18-AMALIY MASHG`ULOT
Mavzu: Chorvachilik fermalarida veterenariya, sanitariya xizmatlarini olib borish
Darsning maqsadi: Fermer xo‘jaligi doirasida fermada olib boriladigan
veterinariya-sanitariya tadbirlarini o‘rganish.
Darsning mazmuni: Chorvachilik ferma va komplekslarida veterinariya va
sanitariya ishlarini olib borish.
Chorvachilik ferma va komplekslarida parvarishlanayotgan qishloq xo‘jalik
hayvonlari va parrandalarini hamda ferma va komplekslarda ishlayotgan
xodimlarni, qolaversa butun aholini chetdan yuqumli kasalliklarning kirib qolishi
va tarqalishi havfining oldini olish uchun ishlab chiqarish jarayonida ushbu
kasalliklarga qarshi veterinariya-sanitariya, diagnostika davolash va profilaktika
tadbirlarini doimiy ravishda o‘tkazish davr talabi hisoblanadi.
Chorvachilik ferma va komplekslarida yuqumli kasalliklarning paydo
bo‘lishi va tarqalishining oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish
lozim.
1.
Chorvachilik ferma va komplekslari atrofini doimiy ravishda toza-ozoda
saqlash orqali ishlab chiqarishning muvoffaqiyatli tashkil etish, fermalarda endo va
endoparazitlarning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan bioligik siklni uzib qo‘yish va
binolar ichida mikroorganizmlar miqdorini keskin kamaytirish mumkin.
2.
Chorvachilik ferma va komplekslarida bundan tashqari doimiy reja asosida
dezinfektsiya, dezinsektsiya va derotizatsiya ishlarini olib borish zarur.
3.
Dezinsektsiya Derotizatsiya Dezinfektsiya
18.1-rasm.
Dezinfektsiya bu yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularni tugatishiga
qaratilgan chora-tadbir.
Chorvachilik binolari, bino ichidagi foydalaniladigan barcha jihozlar, buyumlar,
chorva hayvonlari, chorvachilikda foydalaniladigan barcha transport vositalari kasal
hayvonlar va ular chiqaradigan najas va ifloslangan yer, ishlovchi xodimlar va ularning
kiyim kechaklari dezinfektsiya qilinadi.
O‘tkaziladigan barcha chora-tadbirlar maqsadiga qarab quyidagi turlarga
bo‘linadi: 1. Proflaktika; 2. Majburiy proflaktika. Shartli patogen mikroblarni yoki
mikrob tarqatuvchi hayvonlar chiqaradigan patogen qo‘zg‘atuvchilarni yo‘qotish yoki
zararsizlantirish maqsadida o‘tkaziladi.
Bunday dezinfektsiya chorvachilik ferma va komplekslarida eng asosiy
yumushlardan biri hisoblanadi, chunki bu ish o‘z vaqtida amalga oshirilmasa
chorvachilik ferma va komplekslarida turli xil kasalliklar tarqatuvchi mikroblar rivojlanib
iqtisodiy jihatdan juda katta falokatli oqibatlarni olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu
tadbirlarni muntazam ravishda juda puxta o‘tkazish lozim.
Majburiy dezinfektsiya u 2 xil bo‘ladi. 1. Kundalik (joriy); 2. Oxirgi
(yakunlovchi).
Kundalik (joriy dezinfektsiya kasallik paydo bo‘lgandan boshlab toki u
tugatilguncha, har bir yuqumli kasallik uchun belgilangan muddatda o‘tkaziladi.
Oxirgi (yakunlovchi) dezinfektsiya esa yuqumli kasallik tugatilgandan keyin,
karonten bekor qilinishdan oldin o‘tkaziladi.