I bob. Iqtisodiy o’sish tushunchasi 1 Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari


II.BOB. IQTISODIY O’SISH MODELLARI



Download 146,81 Kb.
bet6/9
Sana03.07.2022
Hajmi146,81 Kb.
#736838
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi

II.BOB. IQTISODIY O’SISH MODELLARI
2.1 R.SOLOUNING NEOKLASSIK IQTISODIY O’SISH MODELI
Neoklassiklar keynschilardan farqli o`laroq iqtisodiy o`sish modellarini tuzishganda iqtisodiy o`sish ishlab chiqarishning barcha omillari, shu jumladan texnik taraqqiyot tomonidan ta`minlanadi, kapital va mexnat subsititutlar, ular bir-birini alishtirishi mumkin, bozor mexanizmi va barqaror pul tizimi muvozanatni avtomatik tiklashi mumkin degan nazariy asoslarga tayanadilar. Neoklassik modellar barcha iqtisodiy jarayonlarning anik xolatini kamrash xususiyatiga egadir. Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda” Iqtisodiy o`sish nazariyasiga xissa” asarida tasvirlab berildi va so`ngra 1957 yilda “Texnik taraqqiyot va agregativ ishlab chiqarish funksiyasi” nomli asarida rivojlantirildi. R.Solou modeli mutanosib iqtisodiy o`sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi taklifning tengligi xisoblanadi. Modelda yalpi taklif Kobba-Duglasning ishlab chiqarish funksiya bilan ifodalangan, ya`ni Y= f( L,K,N), modelda yukori texnik rivojlanish boskichida erning kichik axamiyatga egaligi tufayli ishlab chiqarish fakat mexnat resurslari va kapitalga boglik deb olingan.
Y= f( L,K), funksiyaning kengaytirilgan ko`rinishi kuyidagicha:
Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K
Modelda yalpi talab investitsion va iste`mol xarajatlari bilan belgilanadi deb olinadi.
Y = C + I
Davlat xarajatlari va sof eksport ko`rsatkichlari xam iste`mol va investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi. R.Solou bitta ishchiga to`gri keladigan maxsulot ishlab chiqarish xajmi kapital bilan qurollanish darajasining funksiyasi deb qaraydi.
Kapital bilan qurollanganlik darajasining o`sishi esa jamg’arish normasiga bog’liq. Jamg’arish normasining o`sishi, kapital bilan qurollanganlik darajasining oshishiga va ishlab chiqarishning yuksalishiga olib keladi. Ammo kapital jamg’arish normasi yuqori bo`lishi kapitalning siqib ketishi, axoli sonining o`sishi tufayli kapital bilan qurollanganlik darajasi o`zgarmasdan qolishi yoki pasayib ketishi mumkin. R.Soluning fikriga ko`ra , barqaror muvozanat sharoitida kapital, mexnat va milliy daromad darajasi bir xil, axoli soni o`sishiga teng sur`atda o`sib boradi. Axoli sonining tez o`sishi iqtisodiyotning o`sish sur`atlari jadallashishiga ta`sir etadi, ammo barqaror muvozanat xolatida axoli jon boshiga maxsulot ishlab chiqarish kamayadi. O`z navbatida, jamg’arish normasining oshirilishi axoli jon boshiga to`gri keladigan daromad mikdorini oshiradi va kapital bilan qurollanganlik koeffitsentini ko`tarilishiga olib keladi, lekin barqaror xolatdagi o`sish sur`atiga ta`sir ko`rsatmaydi. Shu sababli barqaror xolatdagi iqtisodiy o`sishning yagona sharti texnik taraqqiyotning o`sish sur`ati xisoblanadi. Model asosida jamg’arishning ”oltin qoidasi” yotadi. e Felpsning “oltin qoidasi” moxiyati shundaki jamg’arishning shunday optimal normasi mavjudki u iste`molning maksimal darajasida muvozanatli iqtisodiy o`sishni ta`minlaydi. R.Solou modeli iqtisodiy o`sishning uch manbai- investitsiyalar, ishchi kuchi soni va texnik taraqqiyotning o`zaro aloqadorliklarini ochib berish imkonini beradi. Davlat iqtisodiy o`sishga jamg’arish normasi xamda texnik taraqqiyotning tezligiga ta`sir etish bilan jadallashtirishi mumkin. Xozirgi zamon iqtisodiyotini tahlil qilishda yangi paydo bo`lgan iqtisodiy o`sish modellaridan kam foydalanilmoqda. Jumladan, J. Mid va A. L’yuis modellari iqtisodiy o`sish masalasini o`ziga xos tarzda tushuntiradilar. Bu modellarning amaliy axamiyati ayrim mamlakatning rivojlanish darajasi va iqtisodiyotining tuzilishidan kelib chiqadi. Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh taklif omillari, deb ham atalib, iqtisodiyotning o’sish layoqatini belgilab beradi:
1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati;
2) ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati;
3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi;
4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.
Bu omillar har birining yalpi mahsulot hajmiga ta’sirini baholash orqali iqtisodiy o’sishni tavsiflash mumkin.
Ma’lumki, yalpi milliy (ichki) mahsulot ishchi kuchi, kapital va tabiiy resurslar sarflarining funksiyasi hisoblanadi, ya’ni:
V= F(L,K,N,)
bu yerda:
V - yalpi milliy (ichki) mahsulot;
L - ishchi kuchi sarflari;
K - kapital sarflari;
N - tabiii resurslar sarflari.
Bu funksional bog’lanishdan kelib chiqqan holda iqtisodiy o’sishni belgilab beruvchi bir qator xususiy ko’rsatkichlarni keltirib chiqarish mumkin:
1) mehnat unumdorligi (V/L) — mahsulot ishlab chiqarish hajmining jonli mehnat sarflariga nisbati;
2) mehnat sig’imi (L/V) - jonli mehnat sarflarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
3) kapital samaradorligi (Q/K) - mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan kapital xarajatlariga nisbati;
4) kapital sig’imi (K/Q) - kapital xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
5) tabiiy resurslar samaradorligi (Q/V) - mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan tabiiy resurslar xarajatlariga nisbati;
6) mahsulotning resurslar sig’imi (V/Q) – tabiiy resurslar sarfining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
7) ishchi kuchining kapital bilan qurollanganlik darajasi (K/Nu) -ishlab chiqarish jarayonida qo’llanilayotgan kapital hajmining ishchi kuchi miqdoriga nisbati.
Iqtisodiy o’sishni tahlil qilishda yuqorida ko’rib chiqilgan ko’rsatkichlardan tashqari, yana keyingi qo’shilgan ishlab chiqarish omillari unumdorligi ko’rsatkichlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ko’rsatkichlar, boshqa omillar sarfi o’zgarmagani holda, har bir alohida omil sarfining qo’shimcha o’sishi ta’sirida mahsulot ishlab chiqarish hajmining qo’shimcha o’sishi hajmini belgilab beradi:
1) keyingi qo’shilgan mehnat unumdorligi (∆U/∆L);
2) keyingi qo’shilgan kapital unumdorligi (∆U/∆K);
3) keyingi qo’shilgan tabiiy resurslar unumdorligi (∆U/∆N).
Bu ko’rsatkichlar yalpi mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmining o’sishida har bir omilning hissasini namoyon etib, u quyidagicha aniqlanadi:

Iqtisodiy o’sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish salohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to’liq jalb qilingan bo’lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o’sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo’ladi.
Real mahsulot o’sishini aniqlab beruvchi omillar
Real mahsulot ikki asosiy usulda:
1) resurslarning ko’proq hajmini jalb etiliti;
2) ulardan ancha unumli foydalanish yo’li bilan ko’paytirilishi mumkin;
Amaliy hayotda iqtisodiy o’sishni susaytirib turuvchi omillar ham mavjud bo’ladiki, ular mehnat muhofazasi, atrof-muhitning ifloslanishi kabi holatlar natijasida kelib chiqadi. Keyingi yillarda respublikamizda davlat tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va sog’lig’ini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu o’z navbatida iqtisodiy o’sish sur’atiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali mehnat unumdorligini oshirish uchun zarur bo’lgan mablag’lar boshqa tomonga jalb qilinadi.

Download 146,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish