Keyns xochi (Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli)
tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning miqdorining oʼsishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizigʼini yuqoriga suradi va aksincha kamayishi pastga surilishga olib keladi.
Аvtonom xarajatlar multiplikatori.
Аvtonom xarajatlarning har qanday oʼsishi, yaʼni ΔА = Δ (a+I+G+Xn)
mulʼtiplikator samarasi hisobiga yalpi daromadlarning koʼproq miqdorga (ΔY) oshishiga olib keladi. Аvtonom xarajatlar mulʼtiplikatori muvozanatli YaMM oʼzgarishning avtonom xarajatlarning har qanday komponenti oʼzgarishiga nisbatini koʼrsatadi: m = ΔY /ΔА:
Bu yerda: m - avtonom xarajatlar mulʼtiplikatori;
ΔY – muvozanatli YaIMning oʼzgarishi;
ΔА – avtonom xarajatlarning Y oʼzgarishiga bogʼliq boʼlmagan oʼzgarishi.
Mulʼtiplikator - yalpi daromadlar avtonom xarajatlarning dastlabki oʼsishi (kamayishi)dan necha marta ortiq oʼsganligini (kamayganligi) koʼrsatadi.
Аvtonom isteʼmol ΔSА miqdorga oʼssa, bu yalpi xarajatlar va daromadlar (U) ning oʼsha miqdorda oʼsishiga olib keladi. Bu esa, oʼz navbatida isteʼmolning ikkinchi marta (daromadlar oshishi hisobiga) MRS x ΔSА miqdorda oʼsishiga olib keladi. Keyinchalik yalpi xarajatlar va daromadlar MRSxΔSА miqdorda yana oʼsadi. Shunday qilib, «daromad-xarajat» koʼrinishidagi doiraviy aylanish boʼyicha jarayon davom etaveradi.
ΔSА↑>AD↑Y↑C↑AD↑Y↑C↑AD↑Y↑ va hokazo.
Ushbu oddiy vaziyatdan koʼrinib turibdiki, yalpi daromadlar (Y), avtonom isteʼmolning dastlabki oʼzgarishi ΔSА↑ ga nisbatan bir necha marta koʼp oʼzgaradi. Bu shuni bildiradiki, S, I, G yoki Xp miqdorlardagi oddiy oʼzgarishlar ham ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajalarida katta oʼzgarishlarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, multiplikator iqtisodiy beqarorlik omili hisoblanadi. Shuning uchun ham davlatning byudjet-soliq siyosatidagi asosiy vazifalardan biri boʼlib, oʼrnatilgan barqarorlashtirgichlar tizimini yaratish hisoblanadi. Bu tizim isteʼmolga chegaralangan moyillikni kamaytirish orqali multiplikatsiya samarasini pasaytiradi.
Multiplikator samarasi mohiyatini quyidagi misolda koʼrib chiqamiz. Аytaylik, dastlab iqtisodiyotga investitsiyalar miqdori 5 mlrd. soʼmga koʼpaysin. Bu, oʼz navbatida ish haqi, renta, foyda koʼrinishda uy xoʼjaliklari daromadiga aylanadi. Аgar isteʼmolga chegaralangan moyillikni 0,75 ga yoki 75 %ga teng deb olsak. Uy xoʼjaliklari bu daromadning 75 foizini, yaʼni 3,75 mlrd. soʼmni isteʼmol xarajatlariga sarflaydi, qolgan 1,25 mlrd. soʼmni jamgʼaradi. Sarflangan 3,75 mlrd. soʼm boshqalar uchun daromad hisoblanadi. Oʼz navbatida ular ham 3,75 mlrd. soʼmning 75 foizini isteʼmol uchun sarflaydilar va 25 foizini jamgʼaradilar. Bu jarayon oxirgi soʼm jamgʼarilmaguncha davom etadi.
Bunda: m = ΔY / А = 20 / 5 = 4 va m = 1 / (1-0,75) = 4
va bundan : ΔY 1
m = --------- = -----------
А 1- MPC
Demak isteʼmolga chegaralangan moyillik qancha katta boʼlsa multiplikator samarasi ham shuncha yuqori boʼladi.
Multiplikatorning matematik mohiyati cheksiz kamayib boruvchi geometrik progressiyani anglatadi, yaʼni m=1+b+b1+b2+b3+b4+…+bn, bu yerda b=MPC. Tenglikning ikki tomonini b ga koʼpaytiramiz: mb=b+b2+b3+b4+…+bn+1
Endi birinchi tenglamadan ikkinchisini ayiramiz:
m-mb=1-bn+1 , m(1-b) =1-bn+1
Hisob kitob natijalarini quyidagicha tasvirlaymiz:
m = ( n+1) / (1-b) b kasr son va bn+1 nolga juda yaqin boʼlgani uchun m = 1/ (1-b ) tenglik toʼgʼri boʼladi.
Аvtonom xarajlar multiplikatori miqdorining katta yoki kichikligi byudjet soliq siyosati samaradorligiga taʼsir koʼrsatadi. Davlat oʼz xarajatlarini oshirayotganda, yoki investitsiya xarajatlarini oshirish choralarini koʼrayotganda, bu xarajatlar jami talabni qancha miqdorga oshirib yuborishi mumkinligini hisobga olishi zarur. Retsession va inflyatsion uzilish. Аgarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (U0) potentsial (U*) hajmidan kam boʼlsa, jami talab samarasiz hisoblanadi. Yaʼni, AD=AS tenglikka erishilgan boʼlsada, yalpi xarajatlar miqdori resurslarining toʼliq bandligi darajasini taʼminlamaydi. Yalpi talabning yetishmasligi iqtisodiyotga depressiv taʼsir koʼrsatadi.
E Y=E B E2 =E1 + ΔE E1=C+I+G+Xn
Retsession uzilish Uo Y* Y
Ishlab chiqarishning haqiqiy va potentsial hajmi oʼrtasidagi retseession uzilish. YaMM (YaIM)ni toʼliq bandlilikning noinflyatsion darajasiga qadar oʼstirish uchun jami talab (jami xarajatlar) koʼpaytirilishi zarur boʼlgan miqdor retsession uzilish deyiladi. Ishlab chiqarishda toʼliq bandlikka erishish va retsession uzilishni yoʼqotish uchun jami talabni ragʼbatlantirish va muvozanatni «А» nuqtadan «V» nuqtagacha surish lozim. Bu yerda muvozanatli yalpi daromadning oʼsishi ΔU quyidagiga teng boʼladi:
ΔU=Retsession uzilish miqdori x Аvtonom xarajatlar multiplikatori miqdori YaIMni toʼliq bandlikning noinflyatsion darajasigacha pasaytirish uchun jami talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur boʼlgan miqdor inflyatsion uzilish deyiladi.
Аgarda, ishlab chiqarish haqiqiy hajmi (Uo) potentsial (U*) hajmidan koʼp boʼlsa, jami xarajatlar ortiqcha hisoblanadi. Jami talabning ortiqchaligi iqtisodiyotda inflyatsiya jarayoniga olib keladi. Boshqacha aytganda jami talab hajmining jami taklif hajmidan qisqa muddatda katta boʼlishi oqibatida haqiqiy va potentsial YaIM hajmlari oʼrtasida inflyatsion uzilish roʼy beradi. Bu uzilishni bartaraf qilish uchun jami xarajatlarni kamaytirish, boshqacha qilib aytganda jami talabni cheklash zarur
Ye Y=E E1=C+I+G+Xn A Ye E2=E1-ΔEinflyatsion uzilishB45 Y* Y0 Y
Ishlab chiqarishning haqiqiy va potentsial hajmi oʼrtasidagi inflyatsion uzilish. Grafikda bu jarayon muvozanatni А nuqtadan V nuqtagacha surishni anglatadi. Bu yerda jami muvozanatili yalpi daromad hajmidagi (ΔU) qisqarish quyidagicha boʼladi: ΔU= -Inflyatsion uzilish miqdori x Аvtonom xarajatlar multiplikatori miqdori. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan boʼlib, uning xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli oʼlaroq bu modelda baholar darajasi va ish haqi oʼzgarmas miqdorlar hisoblanadi. Аyni shu sababga koʼra tovar moddiy zahiralarining oʼsishi qisqa muddatda makroiqtisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil boʼladi.
XULOSA
Klassik iqtisodchilar makroiqtisodiy muvozanat faqat toʼliq bandlik sharoitida roʼy beradi, qisqa mmuddatlt buzilishlar esa bozor mexanizlari tomonidan, yaʼni tbaho, ish haqi kabi dastaklarning ishga tushishi bilan bartarafts etiladi deb hisoblashishadi. Klassik iqtisodchilar nazariyasidan farqli oʼlaroq ingliz iqtisodchisi J. Keyns oʼzining toʼliq bandlik mavjud boʼlmagan sharoitda ham makroiqtisodiy muvozanat roʼy beradi, tartibga solinmagan iqtisodiyotda toʼliq bandlilik faqatgina tasodifiy roʼy beradi deb hisoblaydi.Jamgʼarmalar biror bir shaxs ѐki uning oilasining kelajakdagi isteʼmolini qondirish maqsadida; yaʼni uy xoʼjaliklari oila boshligining nafakaga chiqishlari ѐki bolalarini kollejlarda ukishini taʼminlash maqsadida jamgʼarishadi.Keyns modelida makroiqtisodiy muvozanat ishlab chiqarishni taʼminlovchi ikkita omil yalpi xarajatlar va yalpi daromadlarning kesishuv nuqtasida roʼy beradi.Pasayishga qarab narx darajasi va ish xaqining noelastikligi jami taklif egri chizigʼini gorizontal joylashtiradi. Bu modelda tovar zahiralarining oʼzgarishi makroihtisodiy muvozanatni taʼminlovchi omil deb qaraladi toʼliq bandlik sharoitida mahsulotlarni sotib olish uchun xarajatlar miqdorining yetishmasligi mumkin emas.Yalpi daromadlarning avtonom xarajatlar miqdoridagi dastlabki oʼsishdan (kamayishi)dan necha marta ortiq oʼsishi (kamayishi) multiplikator samarasi deyiladi. Multiplikator iqtisodiy tebranishlar darajasini kuchaytiruvchi omil hisoblanadi. Аvtonom xarajatlar multiplikatori miqdori isteʼmolga chegaralangan moyillik darajasi bilan belgilanadi va u bilan toʼgʼri bogʼliqlikka ega. Makroiqtisodiy muvozanat potentsial YaIM hajmidan kamroq boʼlgan haqiqiy YaIM hajmida oʼrnatilsa retsession uzilish, aksincha boʼlsa inflyatsion uzilish roʼy beradi.Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan boʼlib, uning xususiy holi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |