I bob. Kimyo fani o’qitishda interfaol ta’lim metodlari va didaktik o’yinlardan foydalanish metodikasiga oid adabiyotlar tahlili



Download 196,5 Kb.
bet1/9
Sana20.06.2022
Hajmi196,5 Kb.
#678600
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

I. BOB. KIMYO FANI O’QITISHDA INTERFAOL TA’LIM METODLARI VA DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISH METODIKASIGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI.
1.1. Interfaol ta’lim metodlari va didaktik o’yinlar haqida tushuncha, ularning mazmuni va vazifalari.
Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo’lib yetishi bilan bog’liq.
Sh.Mirziyoyev (BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so’zlagan nutqidan)
O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablaridan biri ta’lim jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini keng qo‘llash, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda o‘qitishni jadallashtirish sanaladi.
Shu maqsadda bugungi kun o‘qituvchisi oldida o‘quvchilarga yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda dars o‘tadigan, ijodkor, izlanuvchan o‘qituvchi bo‘lish talabi turadi. .
Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’limni rivojlantirish, yosh avlodga jahon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko’nikmalar berish, ularni ona –Vatanga, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o’zgardi. U mustaqillikka erishib, taraqqiyot yo’lidan dadil borayotgan mamlakatimiz ruhini, g’oyalari va intilishlarini o’zida aks etttirgan ta’lim tizimiga aylanmoqda. Eng asosiysi, mamlakatimizda ta’limning hali jahon amaliyotida kam uchraydigan betakror milliy modeli yaratildi. .
Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kerak
Eng muhim fanlardan biri bo'lgan kimyo fanini o'qitish va o'rganishga bo’lajak o’qituvchilarning ilmiy tayyorgarligini oshirish orqali ta’lim samaradorligiga erishish mumkin. Bu esa asosan quyidagilarga asoslanadi: adabiyotlarni qidirish, kimyo o’qituvchisi sifatida ta’lim berish jarayoniga yangiliklar kiritish va ularni tajribada sinab ko’rish kabilardir. Ta'lim-tarbiya tizimining tarkibiy qismlari va ularni takomillashtirishning turli ustuvorliklari aynan shu sohaga bog'liq quyidagi omillar: o'quv dasturi va darsliklarning mazmunini yaxshilash, kimyo o'qitishda qo'llaniladigan metodlarni takomillashtirish, kimyo o'qitishni eksperimental yondashuvga yo'naltirish, kimyoviy moddalar bilan ta’minlash va o'qituvchilar malakasini oshirish va o'z kasbining "targ'ibotchisi“ bo’lish kabilardir. Shuning uchun ta'lim tizimida hammaning sa'y -harakatlarini muvofiqlashtirish va hamkorlik qilish juda muhimdir.
O'qitishning yangi yondashuvlari faol o'rganishni rag'batlantirishda klassiklardan farq qiladi. O'qitishning yangi yondashuvlari o'quvchilarning motivatsiyasi va yutuqlarini oshiradi, degan da'volarga qaramay, bu ijobiy ta'sirlar bo'yicha empirik tadqiqotlar, xususan, muvaffaqiyatga ta'sirini ko’rsatdi. Tadqiqotlarda yangi va klassik o'qitish yondashuvlarini solishtirish uchun bir qator kvazi-eksperimental tadqiqotlar o'tkazildi. O’quvchilarning motivatsiyasi barcha yangi o'qitish yondashuvlari bilan oshiriladi. Muvaffaqiyat ballari ham ushbu yangi usullar yordamida sezilarli darajada yaxshilanadi.
Uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o`rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o`z nazariyasiga ega bo`lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o`zgarishlar olib keldi: aynan o`sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.
Didaktika yunoncha “didaktikos” “o`rgatuvchi”, “didasko” – “o`rganuvchi” ma’nosini bildiradi. Ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o`qituvchi va o`quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo`llari va hokazo muammolar)ni o`rganuvchi fan.
Didaktika atamasini nemis pedagogi 1571-1635 yillarda yashab ijod etgan Volfgang Ratke fanga 1613-yilda “Didaktika yoki ta’lim san’ati” deb nomlangan ma’ruzasida qo’llanilgan deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor chex pedagogi 1592-1670 yillarda yashab ijod etgan Ya.A.Komenskiy tomonidan 1657-yilda chex tilida “Buyuk didaktika” asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy “hammani hamma narsaga o’rgatish san’ati” deb tushuntirdi. Yangi o'qitish usullari, ilg'or ta'lim texnologiyalarini dars jarayonlariga tatbiq qilib, o'qitish va ta'lim olish metodikasini takomillashtirish pedagogik ish jarayonida yaratiladi.
O'qitish metodlari o'qituvchining ishlash jarayonida rivojlanib boradi. Shuning uchun ilg'or o'qituvchilarning dars olib borish tajribasini o'iganish o'qitish jarayonini takominashtirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Olimlar tomonidan har bir yaratilgan yangi o'qitish usullari ta'lim bosqichlarida pedagogik tajribadan o'tkaziladi. Samara bergan usullar o'quv jarayoniga tatbiq etiladi
Hozirgi vaqtda kimyoni o'qitish jarayoniga didaktik o’yin va interfaol ta’lim metodlari keng joriy qilinmoqda. So`ngi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda. Tadqiqotchilar mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratdilar.

  1. An’anaviy 2. Progressiv. 3. Zamonaviy.

Ushbu darslarda o`quvchilarning bilim olish jarayoni o`yin faoliyati orqali uyg`unlashtiriladi.
Shu sababli o`quvchilarning ta’lim olish faoliyati o`yin faoliyati bilan uyg`unlashgan darslar, didaktik o`yinli darslar deb ataladi. Inson hayotida o`yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi
- o`yin faoliyati orqali shaxsning o`qishga va mehnatga bo`lgan qiziqishi ortadi.
- o`yin davomida shaxsning muloqatga kirishishi ya’ni komunativ – muloqat madaniyatini egallash uchun yordam beriladi.
- shaxsning o`z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o`zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi.
- hayotda va o`yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo`ljalni to`g`ri olish ko`nikmalarni tarkib topishiga yordam beradi.
- o`yin jarayonida ijtimoy normalarga mos xulq – atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi.
- shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi.
- insoniyat uchun ahamiyatli bo`lgan qadriyatlar tizimi ayniqsa ijtimoiy, manaviy – madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o`rganishga etibor qaratiladi.
- o`yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqat madaniyatini rivojlantirish ko`zda tutiladi.
Didaktik o`yinlar texnologiyalari o`quvchi faoliyatining faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o`quvchiga ijobiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Didaktik o`yinlar o`quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tatqiq qilish hisoblash, o`lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash axloq – odob o`rgatish, nutq o`stirish til o`rgatish, yangi bilimlar o`rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yordam beradi. Didaktik o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun tartibida didaktik o‘yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o‘yinlar mashg‘ulot jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi. Didaktik o‘yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak:

  1. Navbatma-navbat ta’sir etish.

  2. So‘ralganda javob berish.

  3. O’rtoqlari fikrini eshita olish.

  4. O‘yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik.

  5. O‘yin qoidasini bajarish.

  6. O’z xatosini tan olish.

Didaktik o‘yinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatlarini hisobga olish lozim. O‘yinda o‘yin tempi va ritmi katta rol o‘ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi, juda tez temp esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o‘yin ishtirokchilarini to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega.
Didaktik o’yinlar – o’rganilayotgan ob‘ekt, hodisa, jarayonlarni modellashtirish asosida o’quvchilarning bilishga bo’lgan qiziqishlari, faolliklarini oshiradigan o’quv faoliyati turi hisoblanadi. Bu kabi o’yinlar o’quvchilar tomonidan ijtimoiy-foydali mehnat va o’qish ko’nikmalarini faol o’zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, ularning ahamiyati natijalar bilan emas, balki jarayonning mazmuni va kechishi bilan belgilanadi; bu kabi o’yinlar bolalarni ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ulardagi turli psixologik zo’riqishlarni kamaytiradi. Didaktik o’yinlarning asosiy turlari intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o’yinlardan iborat. Bu o’yinlar ishtirokchilarda aqliy – jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Bularning orasida didaktik o’yinlar ta‘lim – tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini oshirib borishi bilan alohida o’ringa ega. O’yindan tushunchalar, mavzu va hatto o’quv predmeti bo’limini o’zlashtirishda o’qitish metodi va mustaqil texnologiya sifatida foydalaniladi.
O’yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.
O’yinlar turli maqsadlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarida qo’llaniladi.
O’yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatda bilim, malaka va ko’nikmalarni qo’llash, umumta’lim malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish, mehnat ko’nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo’ladi.
O’yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo’ladi.
Faoliyatni rivojlantiruvchi o’yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, chog’ishtirish, o’xshashini topish, faraz, xayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, optimal yechimni topa olish, o‘quv faoliyatini motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi.
Ijtimoiylashuv o’yinlari jamiyatning me’yorlari va qadriyatlariga jalb qilinish, muhit sharoitlariga ko‘nikish, ehtiroslarni nazorat qilish, o’z-o’zini boshqarish, muloqotga o’rgatish hamda psixoterapiyani nazarda tutadi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda pedagogik o’yin degan tushuncha mavjud.
Pedagogik jarayonni tashkil etishning bir qator metodlari va usullarihamda turli shakldagi pedagogik o’yinlar “o‘yinli pedagogik texnologiyalar”ni tashkil etadi.
Kimyoni o’qitish metodikasi fanning asosiy muammolaridan biri sanaladi. O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish deganda, o’quvchilarda yuqori darajadagi motiv, bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishga bo’lgan ongli ehtiyoj, natijaning yuqoriligi va ijtimoiy me’yorlarga mos xulqning paydo bo’lishi tushuniladi. Mazkur tipdagi faollik har doim ham vujudga kelavermaydi, faqat o’qituvchining maqsadga muvofiq pedagogik ta’sir ko’rsatishi va qulay pedagogik-psixologik muhitni tashkil etish mahorati tufayligina vujudga keladi. Kimyoni o’qitishda maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatish va qulay ijtimoiy-psixologik muhitni vujudga keltirishi o’qituvchi tomonidan qo’llanilgan pedagogik texnologiyalarga bog’liq bo’ladi. Didaktikada ishlab chiqilgan har qanday texnologiya o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, lekin quyidagi texnologiyalarda mazkur masala asosiy g’oyani egallaydi:
1. Didaktik o’yin texnologiyalari.
2. Muammoli ta’lim texnologiyalari.
3. Modulli ta’lim texnologiyalari.
4. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi.
5. Loyihalash texnologiyasi.
O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishga imkon beradigan texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan birgalikda, ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi, ijodiy faoliyatga yo’llovchi, kommunikativ, mantiqiy fikrlash, aqliy faoliyat usullarini shakllantirish, o‘z faoliyatini tahlil qilish, kasbga yo‘llash, mo‘ljalni to‘g‘ri olishga o’rgatish, hamkorlikni vujudga keltirish kabi funksiyalarni bajaradi. Biroq pedagogik texnologiyalarning funksiyalarini taqqoslaganda bu funksiyalar bir xil darajada o‘rin egallamasligi ma’lum bo’ldi.
Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra sub’ektiv xususiyatga ega, ya’ni, har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o‘z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim. qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’i nazar pedagogik texnologiyalar:
- pedagogik faoliyat (ta’lim¬-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi;
- o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
- o‘quvchilar tomonidan fanlar bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi;
- o‘quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi;
- o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi;
- pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustuvorligiga erishishni kafolatlashi zarur.
Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. aksincha, tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalardan maqsadga muvofiq foydalanish bilan birga, ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.

Download 196,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish