I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari


Menejerlik qobiliyatlarini rivojlanganlik darajasini aniqlangan fermer xo‘jaligi va ularning rahbarlari to‘g‘risida umumiy ma’lumot



Download 1,27 Mb.
bet20/31
Sana14.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#360682
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Bog'liq
Ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining

Menejerlik qobiliyatlarini rivojlanganlik darajasini aniqlangan fermer xo‘jaligi va ularning rahbarlari to‘g‘risida umumiy ma’lumot17

T/r

Fermer xo‘jaligi (FX) nomi

Joy-lashgan tumani

Ekin erlari

(ga)


Asosiy yo‘na-lishi

FX rahbarining familiyasi

Yoshi

Ma’lu-moti va mutaxas-sisligi

Fer-mer-

lik staji




1

Azizbek-Sa’dullo

Qoravul-bozor

124

paxta va g‘alla

Ya.Xayrullaev

52

o‘rta maxsus

(agronom)



11

2

Mels-Azizbek

Qoravul-bozor

102

paxta va g‘alla

A.Temirov

47

o‘rta maxsus (iqti-sodchi)

10

3

Toxir-Bekzod

Qoravul-bozor

37,1

paxta va g‘alla

I.Qodirov

46

o‘rta

10

4

Said-jamol Zamini

Qoravul-bozor

89,0

paxta va g‘alla

A.Saidov

49

o‘rta maxsus (hisobchi)

10

5

Oysuluv- Gavhar

Qoravul-bozor

75,0

paxta va g‘alla

J.Rajabov

31

o‘rta

6

6

Haydar Polvon zamini

Qoravul-bozor

84,0

paxta va g‘alla

Sh.Qurbonov

35

o‘rta

10

7

Jo‘rabek-Jahongir

Qoravul-bozor

70,0

paxta va g‘alla

F.Davronov

48

o‘rta

11

8

Axtam-Davron

Qoravul-bozor

90,0

paxta va g‘alla

A.Davronov

58

o‘rta maxsus (muhadis-texnolog)

9

9

Farmon

bobo zamini



Qoravul-bozor

105,0

paxta va g‘alla

K.Farmonov

55

o‘rta maxsus (muhan-dis)

15

10

Chug‘alon sahovati

G‘ijduvon

27,0

paxta va g‘alla

Sh.Salomov

58

oliy

(iqti-sodchi)



2

11

Sharif-

obod


Vobkent

58,0

paxta va g‘alla

Z.Naberaev

57

oliy (agronom)

10



  • xo‘jalikni samaradorligini ta’minlashdagi roli va uni diversifikatsiyalashga qo‘shilayotgan hissasi;

  • agrar sohasidagi kooperatsiya harakatidagi ishi;

  • marketing bo‘yicha mahorati;

  • tashabbuskorligi;

  • tavakkalchiligi;

  • innovatsiyalarga moyilligi;

  • xo‘jalik qiymatini oshirib borish sa’y-harakatlari;

  • muomala madaniyati;

  • manfaatparastligi;

  • biznes-rejalashtirish ko‘nikmasi;

  • moliyaviy, agronomlik va meliorativ savodxonligi

Tuzilgan tadqiqot savolnomamiz quyidagi ko‘rinishga ega:

2015 yilining sentyabr oyida Buxoro viloyatidan 11 kishidan iborat bir guruh fermer xo‘jaligi rahbarlarini mazkur savolnoma orqali tajriba-sinov tarzida menejerlik qobiliyatlarini rivojlanganlik darajasini o‘rganib chiqdik. Sinov panelidagi guruhi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar 7-jadvalda keltirilgan.

7-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibtiki, 11 ta o‘rganilgan fermer xo‘jaliklaridan 9 tasi Buxoro viloyati Qoravulbozor tumaniga, 1 tasi G‘ijduvon va yana 1tasi Vobkent tumanida joylashgan. Ularning ekin er maydonlari turlicha, eng kichigi G‘ijduvon tumanidagi “Chug‘alon sahovati” fermer xo‘jaligida bo‘lib, uning ekin er maydoni 27,0 gektarni va eng kattasi Qoravulbozor tumanidagi “Azizbek-Sa’dullo” fermer xo‘jaligidadirki, uning ekin erlari 124,0 gektarni tashkil etadi.

Fermer xo‘jaligi rahbarlari yoshi 31 yoshdan 58 yoshgacha o‘zgaradi. O‘rganilgan rahbarlar o‘rtasida eng yoshi “Oysuluv-Gavhar” fermer xo‘jaligining rahbari 31 yoshli Jobir Rajabovdir. Sinov guruhidagi rahbarlarning 2 nafari oliy, 5 nafari o‘rta maxsus va qolganlari o‘rta ma’lumotga ega ekanligi aniqlandi. Ularning ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi agronom, iqtisodchi, hisobchi, muhandis va b.q. Fermer xo‘jaligi rahbarlarining fermerlik ishidagi ish staji 2 yildan 15 yilni tashkil etadi.

Fermer xo‘jaligi rahbarlarining menejerlik qobiliyatlarini diagnostikasi quyidagi tartibda o‘tkazildi.Vaqtinchalik ijodiy ishchi guruhi namoyanda (ekspert)lari nazoratida har bir xo‘jalik rahbariga tadqiqotning missiyasi (fermer xo‘jalikning raqobatbardoshligini oshirishda menejmentning roli va fermerning kompetentligining ahamiyati)ni tushuntirib, uni savolnoma mazmuni va to‘ldirish tartibi bilan tanishtirib o‘tildi. So‘ngra, savolnomadagi 25 ta tavsiflovchilarning har birini diqqat bilan o‘qib eshitrib, so‘roqlayotgan fermer xo‘jaligi rahbarining shaxsiyat va boshqarish uslubyatiga mos keladigan va xos bo‘lgan 5 ta baholash mezonlari (yo‘q, past, o‘rtacha, me’yorda, yuqori)dan birini tanlab, uning ro‘parasiga “+“ belgisi qo‘yiladi.Bunda, qo‘yilgan savollarga nisbatan rahbar tomonidan yaxshiroq javoblarni tanlagan holatda, mazkur aniqlovchi bo‘yicha fermer xo‘jaligi rahbarining qobiliyatini rivojlanganligining o‘rtacha, me’yorda yoki yuqori darajada qaror topganligini tasdiqlovchi aniq misollar, ko‘rsatkichlar, yutuq, vaziyatlar va boshqa faktlarni ekspert tomonidan aniqlab, ularni jadvalning “sharh” degan katakchasida yozib boriladi. Ya’ni, so‘roq anketa usulida fermer xo‘jaligi rahbari va ishchi guruhi eksperti o‘rtasidagi ishbilarmonlik muloqot va do‘stona munosabat shaklida xayirxohlik bilan o‘tkazildi.

Fermer xo‘jaligi rahbarlarining so‘roqdan cho‘chitmasligini oldini olish maqsadida ularga mazkur tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati, mamlakatimizda fermerlik harakatini yanada yaxshilash uchun o‘tkazilayotganligi, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari sharoitida “Namunaviy fermer xo‘jaligi rahbari” qiyofasini shakllantirish, fermerning fikrlari umumiylashtirilgan holda inobatga olinishi to‘g‘risida ekspertlar tomonidan tushuntirishlar olib borildi.

Fermer xo‘jaligi rahbarining menejerlik qobiliyatlarini rivojlanganlik darajasini diagnostikalash natijalari quyidagi baholash shkalasi asosida hisob-kitob qilinadi:

1. «Yo‘q» javobga – 0 ball.


2. «Past» javobga – 1 ball.
3. «O‘rtacha» javobga – 2 ball.
4. «Me’yorda» javobga – 3 ball.
5. «Yuqori» javobga – 4 ball.

Diagnostika natijasida fermerlar tomonidan yig‘ilgan ballari quyidagicha hisoblab chiqiladi. Har bir fermer xo‘jaligi rahbarining savolnoma jadvalida “+” belgisi bilan javoblari yuzasidan yuqoridagi baholash shkalasi ballari asosida uning to‘plangan ballar yig‘indisi hisob-kitob qilinadi.

Masalan, «Azizbek-Sa’dullo” fermer xo‘jaligini 11 yil beri boshqarib kelayotgan 52 yoshli, mutaxassisligi agronom Yarash Sa’dullaevich Xayrullaev ekspert sifatida iqtisod fanlari doktori, Buxoro davlat universiteti professori B.N.Navruz-Zoda kuzatuvida o‘tkazilgan so‘roq jarayonida savolnomaning 1 chi - «Rahbar sifatida “Agrobiznes menejmenti” to‘g‘risida tasavvurga egalik darajangiz” degan savolga «me’yorda» deb, javob qaytarib, uni asoslangandan so‘ngra, jadvalning tegishli katakchasiga “+” belgisi qo‘yib chiqdik. Xuddi shu tartibda savolnomaning 5 chi, 6 chi, 9 chi, 12 chi, 14 chi, 16 chi, 17 chi, 18 chi va 19 chi savollariga «me’yorda» deb, javob qaytarishdi va tegishli katakchalariga “+” belgisi qo‘yildi. Ya.Xayrullaev 13 chi - «Ishbilarmonlik maktublarni yoza olish iste’dodi” degan savolga “yo‘q” deb javob berganida, so‘zsiz tegishli katakchasiga “+” belgisi qo‘yildi. So‘rovnomaning 10 chi - «Tashabbuskorligi (fermer xo‘jaligida sanoat va pulli xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlaridagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanganligi)” savoliga «past» deb javob berganida ham so‘zsiz tegishli katakchasiga “+” belgisi qo‘yildi. Mazkur fermer xo‘jaligi rahbari 3 chi,7 chi, 8 chi, 11 chi va 21chi savollarga «o‘rtacha» deb javob berganida, har bir savolning javobini tasdiqlovchi faktlarini aniqlangandan so‘ng, tegishli katakchalarida “+” belgisi qo‘yib chiqdik. Baholash mezonlarining «yuqori» darajasi Ya.Xayrullaevning 2 chi, 4 chi,15 chi, 20 chi, 22 chi, 23 chi, 24 chi va 25 chi savollarga javobida sinchiklab o‘rganib chiqilgandan so‘ng, tegishli katakchalarida “+” belgisini qo‘yishga qaror qildik.

Fermer Ya.S.Xayrullaev 25 ta savoldan 1 tasiga «yo‘q», yana 1 tasiga «past», 5 tasiga «o‘rtacha», 10 tasiga «me’yorda» va 8 tasiga «yuqori» deb, javob qaytarganligini inobatga olgan holda, uning to‘plangan ballar yig‘indisi 73 ballga (1x0+1x1+5x2+10x3+8x4) teng bo‘ladi.

8-jadval.


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish