I bob. Jahon adabiyotida e. Xemingueyning o ‘rni va uning o‘zbek adabiyotida o‘rganilish



Download 70,31 Kb.
bet7/11
Sana02.03.2022
Hajmi70,31 Kb.
#478704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BMI Marufjon

--Endi nima bo‘ladi?—dedim ko‘rpani kaftim bilan siypalay turib.
--Bilmadim,lekin,menimcha, bu uzoqqa cho’zilmaydi.
--Nima bo’ladi?
1 Alvido qurol. Yangi asr avlodi.2019.335-bet.
--Urushmay qo’yishadi.”1
Bu jumlalardan shu narsa ayon bo’lmoqda: urush 1917-yilga borib hammaning tinkasini quritgan. Nafaqat askarlar,hattoki katta armiyalar ham xoldan toygan holatda edilar. Shu bilan birga ular endi urushning eng katta jinoyat ekanligini tushunib yetmoqda edilar. Ammo kech tushunib yetganliklari tufayli,o’rtada o’n million odam halok bo’lgan edi.Endi buni orqaga qaytarib bo’lmas edi. Xuddi shu kashish aytgan gaplar rostdan ham sodir bo’lgan. Avstriya-Vengriya va Italiya armiyalari bir-birlari tomon o’q otmay qoyishgan.Ular frontda do’stlarga aylanishgan.
Genri urushni tark etdi. U o’ziga daxli bo’lmagan urushda ishtirok etishni endi boshqa istamas edi. Ammo,ko’plab qirg’inbarotlarni ko’rgan inson endi ularda jismonan qutilgan taqdirda ham ruhiy jixatdan qutila olmas edi. Buni Genri urushni o’ylamaslikka harakat qilishidan va urush haqida hech kim bilan suhbat qurgisi kelmasligidan yaqqol sezish mumkin.

Gazeta olgan edim.Lekin unga qaragim kelmasdi.Urush haqidagi xabarlarni o’qigim yo’q edi.Men urushni unutishga qaror qildim. o’z holimga o’zim sulh tuzdim. O’zimni juda ham yolg’iz sezdim,shuning uchun poyezd Strezaga kelganda yengil nafas oldim”1


Biz yuqorida urush o’n milliondan ziyod insonni xayotdan olib ketgan dedik.Shu bilan birga bu urush yana bir necha yuz million tinch aholini hayotga bo’lgan ishtiyoqi,umidlari so’nishiga sabab bo’lgan desak yanglishmaymiz. Genri urushning o’zini tugul xattoki,uning nomini ham eshitishni xoxlamaydi. Shu
sababli ham E.Xeminguey bu asarni yozgan deb o’ylayman.Bu asar tom ma’noda 1

Alvido qurol. Yangi asr avlodi.2019.284-bet.


2 O‘sha asar. 353-bet

E.Xemingueyning tarjimayi xoli va ko’rgan-kechirganlari asosida yozilgan. U


ham urushga ko’ngilli sifatida qatnashgan va yaralangan. Uni bu daxshatli urush domidan tortib olgan narsa esa muhabbat edi.Urushni unda bo’lgan inson qanchalik unutishni xoxlamasin,ammo buni uddalashning iloji yo’q. Bir necha soatga yoki bir necha kunga chalg’ish mumkindir,ammo undan batamom qutilib bo’lmaydi.
Urush qayerdadir juda uzoqlarda qoldi.Ehtimol,hech qanday urush bo’lmagandir..Bu yerda urush yo’q. To’sindan u men uchun tamom bo’lganligini angladim.Lekin menda u chindan ham tamom bo’lganligiga komil ishonch hissi yo’q edi. Darsdan qochgan bola maktabda hozir nima bo’layotganini o’ylaganiday,men ham qochib kelgan yerlarimni o’ylar edim.”1
Bu tuyg’ular urushda qatnashgan,uning daxshatlarini ko’rgan odamlarni bir umrga tark etmaganini komil ishonch bilan aytishimiz mumkin. Shu sababli ham balki ularni yo’qotilgan avlod deb ta’riflashar. Asar qaxramonlar bu dunyoda endi tinch kunlar kelishiga ishonishmaydi. Ular urushlarni abadiy davom etadi deb hisoblashadi va bu fikrlari qaysidir ma’noda to’g’ri ekanligi ham bor gap.Bu urushlar abadiy davom etib kelmoqda
Asar fojia bilan yakun topadi ya’ni Genri bitr yo’la ham jonidan ortiq sevgani Ketrindan ham undan qolishi mumkin bo’lgan yagona yodgordan ayriladi. Shu yerda bir narsa odamning e’tiborini tortadi. Genri bolakayga umumn achinmaydi,faqat Ketringa achinadi. Bu holatga turlicha fikr bildirish mumkin.Balki, urush unuing achinish hissini o’ldirib qo’ygandir,balki u uchun farzand hech narsani xal qilmas,yoki bo’lmasam kelajagi yana urushga tortilib,navqiron umrini urushda sovuradigan avlod unga kerak bo’lmagandir,muallif buni kitobxonning o’ziga havola etadi.
E.Xeminguey asar fojia bilan tugashi haqida asar so’zboshisida shunday yozadi:
1 Alvido qurol. Yangi asr avlodi.2019.355-bet.

Kitob fojia bilan tugayotgani meni ranjitmasdi,chunki men umuman hayot­­-fojeadan iborat,uning hamma ko’chalari bir joyga olib boradi, deb bilardim. Biroq, yoza olishingdan, yozganda hamhaqqoniy qilib,keyin o’zing o’qiganda ham lazzatlanadigan qilib yoza olishingdan quvonchlitoq narsa yo’q bo’lsa kerak.”1


Buyuk yozuvchi E.Xeminguey bu asari bilan millionlab insonlar qalbiga yo’l topa olgan va dunyo kitobxonlari uning asarlarini hozirgi kungacha qadrlashadi

1 Alvido qurol. Yangi asr avlodi.2019 100-bet


III.BOB. TA’LIM TIZIMIDA E.XEMINGUEY ASARLARINI O‘RGANISH.
III.1. E.Xeminguey asarlarini o‘qitishga doir ta’lim texnologiyalari.
Bilamizki, so’nggi yillarda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri shundaki, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari chiqarishlariga o’rgatadi. Ta’lim tizimida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini bir-biridan ajratish mumkin emas, chunki yangi pedagogik texnologiyalarning keng joriy etilishi ta’lim paradigmasini o’zgartiradi va faqat zamonaviy axborot texnologiyalarigina yangi pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartini ishlab chiqish va joriy etish to’g’risida"gi qaroriga asosan mamlakatimizda ta’lim jarayonini qayta ko’rib chiqish va isloh qilish borasida ko’pgina samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan barcha fanlar, shu qatori "Adabiyot" fani bo’yicha ham yangi dasturlar tuzilib ularga muvofiq yangi va jahon standartlariga javob beradigan darsliklar yaratlib kelinmoqda. "Adabiyot" fanini o’qitishda o’quvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan umumiy darsliklar bilan bir qatorda Yangi internet ma’lumotlari va qo‘shimcha adabiyotlarining o’rni beqiyosdir. O’quvchiga,yangi internet ma’lumotlari va badiiy adabiyotlar ularning dunyoqarashi va tafakkurini har tomonlama shakllantirishga yordam beradi. Bu esa "Adabiyot" faninning oldida turgan bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biridir. O’quvchiga yangi "E.Xeminguey va uning asarlari" mavzusini tushuntirish jarayonida hamda o’quvchi mavzuning mohiyatini to’liq tushunib yetishida zamonaviy pedagogik texnologiyalarining o’rni beqiyosdir. Yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga ko’ra zamonaviy dars o’quv muassasa quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim:
ta’limning tarbiyaviy maqsadlarga bo’ysundirilganligi;
o’quvchini komil shaxs sifatida shakllantirishga yo’naltirilganligi;
ilmiyligi va izchilligi;
tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini ta’minlashga qaratilganligi;
insonparvarlik yo’nalishiga egaligi;
tizimliligi;
bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirishga qaratilganligi;
amaliy ahamiyatga ega ekanligi va h.k.
O’rta maxsus bilim yurtlarida "Adabiyot" fanidan Dunyo adabiyoti vakillarini o’qitish metodlari jadal sur’atlar bilan rivojlantirilib borilayotgan bir vaqtda, o’quvchilarga darsni ham,mavjud darslik ham qo‘shimcha badiiy adabiyotlar ham zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda olib borishni tashkil qilish shakllarini ishlab chiqish bugungi kun uchun dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda har bir pedagog o’qitishning muayyan metodlaridan foydalanadi. Metod deganda ta’limda maqsadga erishish masalalarini hal etish yo’llari tushuniladi. Zero, o’rganilayotgan mavzu haqida ma’lumot beruvchi birlamchi hamda birinchi darajali qonun va qonun osti hujjatlari, badiiy adabiyotlar asosida ishlash salohiyatini shakllantirgan holda o’quvchi tafakkurida mamlakat taraqqiyoti va ertangi kuni uchun muhim bo’lgan "Adabiyot" fanining to’laqonli salohiyatini yaratish mumkin. Bu esa o’qituvchidan har tomonlama mukammal bilim bilan birgalikda o’ziga xos qobiliyat maxsus fan va pedogogik malakani talab etadi. O’qituvchi o’quv jarayoniga kirib borar ekan undagi pedagogik va psixolgik bilimlar miqdori, dars berish metodikasi va texnologiyasini egallaganlik darajasi uning ilmiy ba’zasidan ham birinchi o’rinda turishini inobatga olish lozim. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan bir davrda buyuk kelajak sari qadam tashlanar ekan, yoshlarni yagona milliy g’oya, milliy mafkura atrofida birlashtirish, tarbiyalash zarurati tug’ildi. Zero, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, "...xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo’lga kiritgach, o’z taqdirining chinakam egasi, o’z tarixining ijodkori, o’ziga xos milliy madaniyatning sohibiga aylandi" - ayni vaqtda tarixiy-madaniy merosni tiklash - "milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon" dir. Bu vazifalarni ado etishda esa turli ta’lim muassasalarining o’rni beqiyosdir. Mustaqillik yillarida o’zbek xalqining millatparvar, xalqparvar, ma’rifatparvar vakillarining ezgu niyatlari amalga oshmoqda. Mamlakat hayotidagi bunday real o’zgarishlar o’z navbatida xalqning an’anaviy moddiy va ma’naviy madaniyatini bugungi kun nuqtai-nazaridan qarab, chuqur va ilmiy asosda izchil o’rganishni taqozo etmoqda. Mustaqil davlat sifatida huquqiy - demokratik jamiyat qurilar ekan avvalambor yosh kadrlarni har tomonlama rivojlantirish, ularda Vatanga, ona yurtga sadoqat, milliy istiqlol g’oyasi hamda xalq tarixiga hurmat g’oyalarini shakllantirish, o’quvchilar tarbiyasida milliy mafkuraning rolini asos sifatida rivojlantirish zarurdir. "Adabiyot" fani juda qiziqarli va o’ta muhim fanlardan biri hisoblansada, uni qo‘shimcha badiiy adabiyotlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shuning uchun ham dars jarayonida badiiy adabiyotlardan foydalangan holda o’qitish bilan bir qatorda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etib olib borilgan "Adabiyot" fani o’zining ko’p qirraliligi va bir-birini takrorlamaydigan o’ziga xos jihatlari bilan an’anaviy darslardan ajralib turadi. Bunda esa yuqorida ta’kidlab o’tilganidek o’qituvchining pedagogik mahorati, o’ziga xos uslubi va fan metodikasi asosiy o’rin egallaydi. Ta’lim mazmunining sifatini takomillashtirish pedagogikadagi bugungi kunda yangi pedagogik innovatsiya yo’nalishisiz mumkin emas. O’rta maxsus ta’lim tizimida innovatsion jarayonlar innovatsion xususiyati yangiliklar kiritish, o’qituvchilarning kasbiy imkoniyatlari bilan belgilanadi. O’qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanar ekan, albatta bunda birinchi navbatda fan, mavzu, o’quvchilar yoshi, kasbiy yo’nalitirilganligi va shu kabi bir necha jihatlarga ahamiyat berishi lozim. " Adabiyot " faniga yo’naltirilgan o’rta maxsus ta’lim muassasalarida darsni olib borish metodi boshqa ta’lim muassasalarnikidan tubdan farq qiladi. Ya’ni o’quvchilarga " Adabiyot" fani nafaqat yaxlit bir predmet balki, alohida bir kurs sifatida ham o’qitiladi. " Adabiyot" fanidan " E.Xeminguey hayoti va ijodi " mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan olib borish bugungi kunda o’zini oqlagan metodlardan biri bo’lib hisoblanadi. Zero zamonaviy o’yinli texnologiyalar nafaqat natijaga erishish, balki xohishga ko’ra faoliyat jarayonining o’zidan zavqlanish uchun qo’llaniladi.
Muammoni hal etish texnalogiyasi. Muammoni hal qilish uslubi yoki muammoga qaratilgan uslubi – muammoni aniqlash va uni hal qilishning eng maqbul yo’llarini topishga o’quvchining tayyorgarligi tekshirib ko’rish uchun qo’llaniladi. O’quvchi bunda birinchi bo’lib muammoni aniqlab oladi. So’ngra muammoni yechish uchun axborotlarni izlaydi. Izlanish chog’ida o’quvchi kerakli jurnallar, monografiyalar, darsliklar, qo’llanmalardan va internet tizimidan foydalanishi mumkin. Olingan axborotlarningi ishonchliligini baholash, uni mahalliy sharoitlarda tatbiq etsa bo’lishini idrok etishi lozim. O’quvchi olingan ma’lumotlardan xulosa chiqarishi va ularni amalda tatbiq etish ko’nikmalariga ega bo’ladi.
Milliy mustaqillikka erishgan kundan e’tiboran mamlakatimizda ulkan o’zgarishlar amalga oshirila boshladi. Albatta, bu qonuniy xol bo’lib, ijtimoiy hayotimiz milliy istiqlol g’oyasi asosida yangilanishi zarur edi.
Ayniqsa, ta’lim tizimini isloh qilishida O’zbekiston Respublikasini «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" muhim axamiyatga ega bo’ladi. Mazkur hujjatlarda ta’lim tizimini bosqichma-bosqich yangilash, xalqaro talablar asosida yangi turdagi ta’lim muassasalarini yaratish dolzarb vazifadan qilib belgilandi. «Biz nafaqat siyosiy jabxani, balki iqtisodiyotni ham, ijtimoiy hayotni ham, ma’naviy-ahloqiy sohani ham isloh qilishimiz zarur.
Bu g’oyat keng ko’lamda islohotlar bo’lib, biz ularni kompleks tarzda hal qilish orqaligina o’z maqsadlarimizga erisha olamiz. O’z-o’zidan ma’lumki, bu harakatlar bilan ta’lim tizimidagi pedagogik jarayonlar mutlaqo yangidan mazmunan o’zgartiriladi. Yangicha ta’lim tizimini qurish, pedagogik jarayonlarga yangi pedagogik texnologiyalarni kiritish, o’quvchi-yoshlarni, talabalarni mustaqil, ijodiy ishlashga, erkin fikrlashga o’rgatish, pedagogik jarayonlarda noan’anaviy, qiziqarli, faol, yangi-innovatsion usullarni qo’llashni hozirgi kunimiz taqozo qilmoqda. Shunday ekan, pedagogik jarayonlarda bu usullardan qanday foydalanish kerak Noana’naviy, qiziqarli, faol, innovatsion usullarning qanday turlari mavjud — degan savol tug’iladi.
Ta’lim jarayonida noana’naviy, qiziqarli, faol, innovatsion (yangi) usullardan foydalanish samarali tizim hisoblanadi. Unga ko’ra, o’qitish jarayonlarida noan’anaviy ta’lim usullaridan — «Konferentsiya darsi», «Seminar darsi», «Aralash darslar», "O’yinchoqlar yordamida dars o’tish", «Kasbga bog’lab dars o’tish», «Badiiy adabiyotlarni o’rganish va taxlil qilish», «Evrika» (o’ylab top), ta’limning qiziqarli, faol usullaridan — «Kichik va katta guruhlarda ishlash», «Rolli o’yinlar», «Sahna ko’rinishi», «Pantomima», «Krassvordlar yechish», «Zakovat savollari», «Test-sinov» topshiriqlari, «Turli tarqatma materiallardan foydalanib dars o’tish», «Sinkveyn o’yinlari», shuningdek, ta’limning innovatsion (yangi) usullari — «Modifikatsiyalashgan ta’lim», «Improvizatsiya», «Aqliy hujum», «Debat», «Tanqidiy tafakkurni rivojlantiruvchi usul», «Klaster usuli», «Muammoli vaziyat», «Muayyan xolat, vaziyatni o’rganish, taxlil qilish», har kim - har kimga o’rgatadi, «Multimediya» va boshqalarni qo’llash muhimdir. Quyida ushbu usullarning ayrimlari haqida ma’lumot berishni lozim topdik.
Darsning texnologik xaritasi qanday tuzilgan bo’lmasin, u o’qituvchining tajribasi, qo’ygan maqsadi va ixtiyoriga bog’liq, dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo’lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to’liq o’z ifodasini topgan bo’lishi kerak.
Ta’limning innovatsion usullari: «Modifikatsiyalashgan ta’lim» — shakli o’zgartirilgan ma’ruza bo’lib, bu usulni o’qitish va qo’llashda talabalar bilan muloqot tarzida olib boriladi. Afzalligi talabalar o’z ustida mustaqil, ijodiy ishlaydilar, dars jarayonida faol ishtirok etadilar. Dars talabalar hamkorldigida muloqot tarzida tashkil etiladi. Yangi mavzuni talabalar o’qituvchi bilan birgalikda taxlil qiladilar.
"Aqliy hujum" usuli. O’qituvchi talabalarga biron bir savol yoki topshiriq beradi, ular esa ushbu savol yoki topshiriqqa birin ketin, orqama-orqa, ketma ketlikda o’z fikr mulohazalarini bildiradilar. Afzalligi — yangi mavzuni yoki darsni boshlamasdan avval bu usulni qo’llanilsa, talabalarning darsga, yangi mavzuga tayyorgarligi, diqqati jalb qilinadi, har kim o’z fikrlarini erkin namoyon qila olish imkonitiga ega bo’ladi.
"Muammoli vaziyat" usuli. Bu usulni o’qitish jarayonida qo’llashda o’qituvchi talabalarga biron-bir hayotiy voqea, hodisalardagi muammoli holatlardan misollar keltiradi. Masalan, «bola onasining gapiga quloq solmay, bezori bolalarga qo’shilib o’ynaydi. Natijada ular bilan janjallashib, urishib, ko’zi ko’rmay qoldi. Bola bir umrga ojiz bo’lib qoldi. Bola hayotida muammo paydo bo’ldi».
Ushbu muammoli vaziyat yuzasidan talabalar o’z fikr mulohazalarini bildiradilar, muammoni atroflicha hal qiladilar. Usulning afzalligi talabalar muammo ustida bosh qotiradilar, o’z fikrlarini bildiradilar, hayotdan ijobiy tomonga saboq oladilar. Shuningdek, bu usulni qo’llash orqali ta’limning tarbiyaviy, hayot bilan bog’liqlik prinsiplarining uzviy (bog’liq)ligiga erishiladi.
"Muayyan holat va vaziyatni o’rganish, taxlil qilish" usuli. Bu usul yuqoridagi usulga mazmunan o’xshash bo’lib, uni qo’llashda hayotiy voqea, hodisalar, vaziyatlar yuzasidan misol keltiriladi. Talabalar ushbu hayotiy voqea, holat va vaziyat yuzasidan o’z fikrlarini bildiradilar, taxlil qiladilar. O’qituvchi esa, xulosalab, umumlashtirib qo’yadi. Bu usulning afzalligi — talabalar hayotiy voqea, holat va vaziyatlarga o’z munosabatlarini bildiradilar, bu vaziyatlarni erkin, mustaqil, ijodiy yondashgan holda taxlil qiladilar.
Ta’kidlash joizki, yuqorida zikr qilingan yangi innovatsion faol usullarni o’qitish jarayonida qo’llashda quyidagi talab va tavsiyalarga rioya qilish lozim. Bular:
ta’limning noan’anaviy, qiziqarli faol, innovatsion (yangi) usullari haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish, ularning mazmun-mohiyatini to’liq tushinib yetish va so’ngra o’qitish jarayonida qo’llash;
o’qitish jarayonida faol usullarni qo’llashning samarali uslubiyotini tanlay olish;
innovatsion, faol usullarni har bir fan xususiyatlaridan kelib chiqib qo’llash;
o’qitish jarayonida faol innovatsion usullardan foydalanishda ta’lim-tarbiya prinsiplarining uzviy (bog’liq)ligiga erishishi;
O’qitish jarayonida talabalarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish (bilimlilik darajasi, qiziqishi, individual yondashish va boshqalar);
Talabalarning o’qitish jarayonida faollikka chorlash usullarini to’g’ri tanlay ola bilish, o’z ustida mustaqil, ijodiy ishlashga, erkin fikr yuritishga o’rgatish muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 70,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish