I bob. Iqtisodiyot nazariyasi asosi


Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to’liq qondirish



Download 85,96 Kb.
bet6/7
Sana01.07.2022
Hajmi85,96 Kb.
#723757
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IQTISODIYOTNING BOSH MUAMMOSI EHTIYOJLARNING CHEKSIZLIGI VA RESURSLARNING CHEKLANGANLIGI

2.2. Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to’liq qondirish
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to’liq qondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma`lum davrda ko’plab qondirilmagan ehtiyojlar bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo’lishi, keng reklamaning ta`siri va savdoning rag`batlantirishi natijasida ehtiyojlar o’zgaradi va ko’payib boradi. Shunday ekan, jamiyatning, ya`ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to’xtovsiz yangilanib va o’sib borishi tabiiydir. Bu ehtiyojlarning to’xtovsiz o’sib borishi iqtisodiy qonunda o’z ifodasini topadi. Bunday qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o’sib borishini, balki ularning tarkiban yangilanib turishini, eskilarining o’rniga yangilarining kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o’rtasidagi uzviy, to’g`ridan-to’g`ri bog`liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o’rtasidagi bog`liqlik xalqaro miqyosda aks etadi. Ma`lum bir mamlakatda paydo bo’lgan ehtiyoj boshqalariga tarqalib, xalqaro xususiyatga ega bo’ladi. Masalan, komp`yuter bir mamlakatda paydo bo’lib, tez orada unga ehtiyoj dunyo miqyosida tarqaldi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani sari ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, baynalminal belgilari rivoj topib boradi.
Ehtiyojlarning o’zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o’z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, komp`yuter texnikasiga ehtiyojning paydo bo’lishi, o’z navbatida uni ishlatishni o’rganish, unga xizmat ko’rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning o’sib borishi bir tekis, uzluksiz bo’lmaydi. Uning o’sishiga qarshi ta`sir qiluvchi omillar ham mavjud bo’ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan holatlar (urushlar, iqtisodiy tizim almashishi) va zilzila, suv toshqini, yong`in kabi tabiiy ofatlar ehtiyojlarning o’sib borishiga qarshi ta`sir ko’rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o’sib borishida, mutlaqo yangi ehtiyojlarning paydo bo’lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar nisbatining o’zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon bo’ladi. Ehtiyojlarning o’sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o’zgargani holda uni ta`minlash uchun kerak bo’ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo’ladi. Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida to’planib, ayni vaqtda mavjud bo’lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni iste`molchiga etkazib berishda va iste`mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan imkoniyatlar, qo’r-qutlar va manbalar tushuniladi. Tabiiy resurslar (er, suv, o’rmon, er osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qo’r-qutlari, pul mablag`lari va boshqalari) ana shular jumlasidandir. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab chiqarishda qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va pul resurslari ham kiradi. Iqtisodiy resurslar cheklanganligi tufayli hamma odamlar xohlagan iste`mol buyumlarini, transport vositalarini va boshqa narsalarni darhol xarid qila olmaydi va xohlagancha iste`mol qila olmaydi. Har bir kishi, hatto eng ko’zga ko’ringan davlat arbobi, sahna yoki sport yulduzi ham bu muammoga duch keladi. Resurslar cheklanganligi faqatgina iste`molni emas, shu bilan birga ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni ham cheklab qo’yadi. Buning natijasida har bir korxona, mamlakat o’z imkoniyatlarini hisobga olib, tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hamma turini birdaniga emas, uning shu davr uchun eng kerakli bo’lgan sohalarini tanlab kengaytirish va rivojlantirishga e`tibor beradi, resurslarni birinchi navbatda ularga jalb qiladi. Masalan, O’zbekiston endi mustaqillikka erishgan dastlabki paytda respublikamizning energiya mustaqilligini ta`minlash uchun neft` qazib olish va gaz kondensati ishlab chiqarishga nisbatan ko’proq mablag` ajratishga majbur bo’ldi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida davlat mavjud pul va valyuta zahiralarini chetdan iste`mol buyumlarini sotib olib kelishga emas, ularni cheklab, investitsiya tovarlarini, ya`ni yangi texnika va texnologiyalarni sotib olib kelishga qaratadi. Bunda ayrim sohalarga e`tibor va mablag` sarflash kuchaytirilgan sharoitda boshqa sohalarga ajratiladigan mablag`larni ob`ektiv ravishda nisbatan kamaytirishga to’g`ri keladi.
Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo’li bo’lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo’yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo’lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnikalar va texnologiyalar, bir tomondan, mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish, energiya, yonilg`i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, yangi material, xom ashyo, energiya va boshqa resurslar manbalarini topib, hayotga jalb etish imkonini beradi: jumladan, erning chuqur qatlamlaridagi boyliklarni topish va ishga tushirish, jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslaridan foydalanish, quyosh energiyasidan foydalanish va h.k. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin:
Iqtisodiy resurslar, imkoniyatlar
Ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish darajasi
Ehtiyojlarning qondirilish darajasi
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Bozor - bu birinchidan, sotuvchilar va xaridorlarni uchrashadigan joyi, ular ortasida kelishilgan narx boyicha tovar almashuvi sodir boladi. Bozorda sotishni amalga oshirish uchun ma'lum xarajatlar qilinadi va bu xarajatlar bozor togrisida axborot olish, shartnomalar tuzish, uchrashuvlar otkazish, sotib olinadigan tovar yoki xizmatning miqdoriy va sifat xarakteristikalarini aniqlash va boshqa turdagi xarajatlar bilan bogliq. Bunday xarajatlar transaksion xarajatlar bo lgani uchun ham, bozorni transaksiyalar majmuasi deb ham qarash mumkin. Bozorning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u darornadlarni samarali faoliyat ko'rsatayotgan sub'ektlar, ya'ni zamonaviy texnologiyadan, cheklangan resurslardan samarali foydalanayotgan xo'jalik sub'ektlari hisobiga qayta taqsimlaydi.
Bozorlar o'zining hududiy masshtabiga ko ra mahalliy, milliy va xalqaro bozorlarga bo'linadi. Oldi-sotdi ob'ekti bolib resurslar (ishchi kuchi, kapital, xomashyo, yer, tadbirkorlik qobiliyati, axborot), iste'mol tovarlari va xizmatlar hisoblanadi. Bozordagi narxlar oldi-sotdi jarayonida yoki undan oldin shakllanishi mumkin.
Bozorning samarali faoliyat ko'rsatishi transaksion xarajatlar bilan bogliq. Transaksion xarajatlar - bu ozaro tovar ayriboshlash sohasidagi xarajatlardir. Bu tushuncha birinchi bolib R. Kouz tomonidan kiritilgan (1937 y.). Transaksion xarajatlar o'z ichiga quyidagi xarajatlarni oladi: axborot olish, o zaro kelishuv va uchrashuvlar o'tkazish bilan bog liq xarajatlar, tovarlar xususiyatlarini aniqlash bilan bogliq xarajatlar, mulk huquqini himoya qilish va boshqalar.
Bozor iqtisodiyotida har bir individ o'z shaxsiy manfaatini ko'zlab harakat qiladi. Bunda firmalar va resurs egalari bo'lgan uy xo'jaliklari eng kamxarajat evaziga o'zlarining daromadlarini (foydasini) maksimallashtirishga urinsa, iste'molchilar tovarlar va xizmatlarga sarflagan har bir so'm xarajatidan olinadigan naflilikni maksimallashtirishga intiladi.
Bozor iqtisodiyotining tarafdorlari bu mexanizmni resurslarni taqsimlash, ishlab chiqarish barqarorligini va aholi bandligini hamda iqtisodiy o'sishni ta'minlashning eng samarali vositasi deb baholaydi. Shu tufayli bozor faoliyatiga davlatning har qanday aralashuvi uning samaradorligiga putur etkazadi degan fikrni ilgari surishadi. Ammo, buyuk iqtisodchi Adam Smitning fikricha bozorning har bir ishtirokchisi o'z shaxsiy manfaatlarini qondirish yo'lida tinmay harakat qilib, o'zi bilmagan holda jamiyat va davlat manfaatlariga xizmat qiladi (go'yo “ko'rinmas qo'l” orqali).


Download 85,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish