Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar. Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin boʼlgan yoʼqotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini koʼp hollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning oʼzgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir.
Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar miqdorini oʼz ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy zaxiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan oʼzgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamgʼarma va investitsiyalar miqdorining oʼzaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiqtisodiy muvozanatni taʼminlaydi.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xoʼjaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyoning mahsulot va xizmatlarni sotib olishga moʼljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdagi kutilmagan oʼzgarishlar tovar moddiy zaxirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib kelsa, haqiqiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funktsiyasi :E=S+ I +G+Xp koʼrinishiga ega. Dekmak uning grafigi isteʼmol funktsiyasi (S=a+ v (U-T) ) grafigiga nisbatan I+G+Xp miqdorda yuqoriga surilgan boʼladi. Keltirilgan Xp -sof eksport boʼlib, uning funktsiyasi esa quyidagi koʼrinishga ega:
Xp = g - mY
Bu yerda :g – avtonom sof eksport;
m - importga chegaralangan moyillik; Y – daromad.
Importga chegaralangan moyillikimport xarajatlaridagi oʼzgarish miqdorini bunga sabab boʼlgangʼ daromadlardagi oʼzgarish miqdoriga boʼlib topiladi.
m = ΔM / ΔY;
Bu yerda: ΔM - importga xarajatlarning oʼzgarishi;
ΔY - daromadlarning oʼzgarishi.
Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. Chunki, bunda isteʼmolchilar va investorlar ham milliy ham import mahsulotlarga boʼlgan xarajatlari miqdorini oshiradilar. Аyni paytda mamlakatning eksporti hajmi shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) miqdoriga bevosita bogʼliq boʼlmaydi, balki tovar olib chiqib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari oʼzgarishiga bogʼliq boʼladi. Shuning uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) oʼzgarishi bilan sof eksport (Xp) oʼrtasidagi bogʼliqlik salbiydir va sof eksport funktsiyasida minus ishorasi bilan belgilanadi.