"--Tolyimizga kelasizmi Ferji?--so‘radim bir kuni undan. -- Sizlarning to‘ylaringiz bo‘lmaydi. -- To‘y qilamiz. --Yo‘q uylanmaysiz. --Nega? To‘ygacha urushib qolasizlar. --Biz hech qachon urushib qolmaymiz. --Ulgurasiz hali. -- Biz hech qachon urushib qolmaymiz. -- Bo‘lmasa o‘lasiz. Yo urushib qolasiz, yo o‘lasiz. Doim shunday bo‘ladi. Hech kim uylanmaydi -- Men unga qo‘limni cho‘zdim.1 Bu parchadan shu narsa ko‘rinyaptiki Miss Ferguson dekadentlik ta‘siriga tushib qolgan. U ertangi yaxshi kunlar kelishiga ishonmaydi, ishona olmaydi.3 yildan beri
1 Alvido qurol. Yangi asr avlodi.2019.214-bet.
davom etayotgan urush( ( voqealar 1917-yilda sodir bo‘lmoqda) uni tamoman umidsizlantirib qo‘ygan Faqatgina uni emas balki butun Yevropani 1930- yillargacha bu kayfiyat tark etmagan. Umidsizlik insonni halokatga mahkum etuvchi omillardan biri. Odam dunyoga kelganidan boshlab umid bilan yashaydi va shu tuyg‘u bilan tirik. Umidsiz inson esa hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘la olmaydi.
Ketrin va Genri faqat gospitaldagi Genrining so‘nggi kunlarida urush ularniki emasligin tushunib yetishadi va bu yerlardan ketmoqchi bo‘lishadi.
"Men faqat o‘tib bo‘lmaydiganday bo‘lib ko‘ringan to‘siqlar endi hech narsaga arzimasligini bildim. --Menimcha buni eplash qiyin bo‘ladi. -- Sira ham jonim.Nari borsa hammasini tashlab ketaman.Lekin bunchalikka bormas deyman. --Qayoqqa boramiz? -- Baribir qayerni xoxlasang. Faqat tanishlar yo‘q joyni tanla. -- Rostdan ham qayerga borishimiz senga baribirmi? -- Ha ketsak bo‘lgani."1 Umrining uch yilini frontda o‘tkazgan odam qo‘rqoq emas. Agar Genri o‘limdan qo‘rqqanida hech qachon bu urushga kelmagan bo‘lar edi. U ko‘ngilli sifatida urushda qatnashayotgan edi. Biroq,endi unga baribir emas edi. Endi uning yo‘qotadigan narsasi paydo bo‘lgan edi. shu sababli ham u urushdan bezgandir. Asardagi Genrining gap- so‘zlaridan va beparvoligidan u ota-onadiga mehribon o‘g‘il emasligi yaqqol bilinadi.U faqatgina Ketrinni sevgani uchun ham oz‘ hayolidan ketish fikrini o‘tkazadi. Keyinchalik bu reja amalga oshadi.
Yuqorida aytganimiz ya‘ni Genrining ta‘tili tugayotganda Ketrin homiladorligini aytadi.
1 Alvido qurol. Yangi asr avlodi.2019.245-bet.
II.2 Romanda yozuvchi badiiy mahoratining aks etishi
" -- Ayt.-- Istamayman. Ko‘nglingni og‘ritishi yoki tashvishga solishi mumkin.-- Qo‘ysang-chi. -- Rost-mi Bu meni ranjitmaydi, lekin seni ranjitishi mumkin. -- Seni ranjitmagan narsa nega meni ranjitar ekan. -- Aytgim kelmayapti. -- Ayt. -- Shartmi? -- Ha. Mening farzandim bo‘ladi jonim. Uch oycha bo‘lib qoldi. Lekin sen ranjimaysan to‘g‘rimi? Kerakmas.Ranjima. --Ranjimayman. -- Rostdan ranjimaydanmi? -- Albatta. -- Men nimalar qilmadim. Hammasini qilib ko‘rdim,lekin sira nafi bo‘lmadi. -- Men sira xafa bo‘lganim yo‘q."1 Yuqoridagi parchada farzand ular orasidagi mustahkamlovchi emas,balki, uzuvchi, ajratuvchi kuch sifatida ko‘rsatilgan. Inson o‘z farzandi, bo‘lajak farzandi haqida eshitib xursand bo‘lmasligi uchun ham bir talay sabab bo‘lishi kerak menimcha. Avvalo,ular farzandlarining kelajagiga ishonishmaydi.Uning ham o‘zlari kabi urushlarni, qirg‘inlarni ko‘rishin istashmaydi. Shu sabab tufayli ham balki Ketrin bolani yo‘qotish payida bo‘lgandir. Yoki buni Yevropa xalqlarining
1 Alvido qurol. Yangi asr avlodi.2019.245-bet
dunyoqarashiga ham yoyishimiz mumkin. Ammo dunyoda qaysu xalq bo‘lmasin o‘z avlaodlarini asrab-avaylashni birinchi darajali masala deb biladi.
Yuqorida aytganimiz tushkunlik kayfiyati Ketrin va Genrini ham tark etmagan.Ularda ham urush tugashiga umuman ishonch yo‘q.
"-- Urushdan keyin qayerda yashaymiz? -- Ajabmas ibodatxonada yashasak,-- dedi u.-- Men soddalik qilib uch yildan beri urush Iso tug‘ilgan kunda tugaydi deb yuribman. Lekin men endi urush o‘g‘limiz leyntenant bo‘lganda tugaydi deb turibman.