IQTISODIY O’SISH VA UNING TURLARI
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………………………………………………….3
I.BOB. IQTISODIY O’SISH TUSHUNCHASI
1.1 Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari…………………...………….4
1.2 Iqtisodiy o’sish va uning omillari to’g’risidagi iqtisodiy qarashlari……..………..9
1.3 Iqtisodiy o’sish bosqichlari………………………………………………………………………..22
II.BOB. IQTISODIY O’SISH MODELLARI
2.1 R.Solouning neoklassik iqtisodiy o’sish modeli…………………..……………………..30
2.2 Iqtisodiy o’sishning keynscha modellari…………………………………………..………..34
XULOSA…………………………………………………………………………………………………………..42
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………………………………………..43
ILOVALAR……………………………………………………………………………………………………….46
KIRISH
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi juda serqirra jarayon bo'lib, u o'z ichiga iqtisodiy o'sish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar, aholi hayotining sifati va shart-sharoitlarining takomillashuvini oladi. U hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo'yicha ro'y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o'z ichiga yuksalish va inqiroz davrlar iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o'zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarni notekis olib boradi. Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo'lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo'lgan iqtisodiy o'sish ko'proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o'sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo'lib, o'zifodasini real YalM hajmining oshishi hamda aholi jon boshiga nisbatan ko'payishida topadi. Iqtisodiy o‘sishga tarixiy jihatdan yondoshilganda, u bir xil sur’atlarda va birtekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining jadallashish, jiddiy pasayish vahatto qisqarish davrlari ma’lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo‘lsa, jahon va milliy iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarishning hartomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo’ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o'sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o'zgarishlari shaklida ham namoyon bo’ladi. Birinchi prezidentimiz I.A Karimov ta’kidlab o'tganlaridek: “ Iqtisodiy rivojlanish sur’atlari haqida gapirganda... uning mezonlariga va eng avvalo, sifat ko'rsatkichlariga ko‘proqe'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o‘sishlar iqtisodiyotimizda yuzberayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, uning izchil va barqaror rivoji uchun xizmat qilishi, xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga, bir so‘z bilan aytganda, amaliy hayotimizniyaxshilashga olib kelishi lozim”. Shunday ekan,iqtisodiyo‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga I.A.Karimov Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz“.
Do'stlaringiz bilan baham: |