
Yuqorida uqtirib o`tilganidek, kutubxonalarni bo`lishning dastlabki belgisi (ijtimoiy vazifasi) ularning tiplarini: universal va maxsus kutubxonalarni vujudga keltiradi.
Kutubxoalarning axborot talablari soxasidagi ijtimoiy extiyojlarini qondirsh darajasini belgilash bilan bog’liq bo`lgan ikkilamchi belgi kutubxonalarni turlari bo`yicha tabaqalashtiradi.
Muayyan mantiqiy izchillkda joylashtiriladigan yanada maydaroq bo`linishlari ularning hillarini vujudga keltiradi. Kutubxonalarni tabaqalashtirish va tasniflashn ing ba’zi belgilarigina ko`rsatib o`tamiz, bular; regional (mahalliy) va biror idoraga qarashli ; yosh hususiyatlari bilan bog`liq; tarmoq va mavzu belgilaridir . Universal ommaviy kutubxonalar yosh belgisiga qarab katta yoshdagi kutubxonalarga xizmat qiluvchi ommaviy kutubxonalar, yoshlar kutubxonalari va bolalar kutubxoalariga bo`linadi.
Ammo shu narsani ham nazarda tutish kerakki, kutubxona tiplari va turlari nisbatan barqaror sistema emas, balki shu bilan birga o`zgaruvchan sistema hamdir. Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy –texnikaviy o`zgarishlar, axborot o`zgarishlari, ijtimoiy talab extiyojlarining o`zgarishi tasiri ostida kutubxonalarni turlarga bo`lish o`zgarib boradi. Masalan, xozirgi sharoitda turli tipdagi va turdagi kutubxonalarning bir-biriga yaqinlashuvi yuz bermoqda. Kutubxonalarni ayrim tiplar va turlarga ajratib turuvchi tafovutlar yoqolib bormoqda. Kutubxonalarning oraliq tiplari vujudga kelmoqda. Masalan, markazlshtirilgan kutubxonalar sistemalari ( MKS ) ning universal toifadagi yirik kutubxona muassasalariga aylanib borayotganligi, ommaviy kutubxona to`g`risidagi an’naviy ta`savurlarni o`zgartirb, ularni fan va ishlab chiqarishga xizmat ko`rsatuvchi kutubxonalarga yaqinlashtirmoqda . Ma’lumki, kasaba uyushmalarining kutubxonalari an’anaga ko`ra ommaviy kutubxonalar qatoriga ham kiritilishi mumkin, chunki ular badiy va ilmiy ommabop adabiyotlarni targ`ib qilish bilan shug`ullanib qolmasdan, balki muayyan tarmoqdagi ishchilar va xizmatchilarning kasbiga oid kitoblarni o’qishni ham taminlamoqda. Maxsus kutubxonalar, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy-o`quv markazlarning tashkil etilishi, uzliksiz ta`limini rivojlantish sharoitida kutubxonalarni ilmiy va ishlab chiqarish turlariga bo`lish ham nispiy ajratish bo`lib qolmoqda. Kutubxonalarni tasniflash ko`p jixatdan bir kutubxonaning o`zini, uning uchun xos bo`lgan ko`pgina belgilar bo`yicha turli darajalarga kiritish imkonini beradi. Chunonchi, O`zbekistonda chiqadigan matbuot asarlarining majburiy nusxalarini olayotgan A.Navoiy nomidagi respublika milliy kutubxonasi ayni vaqtda ham ilmiy, ham ommaviy, ham markaziy, ham regional ham umumdavat kutubxonasi sifatida ish ko`rmoqda. Umuman, kutubxonalarni tiplarga bo`lish kutubxonachilik ishini rivijlantirish, yangi kutubxonalar barpo etish, ular sistemasi, o`zaro aloqalarining qiyinlashib borishi bilan bog`liq bo`lgan murakkab jarayonlarni aks ettirmoqda. Bu jarayon O`zbekiston kutubxonalari tarixi misolida yetarli darajada yorqin kuzatilmoqda.
Respublika kutubxonachilk ishi tarixining rivojlanishi jarayonida kutubxona tiplari va turlarining rivojlanishi O.G.Qosimova, A.I.karmilisin, M.A.Raximova, B.A.karimov va boshqalarning ilmiy asarlaridan kuzatish mumkin. Ma`lumki 1917 yilgi oktabr to`ntarilishidan ilgari Turkistonda, u Rossiya tomonidan qo`shib olunguniga qadar, saroy kutubxonalari, diniy kutubxonalar (madrasalar xuzurida), xususiy kutubxonalar va shu kabilar mavjud edi.
Rossiya O`rta Osiyoni bosib olgandan keyin bu yerda kutubxonalar ko`paydi. Bu davrda Turkiston xalq kutubxonasi o`z faoliyatini boshladi. To`ntarilishgacha bo`lgan Turkiston xududida joylashgan turli jamiyatlarning kutubxonalari paydo bo`ldi. O.G.Polovseva, O.G.Geyer, L.Borodiskiy va boshqalarning xususiy kutubxonalari keng mashxur edi. Inqilobiy ko`tarilish davrida xalq kutubxonalari, temiryo`llarning jamoatchilk asosida ishlaydigan kutubxonalari, Samarqand va Marg’ilon shaharlarida yashirin tarzda ishlaydigan kutubxonalar paydo bo`ldi.
Oktabir sosialistik to`ntarilishi Rossiya va uning chekka o`lkalarining davlat tuzilishini va u yerlik xalqlarning madaniy rivojlanishini, shu jumladan kutubxonachilk qurilishini ham tubdan o`gartirib yubordi. Bu davrda birinchi “Musulmon” qiroatxona-kutubxonalari vujudga keldi. Bu kitoblar jumxuriyatning tub axolisi o`rtasida savodxonlikni rivojlantirishga yordam berishi lozim edi. O`sha paytda dastlabki ommaviy kutubxonalar ham paydo bo`ldi.
Xozir O`zbekistondagi kutubxonalarning asosiy qismini universal kutubxonalar tashkil etadi. Bu kutubxonlar faoliyatining kengligi va ko`p maqsadli tasnifga ega bo`lishi, kitob fondi va ma`lumotnoma biblografik apparatning universalligi; kutubxona xizmatining regional yo`nalishda bo`lishi; muayyan xudud doirasida muvofaqlashuvchi vazifaga ega bo`lish ularnng o`ziga hos xususiyatidir.
Qishloq kutubxonasidan tortib respublikaning asosiy kutubxonasigacha bo`lgan ko`pgina kutubxonalar universal kutubxonalar toifasiga kiradi. Bu kutubxonalarning hammasi uch asosiy fazifani: ma’lumot berish g`oyaviy tarbiyaviy va kaspiy vazifani bajaradi. Faoliyat doirasida va miqyosida qarab kutubxonalar ilmiy-universal va ommaviy universal kutubxonalarga bo`linadi.
Ommaviy universal kutubxonalar (OUK) respublika xuxudida oholiga ularning istiqomat joylarida, ishlash va o`qish joylarida kutubxona xizmatini ko`rsatishni o`z oldiga maqsad qilib qoygan. O`zbekiston ning ommaviy-universal kutubxonalari qishloq va shaharlarda joylashgan bo`lib, ularning soni 7660 tadan ziyoddir (2-jadvalga qarang)
Ommaviy davlat kutubxonalari asosan aholi barcha tabaqalarining ma’lumot olish talablarini qondiradigan universal ixtisosdagi kutubxona sifatida tarkib topdi. Kutubxonalarning bu turi kitobni targ`ib qilish markazigina bo`lib qolmay, balki kitoblarning ma`naviy ravnaqini shakllantirish joyiga ham aylanib bormoqda.
2-jadval
O`zbekistonda 1940-1990 yillarda barcha tip ommaviy va universal kutubxonalar tarmog`ining rivojlanishi.
yillar
|
jami
|
shaharlar
|
qishloqlarda
|
1940
1970
1990
1940
Yilga nisbatan
1990-yilda
Foiz miqdorida
|
1792
5822
7661
427
|
497
1021
1502
302
|
1295
4801
6159
475
|
Kutubxonalarga yanada samarali xizmat ko`rsatish uchun xozirki vaqtda ommaviy davlat kutubxonalar MQS larga birlashgan, yuksak darajada tashkil qilingan kutubxonalar xisoblanadi. Yagona sistemaga birlashgan bunday kutubxonalarning har biri alohida kutubxonaga xoss bo`lmagan yangi integrativ xuxusiyatlarga ega bo`lmoqda.
Toshkent shahar madaniyat boshqaruvi sistemasida 204 dan ortiq ommaviy davlat kutubxonalari ishlab turibdi, bularning 160 tdan ko`prog`i katta yoshdagi aholiga xizmat ko`rsatmoqda. Bolalar kutubxonalari A.Gaydar nomli markaziy bolalar kutubxonasi boshchiligida MKS ga birlashgandir.
Kattalar uchun mo`ljallangan kutubxonalar Toshkent shahridagi yunusobod, Shayxontohur, Sobir Raximov, Mirzo Ulug`bek, Mirobod va Xamza, Chilonzor va Akmal Ikromov; Sirg`ali va Yakkasaroy rayonlari doirasida beshta MKSni tashkil etadi.
MKS boshida markaziy kutubxona turadi. Maslan, Furqat nomli kutubxona Akmal Ikromov va Chilonzor rayonlari MKSning markaziy kutubxonasi xisoblanadi. Mazkur rayondagi bu yetakchi kutubxona regionda kitobdan foydalanish tashkilotchisi rolini bajarmoqda. Bu va bunga o`xshash kutubxonalarning xususiyatlari shu bilan tafsiflanadiki, ularning ish mazmuni va ko`lami, kitob fondini tafsifi va tarkibi ushbu region aholisining kitobga bo`lgan talablarini qondirishga mo`ljallangan. Markaziy kutubxona mazkur rayon doirasida aholiga kitob bilan xizmat ko`rsatish yagona(markazlashtirilgan) sistemasi tashkilotchisi; rayondagi ommaviy kutubxonalar uchun metodik markaz; o`ziga yuklatilgan vazifani mucafaqiyatli ravishda ro`yobga chiqarish imkonini beradigan murrakab tuzilishga ega bo`lgan kutubxonadir.
Qishloq aholisiga xizmat ko`rsatayotgan kutubxonalar tarmog`I ham ana shunday tashkil qilinmoqda. Bunday holda MKS markaziy kutubxona vazifasini bajarayotgan rayon kutubxonasi boshchiligida rayondagi qishloq kutubxonalarini birlashtiradi.
Biror idora mansubligiga qarab ommaviy universal kutubxonalar ikki turga- davlat kutubxonalariga va idoralarga qarashli kutubxonalar (kasaba uyushmasi kutubxonalari)gab o`linadi.
Ommaviy davlat kutubxonalari uchun tashkil qilishning xududiy belgisi hos bo`lsa, kasaba uyushmasi kutubxonasi, odatda muayyan korxona (tashkilot) sistemasida bo`lib, ayni vaqtda ishlab chiqarish kutubxonasi ham ado etadi.
Xozirgi vaqtda O`zbekiston kasaba uyushmasi kutubxonalari MKS larga birlashmoqda, bu esa universal turdagi ommaviy kutubxonalar ana shu turining ancha samarali ishlashini ta`minlamoqda.
Ommaviy davlat kutubxonalarining barcha turlari umumiy ma`lumot beruvchi kitoblarni o`qishg berish; shaxsni har tomonlama kamol toptirish uchu zarur bo`lgan eng muxim adabiyotlarni tanlash va kitobxonlarga yetkazish; kitobni targ`ib qilishning eng faol ta`sircha metodlarini qo`llanish, shaxsning o`qish doirasini shakllantirish; ishchilar va jamoa xo`jaligi a’zolariga kasbga oid kitoblarni o`qishda yordamlashish; mutaxasislarga kasbga oid kitoblar bilan xizmat ko`rsatish tashkilotchilari sifatidagi o`ziga hos alomatlar bilan ajralib turadi.
Ilmiy universal kutubxonalar (YUK) kutubxonalarning mazkur turi umumiy bo`lgan xususiyatlar bir qatorda maxsus xususiyatlarga ham ega. Bu xususiyatlarning ularning xuquqiy maqomi bilan belgilanadi.
Ilmiy universal kutubxonalar kutubxonachilik sistemasida yetakchi bo`g`indir. Odatda bu muassasa umumdavlat va regional ahamiyatga ega bo`lib xududiy kutubxonalar yig`indisining ilmiy metodik markazi xisoblanadi. Universal kutubxonalar ana shu turining asosiy vazifalari kitob fondlari va ishning butun sistemasini rayon talablariga muvofiqlashtirishdan;joylardagi raxbar xodimlar va tashkilotlarga kitob va axborot bilan xizmat ko`rsatishni tashkil qilishdan; oblast va respublikaga bo`ysunuvchi maxsus kutubxonalar ishini uyg`unlashtirish va birlashtirishdan iborat.
O`zbekiston ilmiy kutubxonalarining keng tarmog`iga ega. Bular orasida universal kutubxonalar yetaakchi o`rinni egallaydi.A.Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi respublikaning asosiy kutubxonasi bo`ib, u ayni vaqtda eng yirik universal ilmiy kutubxonadir. Boshqa IUK lar orasida Qoraqalpog`istonning Respublika kutubxonasi va 12ta oblast kutubxonalari bor. Bu kutubxonalarning hammasi adabiyotning bir muncha to`liq fondiga ega. Bu kutubxonalar fondi xalq xo`jaligi barcha tarmoqlari mutaxasislari uchun qimmatlidir, chunki ular umumiy, tarmoqlar aro va kompleks tusdagi adabiyotdan, shuningdek ma’lumotnoma va biblografik nashrlarning yetarli darajada to`liq fondidan iborat. IUK ayni vaqtda depozitariy vazifasini ham ado etadi, bular orasida kam talab qilinadigan adabiyot fondi bor. Shuningdek bunday kutubxonalar qiroatxonalari hamda QAA bo`yicha shunday kitoblarga bo`lgan talablarni qondiradi.
IUK o`z faoliyatida o`z o`z bilimlarini mustaqil ravishda oshirishda olimlar va mutaxasislarning ularga yordam berishni, shuningdek, ularni kasb-koriga oid adabiyotga, ayniqsa umumiy ilmiy, muxim kompleks va tarmoqlararo tusdagi adabiyotga bo`lgan talablarini qondirishni ko`zda tutmoqda.
Universal kutubxonalardan farqli o`laroq maxsus kutubxonalar ilmiy, ishlab chiqarish, o`quv faoliyati bilan, xalq xo`jaligining barcha tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxasis kadrllar tayyorlash bilan bog`liq axborot talablarini qondirish uchun mo`ljallangandir.
“Maxsus kutubxona” atamasi Buyuk Britanyadan kelib chiqqan bo`lib, rus kutubxonashunosligining taniqli arbobi L.B.Hafkina tufayli kutubxonashunoslik faniga kirib kelgan. Bu atama 1934 yildagi Butunitifoq kutubxonalrni ro`yxatga olish natijaariga oid materiallarda birinchi marta rasmiy jixatdan qabul qilingan edi.
Kutubxonashunos olimlar kasbga oid kitoblarni o`qishni tashkil qilish, istemolchilar muayyan guruhlarining kasbiy axborotga bo`lgan talab extiyojlarini qondirish maxsus kutubxonaning asosiy ijtimoiy vazifasidir deb xisoblaydilar.
Maxsus kutubxonalar ishlab chiqarish, ilm, fan, va madaniyat sistemasiga muvofiq barpo etiladi.
Turkiston xududida maxsus kutubxonalar faqat XIX asrda paydo bo`lib, chorizm ma’nfatlariga xizmat qildi va asosan yuqori tabaqa vakillarining imtiyozi bo’lib keldi. Bunday kutubxonalar ilmiy – texnikaviy jamiyatlar huzuridagi tashkil etillar edi. Asosan Samarqand va Toshkent shaharlarida joylashgan bunday kutubxonalar faqat rus aholisiga xizmat ko’rsatardi, bulardan ilmiy va muhandis – texnik xodimlarning imtiyozli doiralari, ilmiy muassasalar ma`muriyati vakillari foydalanar edilar.
So`ngi yillarda respublika xududida maxsus kutubxonalar soni ancha ko`paydi. Xozirki vaqtda O`zbekistonda 5 mingdan ortiq maxsus kutubxona bor. Bulardan eng yiriklari Toshkent va boshqa shaxarlarda joylashgandir. Xozir respublika doirasida maxsus kutubxonalar sistemasi ishlab turibdi, ular fan va xalq xo`jaligini boshqarishning tashkiliy sistemasiga muvofiq ravishda turli kutubxona tarmoqlarini o`z ichiga oladi. Maxsus kitoblar asosan, tarmoq kutubxonalar shaxobchalari, kamroq hududiy kutubxona tarmoqlarida tashkil qilingan.
Respublika ahamiyatiga molik bo`lgan turli maxsus kutubxonalar kutubxona tarmoqlari sistemasiga kiradi. O`zbekistonning Respublika ilmiy-tibbiyot kutubxonasi, Respublika ilmiy-tibbiyot kutubxonasi, Respublika ilmiy qishloq xo`jalik kutubxonasi, O`zbekiston fanlar akademyasining Asosiy kutubxonasi shunday kutubxonalar jumlasidandir. Korxonalar, ilmiy tadqiqot instutlari vaa shu kabilarning quyi kutubxonalari kutubxona sistemasining bo`g`inlaridir.
Kitobxonlar va kitob fondining tarkibi, ma’zmuni, kutubxonalarga xizmat ko`rsatishni tashkil etishga oid ish shakllari va metodlari ayrim maxsus kutubxonalarning o`ziga xos xususiyatlari sifatida namoyon bo`lmoqda.
Xizmat ko`rsatilayotgan ijtimoiy-ishlab chiqarish tafsifi maxsus kutubxonalar bo`linishining ikkilamchi belgisidir. Ilmiy kutubxonalar o`quv va ishlab chiqarish kutubxonalari ana shu belgiga qarab ajratilmoqda.
1873 yilda rasadxonaning dastlabki mudirlari: I.I.Pomeransiv, P.K.Zalesskiy, D.D.Gedenovlarning kutubxonlari negizida tashkil qilingan O`zbekiston fanlar akademyasiga qarashli. Astranomiya ilmiy tekshirish instuti kutubxonasi; 1913 yilda asoslangan Samarqand oblastidagi Baxorikor yerlardagi dexqonchilk ilmiy-tadqiqot instuti kutubxonasi; 1911 yilda Samarqandda barpo etilgan O`zbekiston Respublikasi Ma’daniyaati vas a`nati tarixi Davlat muzeyi ilmiy-ma’lumotnoma kutubxonasi respublikaning eng ko`xna maxsus kutubxonalaridir.
Maxsus kutubxona trmoqlarini vujudga keltirish va tashkil qilish fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish uchun juda katta ahamiyatga egadir.
Dexqonchilk sanoat birlashmasini rivojlantirish respublikada qishloq xo`jalik kutubxonalari tarmog`ini barpo etishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bunday kitobxonlar qishloq xo`jalik xodimlariga, xuzurida qishloq xo`jalik kutubxonalari bo`lgan qishloq xo`jalik ilmiy-tadqiqot instutlari, tajriba stansiyalari, oily o`quv yurtlari xodimlariga xizmat ko`rsatadilar. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi mutaxasislari va olimlari ana shu kutubxonalarning asosiy kutubxonalaridir.
Maxsus qishloq xo`jalik kutubxonalari asosan ilmiy-tadqiqot va tajribachilk ishlari bilan bog`liq bo`lgan qishloq xo`jalik xodimlarining talablarini bajaradilar va jamoa xo`jaliklari dalalari va fermalarida, bo`limlarida va uchaskalarida ishlayotgan qishloq xo`jalik mutaxasislarining ishlab chiqarish masalalariga oid talablari joylardagi qishloq, jamoa xo`jaliklari, kasaba uyushmalari, kutubxonalari va boshqa kutubxonlar tomonidan qondiriladi.
Ilm-fanga xizmat ko`rsatayotgan kutubxonlar sistemasida akademiya kutubxonasi yetakchi o`rin egallaydi. Odatda bu kutubxona ilmiy tadqiqot muasasalarining bo`linmasi bo`lib, uning jamoasiga kutubxona xizmati ko`rsatishni tashkil qiladi.
Ilm-fanga xizmat ko`rsatayotgan kutubxonalar tarmog`I bir qancha darajadaki kutubxonalardan: milliy darajadagi maxsus kutubxonalardan, tarmoq fanlar akademiyalari kutubxonalaridan, O`zbekiston fanlar akademiyasi filiallari va ilmiy markazlari kutubxonalaridan; ilmiy tadqiqot instutlari, ilmiy stansiyalar va ekspeditsiyalar quyi kutubxonalardan iboratdir.
O`zbekiston fanlar akademiyasi ixtiyorida bo`lgan kutubxonalarga o`zbekiston Respublikasi Prezidumi xuzuridagi kutubxonachilk kengashi va uning muommolari bilan shug`ullanuvchi komissiyalari umumiy raxbarlik qiladi va faoliyatlarini muvofiqlashib turadi.
O`quv yurtlarining lutubxonalari respublika maxsus kutubxonalari sistemasida aloxida o`rin egallaydi. Bunday kutubxonalarning faoliyati xalq xo`jaligi va ma`daniyatning barcha tarmoqlari va soxalari uchun ma`alkali kadrlar tayyorlashga qaratilgandir.
Xozirgi davrda oily o`quv yurtiga tadqiqot va tajriba-konstruktirlik ishlarini olib borayotgan ilmiy markaz sifatida qaralmoqda. Oliy o`quv yurtlari kutubxonalari faoliyatining asosiy yo`nalishlari ularning ta`rbiya jarayonlarida faol qatnashishlaridan, talabalarga za`rur adabiyotni o`z vaqtida berishdan, ilmiy tadqiqotlarni axborot bilan tez va to`liq ta`minlashdan iborat. Bugungi kunda oily o`quv yurti kutubxonasiga ayni vaqtda ommaviy, ilmiy va o`quv kutubxonasi vazifasini bajaruvchi murakkab organizm sifatida qarash lozim. U ilmiy, o`quv-yordamchiva madaniy-ma`rifiy muassasa hisoblanadi. Oily o`quv yurtining vazifasi oily o`quv yurti hamda tegishli ixtisosdagi boshqa oily va o`rta maxsus o`quv yurtlarining professor o`qituvchilari tarkibini, ilmiy xodimlarning adabiyot bilan va biblografik xizmat ko`rsatish bilan ta`minlashdan, talabalarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashdan, o`quv yurti ixtisosi bo`yicha adabiyot va biblografik materillarni targ`ib qilishdan iborat.
Toshkent davlat dorilfunining ilmiy kutubxonasi O`zbekistondaki eng yirik oily o`quv yurti kutubxonasi va respublika oily va o`rta maxsus o`quv yurtlari kutubxonalariga metodik markaz hisoblanadi.
Universal va maxsus kutubxonalar tarmoqlarini ko`rib chiqayotgan vaqtda ana shu tarmoqlar ichida turli belgilar bilan bir-biridanfarq qiladigan va tilga olingan kutubxonalar doirasidan chetga chiqadigan kutubxonalar borligini ta`kidlab o`tish kerak. Kutubxonalarni region belgisi bo`yicha respublika, oblast, rayon, shaxar va shu kabi kutubxonalarga bo`lish tamomila ravshandir. Kutubxonalarni bilim sohalari bo`yicha tabaqalashtirish asosini tashkil etadigan tarmoq belgisi ham shunday ravshan va shubxasizdir.
Jamoat tashkilotlar kutubxonasini jamoatchilk asosida ishlaydigan kutubxonadan yoki jamoatchilk kutubxonasidan ajrata bilish kerak. Jamoatchilkning foydalanishi uchun to`plangan shaxsiy kitoblar jamoat kutubxonasini asosini tashkil etadi.
Kutubxonalarni boshqa muassasani bir qismini tashkil etuvchi mustaqil va mustaqil bo`lmagan kutubxonalarga tabaqalashtirish negizida xuquqiy maqom tashkil qiladi. Masalan, oily o`quv yurti, maktab kutubxonalari o`quv yurtlarini bir qismi xisoblanadi.
Miqdoriy tasnifnomalar kutubxonalarni eng yirik, yirik, o`rta darajadagi va kichik kutubxonalarga tabaqalashadi. Million jild kutub jildiga ega bo`lgan kutubxonani eng yirik kutubxona deb xisoblash qabul qilingan. Yuz ming nusxa bosma maxsuloti bo`lgan kutubxona yirik kutubxonalar qatoriga kiradi. O`rta darajadagi kutubxonalarda o`n minglab nusxa nashrlar, kichik kutubxonalarda esa o`n mingtagacha nusxadaki nashrlar saqlanadi.
Depositor kutubxonalar tarmoq va regional prinsiplar asosida tashkil qilinadi. Bunday kutubxonalar idoralar asosda ishlab, kam talab qilinadigan adabiyotni saqlashni ta`minlaydi. Bunday kutubxonalar yirik universal, ko`p sohali va maxsus ilmiy kutubxonalar negizida tashkil qilinadi.
Mazkur mavzuning qisqacha bayonini yakunlar ekanmiz, shuni ta`kidlab o`tish kerakki, kutubxonalarni tiplarga ajratish ham xozirki bosqichda yagona kutubxonachilk sistemasi doirasida ishlab chiqilmoqda.
Kutubxonalar avvalo ijtimoiy tahamiyatiga qarab tiplarga ajratilmoqda, ularni bunday belgi asosida bo`lish kutubxonalarga bir muncha keng ijtimoiy vazifalarni bajarishni taqazo etadi.kutubxonalarning asosi, universal va maxsus tiplari ayni shu negizda bo`lingan va kutubxonachilk qonunida mustaxkamlangan.
Ana shunday tabaqalashish asosini tashkil etuvchi kutubxonaning ijtimoiy ahamiyati kutubxona sistemasini tafsiflovchi nagona belgi emas, albatta. Bu sistema nixoyatda ko`p qirralidir. Uning har bir qirrasi kutubxonalarning turlari va xillarini asoslaydigan tabaqalashtirish va tasniflash belgisi sifatida kutubxonaning aholiga har jixatdan va kompleks xizmat ko`rsatishni ta`minlaydi.
Bu esa kutubxonalarni tiplarga ajratish ijtimoiy taraqqiyot bilan, respublikada kutubxonachilk sistemasining rivojlanishi bilan bog`liq xodisadir debt a`kidlash imkonini beradi. Respublikada kutubxonalar tarmog`ini takomillashtirishning asosiy yo`llarga muvofiq, bugungi kunda ishlab turgan kutubxona tiplari doirasida ularning yangi turlari va hillarini ajratish tabiy holder.
Do'stlaringiz bilan baham: |