I bob. Iqtisodiyot nazariyasi asosi


Resurslarning chegaralanganligi, ehtiyojlarning cheksizligi o’rtasidagi nomutanosiblik, iqtisodiyotning azaliy muammosi



Download 85,96 Kb.
bet4/7
Sana01.07.2022
Hajmi85,96 Kb.
#723757
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IQTISODIYOTNING BOSH MUAMMOSI EHTIYOJLARNING CHEKSIZLIGI VA RESURSLARNING CHEKLANGANLIGI

2.3.Resurslarning chegaralanganligi, ehtiyojlarning cheksizligi o’rtasidagi nomutanosiblik, iqtisodiyotning azaliy muammosi.
Zarur resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarining ham cheklanishiga olib keladi. Ishlab chiqarish imkoniyati deb, mavjud iqtisodiy resurslardan to’la foydalanish evaziga eng ko’p mahsulot ishlab chiqarish tushuniladi. U ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ifodalaydi.
Har bir xo’jalik, oila, korxona, firma, tarmoq, mamlakat o’zining ana shunday chegarasiga ega. Resurslardan foydalanish darajasi turlicha bo’lganligi uchun barcga tovarlar bo’yicha ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ko’rsatish qiyin. Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ilmiy abstraksiya uslubini qo’llab, ana shu imkoniyat chegarasini ikki tur mahsulot ishlab chiqarish modeli asosida tahlil qilamiz. Ikki xil mahsulot – guruch yetishtiriladi va avtomobil ishlab chiqariladi, deylik. Hamma resurslarni pulda ifodalab 100 birlik (100 mlrd so’m, dollar, marka) deylik. Guruch yelishtirish uchun 2 birlik, avtomobil ishlab chiqarish uchun 4 birlik zarur. Agarda guruchni X, avtomobilni Y bilan belgilasak, mavjud resurslardan foydalanib, ishlab chiqarish va yetishtirish mumkin bo’lgan tovarlar miqdori o’rtasidagi bog’lanish quyidagicha bo’ladi:
2X+4Y=100.

Mavjud resurslarni to’la ishlatish sharoitida guruch yetishtirish va avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi









A

B

C

D

E

G

Guruch ( ming tonna) “X”

0


10


20


30


40


50


avtomobil (ming tonna) “Y”

25


20


15


10


5


0


Ko’rinib turibdiki, agarda guruch yetishtirmay, faqat avtomobil ishlab chiqarsa, u 25 ming ta, faqat guruch yetishtirilsa, 50 mihg tonnage teng bo’lar ekan. Birinchisini yetishtirishni ko’paytirish, albatta ikkinchisining kamayishiga olib keladi.
Jadval ma’lumotlariasosida grafik chizsak, u quyidagi ko’rinishda bo’ladi.
AG chizig’ini ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i yoki transformasiya egri chizig’i deb ataladi. Bu egri chiziq, odatda qavariq shaklda bo’ladi. Sababi, birinchidan real hayotga ishlab chiqaruvchilarning soni ko’p, ularning imkoniyatlari farq qiladi; ikkinchidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar nihoyatda xilma-xil.

Avtomobil



50


40


30
A
20 B
C
D
10 E
G

10 20 30 40 50 guruch

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, mavjud resurslardan maksimal foydalanib, turli kombinasiyada guruch yetishtirish bilan avtomobil ishlab chiqarish mumkin ekan. Uning qanday kombinasiyada bo’lishini tanlsh kerak. Korxona, firma doirasida qanday kombinasiyalar bo’lishini, qancha, nima mahsulot ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish va kim uchun ishlab chiqarish muammosini tadbirkor hal etadi, mamlakat miqyosida esa hukumat tanlaydi. Agarda mahsulot ishlab chiqarish miqadorini ko’rsatuvchi nuqta OAG maydon ichiga to’g’ri kelsa, u mavjud resurslardan to’la foydalanmaganlikni, imkoniyatlarga qaraganda kam miqdorda mahsulot ishlab chiqarilganini ko’rsatadi.


Masalan, 15 tonna guruch yetishtirish va10 ming ta avtomobilishlab chiqarish uchun 70 mlrd so’mlik resurs talab etiladi. Bizdagi mavjud resurs esa 100 mlrd so’m.OAG maydondan tashqari, nuqta mahsulot ishlab chiqarish miqdorini mavjud resurslarga nisbatan ko’payishini biladiradi.

Aytaylik, 30 ming tonna guruch yetishtirilib, 20 ming dona avtomobil ishlab chiqarilmoqda, u holda 140 mlrd so’mlik resurs talab qilinadi.


Tadbirkor oldida 2 yo’l turibdi. Biri mavjud resurslardan maksimal foydalanib tovarlar turini ko’paytirish, resurslarni tejash yo’llarini topish, ikkinchisi ehtiyojlarni o’sishga qarab o’zida bo’lmasa chetdan jalb qilish, qarzga olish mumkin. Bu muammoni har bir tadbirkor, har bir mamlakat individual tarzda hal etadi. Lekin resurslar cheklanganligi sharoitida mavjud resurslarni tejab ishlatish, Tovar turlarini muqobil variantini eng optimal darajasini yanlash muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bu raqobat kurashida ham katta rol o’ynaydi.
Iqtisodchilarning tadqiqoti ko’rsatadiki, birgalikda turli tovarlar ishlab chiqilganda 5% resirslar tejalar ekan. Ana shu tejalgan miqdor koeffisentini 0,05 desak, misolimizda
2x+4y-0,05x . y=100, agarda B variantni tanlasak,
=2 . 10+4 . 20-0,05 . 10 . 20=90 mlrd so’m.
Demak, 10 mlrd so’mlik resurs evaziga qo’shimcha ravishda guruch yetishtirish yoki avtomobil ishlab chiqarish mumkin.
Shuning uchun korxona, firmalar iloji boricha mahsulot turini ko’paytirsalar resurslar tejalishi evaziga xarajatlarni pasaytirishga erishadilar. Qaysi tovarni ko’proq ishlab chiqarishni tanlash, ularga bo’lgan talab bilan taklifning nisbati, boshqacha aytganda bozor narxlariga bog’liq bo’ladi.
Jamiyat taraqqiy etgan sari iste’mol o’sib, ehtiyojlar to’laroq qondirila boradi. Ehtiyojni qondirish usullari ham o’zgaradi. Iste’mol ne’matlari turi ko’payadi. Ehtiyojlarning qondirilishi umumiy tarzda turmush darajasini ko’rsatadi. Turmush darajasi – aholi ehtiyojlarining qondirilishiga qarab baholanadi. Aholi ehtiyojlarining qondirilishi ularning farovon yashash, uzoq umr ko’rishining garovidir. Buning uchun esa ana shu ehtiyojlarni qondiradigan darajada ishlab chiqarish zarur.
Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotiga ehtiyojlar va ishlab chiqarish nisbati qandayligiga iqtisodchilarning alohida diqqati qaratilyapti. Ehtiyojlar bilan ishlab chiqarish nisbatining hozirgi davrda asosan 3 varianti mavjud:
1. Regressiv, bunday holat ishlab chiqarishning uzoq muddat tushkunlikda bo’lishi natijasida kelib chiqadi. Aholi iste’moli miqdor jihatdan ham, sifat jihatdan ham kamayib boradi. Iqtisodiyotning bunday o’zgarishini kichrayib boruvchi spiral, ya’ni girdob tarzida ko’rish mumkin. Borgan sari kishilarning eng zarur ehtiyojlarini qondirish ham qiyinlashib boradi. Hozir shunday vaziyatni Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining qator mamlakatlarida ko’rish mumkin. Rivojlanib borayotgan mamlakatlarning 2/3 qismida 80-yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillarda aholi jon boshiga ishlab chiqarish va daromad qisqarib brogan.
2. Turg’un. Bu variantda nisbatan cheklangan turdagi mahsulot ishlab chiqarish ham, ehtiyojlar ham sekinlik bilan o’sib boradi. Yaratuvchanlik faoliyati sust, ishlab chiqarish – taqsimot – ayirboshlash – iste’mol – ehtiyojlar doirani eslatadi. Iqtisodiyotda umumiy turg’unlik yuz berib, ko’pincha u mahalliy xalqlarning anana va urf-odatlari bilan bog’lanib ketadi. Hozirgi paytda bunday ahvol ayrim Osiyo va Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida kuzatiladi.
3. Progressiv.Bunda ishlab chiqarish hajmi ko’payadi, sifati yaxshilanadi, ite’mol va ehtiyojlar o’sadi. Uni tobora kengayib boruvchi spiralsimon harakat tarzida mumkin. Bir qadar beqarorlikka qaramay, rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish ham, ehtiyojlar ham o’sib boradi.
Birinchi va ikkinchi variantda ehtiyojlarning o’sib borishiga qator omillar aks ta’sir ko’rsatadi.
Jamiyatning moddiy va ma’naviy madaniyati insonlarning ehtiyoj doirasini cheklab, eng zarurlarinigina mavjud bo’lishiga olib keladi. Bunga shunday holler ta’sir ko’rsatadi:
- moddiy va ma’naviy madaniyatning pastligi, inson ehtiyojlarining eng zarurlari bilan cheklanishi. Eng zarur ehtiyojlar esa juda sekin o’sadi;
mehnat taqsimotining pastligi, turli ne’matlarni ishlab chiqarish va ehtiyojlarning oshib borishiga yo’l qo’ymaydi;
- narxlarning baland, daromadlarning pastligi eng oddiy ehtiyojlarni ham qondirishga to’sqinlik qiladi;
Ko’pgina mamlakatlarda aholi soni ularning yashashi uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarishga nisbatan tez o’sayapti.
Ehtiyojlar barqaror o’sib borishini uchinchi variant ta’minlashga qodir bo’lib, u mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, aholining pul daromadlari va aholi jon boshiga real boylikning ko’payishi bilan xarakterlanadi. Shu bilan biga, bu yerda ehtiyojlar bilan ishlab chiqarish o’rtasida qarama-qarshilik mavjud. Insonlarning xohishi bilan imkoniyati mos kelmasligi mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi fanini, uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyotning o’zi nima, uning vazifasi nimalardan iborat, degan savolga javob berish lozimdir. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko’p qirrali va g`oyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne`matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari ko’payib, rivojlanib hamda ularning o’zgarib borishi natijasida vujudga keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo’lgan narsaga o’xshab ko’rinadi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanini, uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyotning o’zi nima, uning vazifasi nimalardan iborat, degan savolga javob berish lozimdir. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko’p qirrali va g`oyat chigal muammolarga boydir.


Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne`matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va ularni iste`mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimini, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun – qoidalarini o’rganishdan iboratdir.

Masalan, bugun hammaga ma`lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san`at, adabiyot, fan, ma`rifat, madaniyat, ta`lim bilan shug`ullanishlari uchun hayotiy ne`matlarni iste`mol qilishlari, kiyinishlari kerak. Buning uchun esa oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va turli xizmatlardan iborat hayotiy vositalar zarur. Har bir kishi, o’zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya`ni hayotiy ehtiyojlari – kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro’zg`or buyumlariga ega bo’lish, bilim olish kabi ehtiyojlar uchun zarur bo’lgan pul daromadlarini qaerdan, nima hisobiga topish kerak degan muammolarga duch keladi.Shu muammolarni echish va o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli yo’nalishlarda, sohalarda faoliyat ko’rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta`minlaydigani moddiy va ma`naviy ne`matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishdan iborat bo’lgan iqtisodiy faoliyatdir.
Iste`mol tovarlari va xizmat ko’rsatish sohalari turli tuman bo’lganligi uchun iqtisodiy faoliyat ham turlichadir, ularning turi va soni juda ko’pdir.


Download 85,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish