I bob. Korxona iqtisodiy ko’rsatkichlarini statistik guruhlash usuli orqali tahlil qilishning nazariy asoslari


Bitiruv malakaviy ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi



Download 0,65 Mb.
bet4/17
Sana29.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#415869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Korxona iqtisodiy ko’rsatkichlarini statistik guruhlash orqali tahlil qilish

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi. Statistik guruhlash statistika fani o’rganadigan asosiy mavzulardan biri sifatida rivojlanib keldi. Statistika fanining ayrim tarkibiy unsurlari eramizdan avvalgi 3-4 ming yillarda paydo bo’lgan bulsa, fan sifatida 18 asrda paydo bo’lgan. 1749 yilda Gettigenda xalqaro huquq va statistika professori G.Axenval “davlatshunoslik” fanini “Statistika” deb atagan.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida statistikadagi matematik oqim ingliz olimlari tomonidan rivojlantirildi. Statistika fani rivojlanishida rus olimlari ham o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar: V.N.Tatishev (1686-1750) – Rossiyada birinchi aholi ro’yxatini o’tkazgan va aholini joriy hisobini tatbiq qilish lozimligini kun tartibiga qo’ygan; K.I.Krilov (1689-1737)-statistikada ilk bor davlatni tavsiflovchi iqtisodiy-statistik ma’lumotlarni statistik jadval yordamida izohlagan; D.P.Juravskiy – birinchilardan bo’lib, statistika faniga ta’rif bergan. Sobiq Ittifoq davrida ijod qilgan va statistika fani rivojlanishiga va amaliyotiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shgan statistik olimlarni bugun eslash joizdir. Ularga S.G.Strumilin, V.S. Nemchinov, V.N.Starovskiy, M.N.Smit, B.S.Yastremskiy, S.M.Yugenburg (ko’p yillar Samarqand kooperativ institutida ishlagan), A.Ya.Boyarskiy, A.I.Gazulov, A.I.Petrov, T.V.Ryabushkin, V.M.Simchera, N.N.Ryauzov va boshqalarni kiritish mumkin.
O’zbekiston Respublikasida statistikaning rivojlanishida va uni o’zbek xalqiga o’rgatishda diqqatga sazovor ishlar qilingan. Birinchi “Statistika” kafedrasi 1932 yilda Toshkent, keyinchalik Samarqand va boshqa shaharlarda tashkil etilgan.
Respublikamizda birinchi bo’lib statistikadan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi unvoniga sazovor bo’lgan olimlarimiz N.M.Soatov va E.A.Akromovdir.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, o’zbek tilida “Statistika” fani bo’yicha o’quv adabiyotlari chop etila boshlandi. Shuningdek, statistika bo’yicha mutaxassislar Yo, Abdullaev, X.A.Shodiev, M.Ya.Xamroev, X.H. Nабиев N.M., Soatov G.N. Tillaxo‘jayevalar ham statistic guruhlash bo’yicha tadqiqot ishlarini olib borganlar.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish