III bob. Korxona iqtisodiy samaradorligini oshiruvchi omillarni belgilash......
3.1. Iqtisodiy samaradorlikni oshiruvchi omillarni aniqlash.....................................
3.2. Statistik guruhlash usuli asosida korxona samaradorligini oshiruvchi omillarni ko’rsatish....................................................................................................................
Xulosava takliflar..................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.........................................................................
Ilovalar.......................................................................................................................
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Jahon amaliyotidan ma`lumki, rivojlangan davlatlar ham, ayrim iqtisodiy muammolarni hal qilishda bir bir qator muammolarga duch kelmoqda. Bular jumlasiga iqtisodiy inqirozlar, monopolizm, inflyatsiya, ishsizlik, iste`mol bozoridagi nomutanosiblik, resurslarni, tovar va xizmatlarni taqchilligi, pul muomalasidagi nuqson va kamchiliklar kabilar.
Biz istiqlolning dastlabki yillarida qabul qilgan mashhur besh tamoyilga asoslangan ijtimoiy yo`naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o`tish modeli yildan-yilga ilgarilab borganimiz sari o`zini amalda oqlab, naqadar to`g’ri va puxta ekanini isbotlamoqda, deb aytish uchun bugun barcha asoslarimiz bor.
Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta`siri, undan ko`riladigan zararning darajasi va ko`lami birinchi navbatda shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog’liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog’liqligini isbotlashga hojat yo`q.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi, qolaversa uning taqdiri, aksariyat hollarda, nafaqat korxonalardagi resurslar miqdoriga, ayni paytda ularda faoliyat yuritayotgan xodimlarning ishbilarmonligi bilan ham bog’liqdir. Korxonalar rahbarlari va mutaxassislarining uddaburonlik, ishbilarmonlik hislatlari hozirgi iqtisodiy tanglik, moddiy va moliyaviy resurslarning taqsilligi davrida judayam seziladi.
Insoniyat faoliyati va hayoti moddiy borliqga bog’liqdir. Inson yashash uchun nimaiki qilsa, doimo chegaralangan moddiy boyliklar muammosiga duch keladi. Ulardan oqilona foydalanish doimo inson ongi oldida ko`plab siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy, texnologik, ekologik va hakozo muammolarni qo`yadi. Bu muammolar yakka insondan tortib, korxona, firma, ularning birlashmalari, umuman region, davlat iqtisodiyoti miqiyosiga ta`alluqlidir. SHuning uchun ham inson paydo bo`lgandan tortib, uning bilan moddiy borliq o`rtasida doimo munosabat, kurash mavjuddir. SHuning asosida, xo`jalik yuritish, uni boshqarish to`g’risida insoniyat doimo fikr yuritib u to`g’risida bilimlar tizimini yaratib kelgan.
Korxona iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun ular hal qilish usullari va mexanizmini to`g’ri topish, iste`molchilar talabini to`la qondirish yo`llarini izlash, yuqori samarali ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni boshqarish, tarmoqlararo va xo`jalik sub`ektlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalarni bog’lash, sotuvchi bilan iste`molchilar orasidagi munosabatlarni takomillashtirish kabi iqtisodiy hodisalarni uyg’unlashtirish kabi masalalarni hal qilish zaruriyati to`g’iladi.
Bularni hal qilish nazariy va amaliy bilimlarni mustahkam egallagan, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni hal etishda ijodiy qo`llayoladigan, masalani to`g’ri o`rgana oladigan, uni nihoyasiga etkazish bo`yicha optimal qaror qiladigan mutaxassislarga bog’liqdir.
Mamlakatimizda statistikani rivojlantirish, bo`layotgan iqtisodiy jarayonlarni chuqur o`rganish, tahlil qilish va shu asosda xulosa chiqarish, korxonalarimiz iqtisodiy samaradorligini oshirib borish hozirgi kunning dolzarb mavzusi xisoblanmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o`zgarishlar ayniqsa, xususiy sektorning iqtisodiyotdagi o`rnining kengayishi, tadbirkorlikning mamlakat miqyosida rivojlanishini tadqiq qilishning ahamiyati Prezidentimizning ko`plab ma`ruzalarida ham o`z aksini topganligini quyidagi ma`ruza keltirgan so`zlari orqali ham ko`rsatish mumkin: “SHuni tan olishimiz kerakki, xususiy mulkni rivojlantirish uchun uning ochiqlik darajasini va bu sohaning mamlakat iqtisodiyotidagi hissasini aniqlash borasidagi baholash me`zonlari haligacha ishlab chiqilmagan. Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Markaziy bank, Davlat statistika qo`mitasi va boshqa iqtisodiy idoralar bu masala bilan jiddiy shug’ullanishi zarur”1. Mamlakatdagi iqtisodiy holatni chuqur tahlil qilib borish, erishilgan yutuqlar va yuzaga kelgan kamchiliklarning sabablarini o`rganish, chuqur tahlil qilish, yo`l quyilgan nuqsonlarni kamaytirish hisobiga yuqori iqtisodiy samaraga erishib borish mamlakat oldidagi, qolaversa, har birimizning asosiy vazifamizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |