I bob keynsning iqtisodiymuvozanat nazariyasi


Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari



Download 45,31 Kb.
bet6/8
Sana23.02.2023
Hajmi45,31 Kb.
#914026
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KEYNSNING MAKROIQTISODIY MUVOZNAT MODELI

2.2.Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari.
1936 yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga yangi, ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U oʼzining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi» asarida yangicha iqtisodiy muvozanat nazariyasini izohlab berdi.
Keyns makroiqtisodiy muvozanatga toʼliq boʼlmagan bandlik sharoitida ham erishish mumkinligini, toʼla ish bilan bandlik qonuniy holat emasligini, balki tartibga solinmagan iqtisodiyotda tasodifiy roʼy berishigina mumkinligini isbotlab berdi. Shuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu kabi vaziyatlargagina bogʼliq emasligini, balki u tinchlik yillarida ham ichki omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflyatsiyaning kelib chiqishi investitsiya va jamgʼarmalarga bevosita bogʼliq. Narxlarning oshishi va ish haqining pasayishi boshqa salbiy omillar bilan birga iqtisodiyotning beqarorligiga olib keladi.
Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamgʼarmalarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli roʼy beradi.
Bunga sabab birinchidan, jamgʼarish va investitsiyalash toʼgʼrisidagi qarorlarni har xil guruhlardagi odamlar turli maqsadlarda qabul qilishi boʼlsa. ikkinchidan, jamgʼaruvchilar va investorlarni jamgʼarish va investitsiyalashga turlicha sabablar undaydi. Keynschilar fikricha, jamgʼarma va investitsiyalar bitta omilga bogʼliq boʼlmagan holda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar qiymati oʼzining ish haqi miqdoridan ortiq boʼlgan mahsulotlarni sotib olish uchun, masalan avtomobil yoki televizor xarid qilish uchun jamgʼarishadi. Jamgʼarmalar biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi isteʼmolini qondirish maqsadida, yaʼni, uy xoʼjaliklari oila boshligʼining nafaqaga chiqqandan keyingi hayotini yoki bolalari kelajagini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi. Bundan tashqari jamgʼarmalar tasodifiy vaziyatlarda foydalanish maqsadida ham amalga oshiriladi.
Tizim deganda uning tarkibida noiqtisodiy munosabatlarni, xususan, mafkuraviy munosabatlarni ham hisobga olish zarurki, ular siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy va boshqa shakllarga ega boʼladi. Аmmo ularning har birida iqtisodiyotning muhri bor. Turli tizimning oʼz iqtisodiyotiga mos ravishda oʼz dunyoqarashi mavjud boʼladi.
Gʼoyasiz odam boʼlmaydi, u maʼlum gʼoyaga rioya qilib ish tutadi. Demak, mafkurasiz tizim boʼlmaydi. Bir tizimda mustabidlik va zoʼrlik gʼoyasi boʼlsa, boshqasida erkinlik va demokratiya, yana boshqasida davlatga tobelik va itoatkorlik gʼoyasi ustuvor boʼladi. Mashhur ingliz iqtisodchisi M. Keyns aytganidek, dunyoni iqtisodchilar va siyosatchilar gʼoyasi boshqarib turadi. Gʼoya eʼtiqodning oʼzi bilan cheklanmay, maʼlum xatti-harakatlarni keltirib chiqaradi. Iqtisodiy siyosat ham tizimga kiradi. Bu iqtisodiy sohadagi yoʼl-yoʼriq va chora-tadbirlar majmuasi boʼlib, maʼlum maqsadni koʼzlaydi. Ular iqtisodiyotga taʼsir etish vositasi hisoblanadi. Iqtisodiy siyosatni davlat yoki ayrim mulk sohiblari yuritadilar. Bundan umumdavlat manfaati, individual yoki guruhiy manfaat koʼzlanadi. Demak, tizimlarning qiyofasini bir qator belgilar shakllantiradiki, bular moddiy-ashyoviy, shaxsiy-insoniy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-gʼoyaviy belgilardir. Bulardan eng asosiysi ijtimoiy-iqtisodiy belgilardir. Аmmo boshqa belgilarni ham nazardan qochirib boʼlmaydi, chunki ular ham iqtisodiy rivojlanishga taʼsir etadi. Shu sababli tizimlar asosida iqtisodiyot yotsa-da, ularni sof iqtisodiy holda emas, balki boshqa belgilar bilan ham tavsiflash zarur.
Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga kutilayotgan sof foyda normasi hamdir.
Klassiklar nazariyasi boʼyicha jamgʼarma va investitsiyalar miqdorini aniqlaydigan asosiy omil foiz stavkasi hisoblanadi. Аgarda, u oshsa, uy xoʼjaliklari kamroq isteʼmol qilib, koʼproq jamgʼarishga harakat qilishadi. Uy xoʼjaliklarida jamgʼarmalarning koʼpayishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa oʼz vaqtida investitsiyaning oʼsishini taʼminlaydi.
Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki aholining ixtiyoridagi daromadi isteʼmol va jamgʼarish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy asoslarga tayangan holda Keyns oʼzining makroiqtisodiy muvozant modelini ishlab chiqdi.Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini koʼrib chiqish jarayonini soddalashtirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar (Y) oʼzgarishiga bogʼliq emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport toʼligʼicha avtonom xarajatlar miqdoriga qoʼshiladi, yaʼni avtonom xarajatlar (a + I + G +Xp) yigʼindiga teng deb olinadi.
«Keyns xochi». Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi Rejalashtirilgan xarajatlar chizigʼi haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar bir-biriga teng boʼlgan (Y=E) chiziqni qaysidir a nuqtada kesib oʼtadi. Quyida keltirilgan tovarlar va xizmatlar bozorida qisqa muddatli muvozanatga erishish mexanizmi tasvirlangan boʼlib, u “Keyns xochi” nomini olgan. Y=E chiziqda haqiqiy investitsiyalar va jamgʼarmalar tengligi saqlanadi. a nuqtada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng boʼladi. Shuningdek, bu yerda rejalashtirilgan hamda haqiqiy investitsiyalarning oʼzaro tengligiga erishiladi. Yaʼni, makroiqtisodiy muvozanat taʼminlanadi.
Аgarda, ishlabchiqarishninghaqiqiyhajmi (Y1) uningmuvozanatdarajasi(Y0)dankoʼpboʼlsa, isteʼmolchilarmahsulotlarniishlabchiqaruvchilartaklifqilganganisbatankamsotiboladi (АDAS) koʼramiz. Talabning oshishi esa firmalar zahirasining kamayishi hisobiga qondiriladi. Natijada, YaMM asta sekin Y2 dan Y0 ga qarab oʼsadi va yana АD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda Ye=Y va I=S ayniyatlarga erishilganligini anglatadi.
Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining har birining (isteʼmol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) oʼzgarishi natijasida
E ( rejalashtirilgan xarajatlar)
Y1 E=C+I+G+Xn
E1 Zahiralarning
E0 jamgʼarilishi
Zahiralarning E2 kamayishi
Y2
Y0 Y1
Y (daromad, real xarajatlar)

Download 45,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish