I bob. Iqtisodiyot nazariyasi asosi


I.BOB. IQTISODIYOT NAZARIYASI ASOSI



Download 85,96 Kb.
bet2/7
Sana01.07.2022
Hajmi85,96 Kb.
#723757
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IQTISODIYOTNING BOSH MUAMMOSI EHTIYOJLARNING CHEKSIZLIGI VA RESURSLARNING CHEKLANGANLIGI

I.BOB. IQTISODIYOT NAZARIYASI ASOSI
1.1. Iqtisodiy tanlov tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda cheklangan resurslardan foydalanish
Iqtisodiyot nazariyasi asosini ikki narsa: jamiyat a’zolari ehtiyojlarining cheksizligi va shu ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo’lgan tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish uchun zarur iqtisodiy resurslarning cheklanganligi tashkil etadi va barcha muammolarni qamrab oladi.
Yer yuzidagi aholining soni bugunga kelib 6 milliard kishidan ishdi. Tabiiy boyliklar esa aksincha, kamayib borayapti, buning ustiga tabiiy boyliklar – ekin maydonlari, o’rmonlar, qazilma boyliklar, chuchuk suz miqdori cheklangan.
Ma’lumki, ehtiyojlarni qondirishning yagona yo’li ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish uchun esa turli-tuman resurslar kerak. Resurslar deganda turli ehtiyojlarni qondiradigan tovarlar ishlab chiqarish va [izmat ko’rsatish uchun ishlatiladigan barcha vositalar va mehnatga layoqatli kishilarni tushunamiz. Bu resurslar moddiy va mehnat resurslarga bo’linadi:
1. Moddiy resurslar – yer, foydali qazilmalar, xomashyo materiallar hamda bino-inshoot, asbob-uskuna, mashina, mexanizm, har xil qurilma kabillarni o’z ichiga oladi.
2. Mehnat resurslari – mehnatga layoqatli, ma’lum malaka va mahoratga ega kishilardan iborat.
Har bir resurs undan ishlab chiqarishda foydalanganda ma’lum samara beradi. Resurs keltiradigan natija o’z chegaralariga ega. Har qanday resursdan eng yaxshi, oqilona foydalanilgan taqdirda ham ma’lum miqdordan ortiq mahsulot yaratib bo’lmaydi.

Ishlab chiqarish imkoniyatlarining cheklanganligi, ishlab chiqarish variantlaridan bittasi yoki bir nechtasini tanlab, qolganlaridan voz kechishni taqozo qiladi. Bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish ikkinchi biridan voz kechishni anglatadi. Optimal iqtisodiy tanlovga erishish uchun nafaqat bo'lg'usi xarajatlar, balki foydalanilmagan ishlab chiqarish imkoniyatlari ham e'tiborga olinishi lozim. Boshqa variantlardan voz kechish natijasida, biz ulardan olinishi mumkin bo'lgan foydadan ham voz kechamiz, ya'ni bu boy berilgan imkoniyatlar bo'lib, muqobil (alternativ) xarajatlar ni tashkil etadi.


Muqobil xarajatlar - iqtisodiy tanlovda resurslardan samarali foydalanish bilan bog'liq eng yaxshi alternativ variantdan voz kechish natijasida boy berilgan imkoniyatlarni (olinadigan foydani) aks ettiruvchi xarajatlardir.
Muqobil xarajatlar yordamida noyob resurslardan foydalanish yo'nalishlari boyicha eng yaxshi (optimal) taqsimlash masalasi, ya'ni muayyan variantda resurslarni sarflashdan olinadigan foyda va xarajatlarni boshqa variantlar boyicha olinadigan foyda va xarajatlar bilan solishtirish orqali yechiladi (ya'ni muqobil xarajatlarni bir-biri bilan solishtirish orqali).
Masalan, Toshkentdan Samarqandga avtobusda borishni xohlagan yolovchi biletni 30 minut turib, kassadan 25000 somga olishi mumkin, yoki 30000 so mga navbatsiz xizmat korsatuvchi firma orqali olishi mumkin deylik. Agar yolovchining 30 minut vaqtining alternativ xarajati 30000 so'mdan kam bo'lsa (u o'zining 30 minut vaqtini 30000 so'mdan kam baholasa), u biletni navbatda turib sotib oladi, agar alternativ xarajati 30000 so'mdan yuqori bo'lsa (u o'zining 30 minut vaqtini 30000 so'mdan yuqori baholasa), u holda yo lovchi biletni xizmat ko rsatuvchi firma orqali sotib oladi. Agarda yo lovchi vaqtining alternativ xarajati 30000 so mga teng bo'lsa, u ikkala variantdan xohlaganini tanlashi mumkin.
Haqiqatdan ham vaqtini yuqori baholaydigan va yuqori daromad oluvchilar kopincha navbat kutishni xohlamaydilar.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari va mahsulotning optimal tarkibi
Har bir jamiyat, firma yoki tadbirkor cheklangan iqtisodiy resurslarga ega va bu holat ularning ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimiy ravishda cheklab turadi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari jamiyat yoki firmaning muayyan teхnologik rivojlanish bosqichida mavjud resurslardan toliq va samarali foydalanib maksimal hajmda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini aks ettiradi.
Resrslarning cheklanganligi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ham cheklab turadi. Shunday ekan jamiyat va firmalar mavjud resurs zaxiralarini qanday tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yonaltirish xususida tanlov qilishga majbur boladi. Tahlilni soddalashtirish uchun firma faqat ikki xil mahsulot, masalan televizor va muzlatkich ishlab chiqaradi deb faraz qilaylik. Firma 100 mln. dollar kapitalga ega. Tabiiyki firma resurslar cheklanganligi sharoitida bir vaqtning ozida har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini ham oshirishga erisha olmaydi. Firma oldida ishlab chiqarish hajmi xususida qaror qabul qilishning 5 xil varianti mavjud deylik
Firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari jadvali


Mahsulot turlari


1

2

3

4

5

Tеlеvizor

100 000

75 000

50 000

25 000

0

Muzlatkich

0

18 000

28 000

34 000

40 000



Manba: shartli raqamlar
Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma lumotlardan korinib turibdiki, birinchi variantda firma barcha resurslarini televizor, beshinchi variantda esa muzlatkich ishlab chiqarishga yonaltirishi mumkin. Bunda ikkinchi xil mahsulot ishlab chiqarish hajmi nolga teng boladi. Birinchi variantda beshinchi variantga borgan sari televizor ishlab chiqarish hajmi qisqarib, muzlatkich ishlab chiqarish hajmi oshib boradi. Firma cheklangan resurslaridan kelib chiqqan holda televizor yoki muzlatkich ishlab chiqarishning besh xil varianti ichidan bittasini tanlashga majbur. Masalan, ikkinchi variantda 75 000 telivizor va 18 000 muzlatkich ishlab chiqarish imkoni bo'lsa, to'rtinchi variantda 25 000 televizor va 34 000 muzlatkich ishlab chiqarish mumkin.
Mazkur ma'lumotlarni grafik ko'rinishida tasvirlasak firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i hosil bo'ladi
Firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i
Firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i ustidagi har bir nuqta (А, B, C, D va E) firmaning mavjud resurslari doirasida maksimal ishlab chiqarishi mumkin bo'lgan mahsulot hajmini ko'rsatadi. Agar ishlab chiqarish hajmi F nuqta ustida bo'lsa, demak firma mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to'liq foydalanmayapti yoki resurslardan samarasiz foydalanyapti. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'idan tashqari yotgan K nuqta firmaning hozirgi resurs salohiyati darajasidan tashqarida yotganligi bois unga erishish imkoni yo'q. Ammo kelgusida firmaning resurs salohiyati oshganda unga erishish mumkin bo'ladi.
Biz yuqorida firmaning resurslari hajmi va texnologiyalar darajasi o'zgarmas bo'lgan holatda ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'ini qaradik. Resurslar taklifining oshishi, texnik taraqqiyot ta'sirida texnologiyalarning takomillashuvi firma va jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshiradi. Uzoq muddatli oraliqda firma resurs salohiyatining oshishi ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'ida o'zgarish bo'lishiga olib keladi. Firma resurs salohiyatining oshishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ham oshishiga olib kelish tufayli ishlab chiqarish imkoniyatlari chizigi parallel ongga yoki bir tomonlama sirilishi mumkin. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'idagi o'zgarishla Agar firma toliq bandlik va toliq ishlab chiqarish darajasida faoliyat korsatsa, u ishlab chiqarish variantlaridan qaysi birini tanlashi maqsadga muvofiq? Bu savolga aniq bir javob berish mushkul, chunki jamiyat yoki firmaning rivojlanish darajasi, undagi qadriyatlar va turmush tarzi, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari va usullari, texnologiyalarning rivojlanishi darajasi hamda talabdan kelib chiqib, har bir firma bu savolga ozicha javob topishga harakat qiladi. Nima bolganda ham bu savolga javob topishda optimallik va samaradorlik shartlaridan kelib chiqish kerak.


Download 85,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish