I bob. Komandada o`qitish metodining nazariy aspektlari 1 Kichik guruhlarda ishlash usullari, o'tkazish tartibi



Download 26,11 Kb.
bet2/3
Sana12.07.2022
Hajmi26,11 Kb.
#782557
1   2   3
Bog'liq
kurs ishii

Topshiriqni guruhda muhokama qilish. Guruh ishi davomida o`qituvchi jarayonga aralashmaydi, kuzatadi, savollar beradi, to`g`ri qaror qabul qilishga yo`naltiradi. O`quvchilar to`liq mas`uliyatni his qilishlari zarur.
Shuningdek, o`qituvchi guruhning har bir a'zosining umumiy faoliyatga qo'shgan shaxsiy hissasini tahlil qiladigan va qayd etadigan "kuzatuvchi" ni tayinlashi mumkin. Dars so`ngida kuzatuvchining hisoboti ishtirokchilarning har birining mashg`ulot davomida ishtirok etish darajasini aniqlash va baholashga yordam beradi.
Mavzuni muhokama qilishda o`quvchilar quyidagi qoidalarga tayanishlari kerak:
O`quvchilar hayotiy tajriba va bilimlarini qo`llashlari, kitoblar, gazeta va jurnallar, televidenie va radio dasturlaridagi ma`lumotlardan foydalanishlari, guruhdan olinadigan umumiy javobni barcha ishtirokchilar o‘z g‘oyalari bilan qo`llab-quvvatlashlari kerak.
• Munozaradan oldin o`qituvchi mavzu bo'yicha o'z nuqtai nazarini asoslab olishi va isbotlash uchun dalillar tayyorlashi kerak.
• O`qituvchi mavzuni va topshiriqlarni tushuntirishda oddiy va mantiqiy gapirishga harakat qilishi kerak.
• O`qituvchining fikri faktlarga asoslangan bo'lishi kerak. Aniqlikka ega bo`lmagan va fanda isbotlanmagan narsalar haqida o`quvchilar bilan bahslashmagan maqqul.
• Munozaraga uyatchan o`quvchilarni jalb qilishga harakat qilish kerak, chunki har bir insonning fikri qimmatlidir.
Kichik guruhlarda ishlash. Guruh samaraliroq ishlashi uchun o`quvchilarni ularning soni va topshiriqning maqsadini hisobga olgan holda guruhlarga bo'lish kerak. Jarayon quyidagi bosqichlardan iborat bo`ladi:
1-bosqich: O`quvchilar tasodifiy tanlash usullari orqali guruhlarga bo`linadilar.
2-bosqich: Guruhlarga topshiriq beriladi, kerakli materiallar (vatman qog'ozi, markerlar, varaqlar) taqsimlanadi, ish vaqti belgilanadi.
3-bosqich: Guruhlarda topshiriqni muhokama qilish vaqt belgilanadi, jarayon esa o`qituvchi tomonidan kuzatiladi. Vaqt o'tgandan so'ng, guruhdan bir talaba guruh ishi haqida taqdimot qiladi.
4-bosqich: Taqdimotchi boshqa guruh o`quvchilari yoki o‘qituvchining savollariga javob beradi.
Kichik guruhlarda ishlash quyidagi natijalarni beradi:
• Axborot bo'yicha fikr almashish;
• Bir-biridan o'rganish imkoniyati;
• Mas'uliyat hissi shakllanadi;
• Guruhda ishlash ko'nikmalari shakllanadi;
• Munozaralar orqali muammolarni hal qilish ko'nikmalari;
• Har bir ishtirokchining kuchli tomonlarini aniqlash va ularni to`g`ri baholash;
• O`zaro hurmat va birovlar fikrini tinglay olish shakllanadi;
• O‘quvchilar fikr va g‘oyalarini to`liq ifoda etishi uchun shart-sharoit yaratiladi;
• O‘quvchilar fikr yuritishda o‘qituvchiga bog‘lanmaydi;
• Har bir o`quvchi o‘quv jarayonida ishtirok etadi;
• Eng muhimi, o‘quvchilarning o‘zlari, o`quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida hamkorlik yuzaga keladi.
Guruhlar ishini sarhisob qilish. Taqdimot belgilangan vaqt tugagandan so'ng, guruh nomidan bir o`quvchi chiqib, ularni bajargan ishlari bilan tanishtiradi, boshqa guruhlar yoki o'qituvchining savollariga javob beradi.
O`qituvchi guruhlar taqdim qilgan javoblar varag`lari, to`ldirilgan jadvallar, chizilgan rasmlarni tekshirib qilingan ishlar uchun umumiy ball qo`yadi. Ballar o`quvchilarga o`qib eshittiriladi. Eng ko`p ball yig`gan guruh g`olib bo`ladi. Bu guruhning abrcha ishtirokchilari uchun a`lo baho qo`yiladi. Bundan tashqari o`qituvchi mashg`ulot davomida eng faol qatnashdan boshqa guruh ishtirokchilarini ham baholashi yoki taqdirlovchi kartochkalar berishi mumkin.


1.2 “Komandada o`qitish” ni tashkil etishda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolar va ularning yechimi

Guruhlarda ishlash metodi zamonaviy ta’lim tizimi doirasida biologiyani samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu ham mahalliy, ham xorijiy metodistlar tomonidan e’tirof etilgan.


Biroq, ishning guruh shakli hali biologiyani zamonaviy o'qitish amaliyotida keng qamrovga ega emas, bu esa metodni tashkil etishda ma'lum qiyinchiliklarning mavjudligi bilan bog'liqdir. Zamonaviy metodologiya darsni komandalarga bo`lib tashkil etishda quyidagi qiyinchiliklar guruhlarini aniqlaydi:

Download 26,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish