1.2. Iste’mol va jamg’arish funksiyalari. Iste’mol va jamg’arishga o’rtacha hamda chegaralangan moyillik
Bobning birinchi savolida keltirilgan gepotetik ma’lumotlar va grafiklarga tayanib iste’mol funktsiyasini yozamiz:
C = a + b x Yd , bu erda: a – avtonom xarajatlar; Yd – tasarrufidagi daromad (Yd =Y-T), bu erda: T – soliqlar; b – iste’mol hajmining tasarrufidagi daromadga bog’liqligini ifodalovchi
koeffitsient, boshqacha aytganda iste’molga chegaralangan moyillik.
ΔS
b = --------- x 100 Δ Yd
Demak, iste’mol hajmi avtonom iste’molga, tasarrufidagi daromad hajmiga va iste’mol hajmining tasarrufidagi daromad o’zgarishiga ta’sirchanligiga bog’liq.
Jamg’arish grafigini ham iste’mol grafigiga o’xshab algebraik ifodalash mumkin, ya’ni jamg’arish funktsiyasi quyidagi ko’rinishga ega:
S = -a + (1 -b) x Yd
Iste’mol va jamg’arish hajmiga tasarrufidagi daromad dinamikasidan tashqari quyidagi omillar, to’g’rirog’i bu omillardagi o’zgarishlar ham ta’sir ko’rsatadi:
Uy xo’jaliklari daromadlari.
Uy xo’jaliklarida to’plangan mulk hajmi.
Narxlar darajasi.
Iqtisodiy kutish.
Iste’molchilar qarzlari hajmi.
Soliqqa tortish hajmi.
Dastlabki besh omil ta’sirida iste’mol va jamg’arish grafiklari o’zaro teskari tomonga siljiydi. Bu besh omil ta’sirida joriy tasarrufidagi daromad tarkibida iste’mol va jamg’arish ulushi nisbatlari o’zgaradi. Soliqqa tortish darajasining o’zgarishi ixtiyordagi daromad hajmini o’zgartirgani tufayli uning ta’sirida iste’mol va jamg’arish grafiklari bir tomonga qarab siljiydi. Iste’mol funktsiyasini aniqlash borasidagi tadqiqotlar, uning hajmi shuningdek aholining daromadlari hajmi va to’plagan mulki ko’lamiga ko’ra tabaqalanishi darajasi hamda aholining soni va yoshiga ko’ra tarkibiga ham bog’liqligini ko’rsatdi.
Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste’mol va jamg’arish funktsiyalarini yanada to’laroq bilish uchun iste’mol va jamg’arishga o’rtacha moyillik va chegaralangan moyillik tushunchalarini mohiyatini anglab olishimiz lozim.
Iste’molga o’rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi iste’mol xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya’ni:
S
APC = ------------- x 100 Yd
bunda: APC – (average propensity to consume) iste’molga o’rtacha moyillik.
Tasarrufidagi daromaddagi jamg’arish ulushini jamg’arishga o’rtacha moyillik deb ataladi, ya’ni:
S
APS = --------------- x 100
Yd
Bunda: APS ((average propensity to saving) – jamg’armaga o’rtacha moyillik.
Misol uchun, tasarrufidagi daromad darajasi 410 va 530 shartli birlikka va iste’mol darajalari 405 va 495 shartli birlikka teng bo’lgan holatlar uchun iste’molga o’rtacha moyillikni hisoblaymiz, ya’ni:
ARS =(405 / 410) x 100 = 98, 78% yoki 0,98;
ARS = (495 / 530) x 100 = 93,39% yoki 0,93 ga teng.
Demak, bu misollardan ko’rinib turibdiki, tasarrufidagi daromadlar miqdori ko’payib borishi bilan uning tarkibidagi iste’mol ulushi kamayib va aksincha jamg’arma ulushi ko’payib boradi. Bu holatni Keynsning “asosiy psixologik qonun”i bilan izohlash mumkin. “Mavjudligiga nafaqat aprior tasavvurlarga ko’ra, bizning inson tabiatini bilishimizdan kelib chiqib shuningdek o’tmish tajribasini sinchiklab o’rganish asosida biz to’liq ishonishimiz lozim bo’lgan asosiy psixologik qonun shundan iboratki kishilar daromadlari o’sishi bilan, odatda, o’z iste’mollarini oshirishga moyillar, ammo daromadlari o’sgan darajada emas”1
Soliqlar to’langandan keyin qolgan daromadning bir qismi iste’mol qilinadi, ikkinchi qismi esa jamg’ariladi, shu tufayli ham iste’molga va jamg’arishga o’rtacha moyillik yig’indisi 100% ga yoki koeffitsient ko’rinishda 1 ga teng: ARS + ARS = 100% yoki 1.
Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadlarining o’sgan qismini yo iste’mol qiladi, yoki jamg’aradi.
Iste’moldagi o’zgarishlarning shu o’zgarishni keltirib chiqargan tasarrufidagi daromad o’zgarishdagi ulushi iste’molga chekli moyillik deyiladi.
Δ S
MPC = ----------- x100
Δ Yd
Bu erda: MPC (marginal propensity to consume) – iste’molga chekli moyillik.
Yuqorida keltirilgan 4-jadval ma’lumotlariga ko’ra ixtiyordagi daromad 410 sh.b.dan 430 sh.b.kacha oshgan holatda MRSni hisoblaymiz.
Δ S =420 - 405 =15; Δ Yd =430 - 410 = 20;
MRS = (15/20) 100=75%;
Bu shuni bildiradiki, daromad 100 % ga (yoki bir birlikka) o’zgarganda iste’mol 75 % (yoki 0,75)ga o’zgaradi.
Jamg’arishdagi o’zgarishning ixtiyordagi daromad o’zgarishdagi ulushi jamg’arishga chegaralangan moyillik deyiladi.
Δ S
Do'stlaringiz bilan baham: |