IQTISODIYOTNING BOSH MUAMMOSI: EHTIYOJLARNING CHEKSIZLIGI VA RESURSLARNING CHEKLANGANLIGI
MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………………….…3
I.BOB. IQTISODIYOT NAZARIYASI ASOSI
1.1. Iqtisodiy tanlov tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda cheklangan resurslardan foydalanish…………………………………………….…………...4
1.2.Resurslar va ne'matlarni taqsimlashning bozor mexanizmi. Iqtisodiy doiraviy aylanish mоdеli…………………………………………….………..…..8
2.3.Resurslarning chegaralanganligi, ehtiyojlarning cheksizligi o’rtasidagi nomutanosiblik, iqtisodiyotning azaliy muammosi……………………………16
II.BOB. CHEKLANGAN IQTISODIY RESURSLAR
2.1. Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanish...........................23
2.2. Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to’liq qondirish……………………………………………………………………...…..30
XULOSA…………………………………………………………....……...…….33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………..….…..35
KIRISH
Zarur resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarining ham cheklanishiga olib keladi. Ishlab chiqarish imkoniyati deb, mavjud iqtisodiy resurslardan to’la foydalanish evaziga eng ko’p mahsulot ishlab chiqarish tushuniladi. U ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ifodalaydi.
Har bir xo’jalik, oila, korxona, firma, tarmoq, mamlakat o’zining ana shunday chegarasiga ega. Resurslardan foydalanish darajasi turlicha bo’lganligi uchun barcga tovarlar bo’yicha ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ko’rsatish qiyin. Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ilmiy abstraksiya uslubini qo’llab, ana shu imkoniyat chegarasini ikki tur mahsulot ishlab chiqarish modeli asosida tahlil qilamiz. Ikki xil mahsulot – guruch yetishtiriladi va avtomobil ishlab chiqariladi, deylik. Hamma resurslarni pulda ifodalab 100 birlik (100 mlrd so’m, dollar, marka) deylik. Guruch yelishtirish uchun 2 birlik, avtomobil ishlab chiqarish uchun 4 birlik zarur. firmaning resurslari hajmi va texnologiyalar darajasi o'zgarmas bo'lgan holatda ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'ini qaradik. Resurslar taklifining oshishi, texnik taraqqiyot ta'sirida texnologiyalarning takomillashuvi firma va jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshiradi. Uzoq muddatli oraliqda firma resurs salohiyatining oshishi ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'ida o'zgarish bo'lishiga olib keladi. Firma resurs salohiyatining oshishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ham oshishiga olib kelish tufayli ishlab chiqarish imkoniyatlari chizigi parallel ongga yoki bir tomonlama sirilishi mumkin. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'idagi o'zgarishla Agar firma toliq bandlik va toliq ishlab chiqarish darajasida faoliyat korsatsa, u ishlab chiqarish variantlaridan qaysi birini tanlashi maqsadga muvofiq? Bu savolga aniq bir javob berish mushkul, chunki jamiyat yoki firmaning rivojlanish darajasi, undagi qadriyatlar va turmush tarzi, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari va usullari, texnologiyalarning rivojlanishi darajasi hamda talabdan kelib chiqib, har bir firma bu savolga ozicha javob topishga harakat qiladi. Nima bolganda ham bu savolga javob topishda optimallik va samaradorlik shartlaridan kelib chiqish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |