Bitiruv ishining maqsadi. Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni” mavzusini interfaol metodlar asosida o‘rganishning samarali yo‘llari, metodik tizimini ishlab chiqish hamda didaktik vositalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
Bitiruv ishining vazifalari quyidagilar:
- “Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni” modulini o‘qitishning nazariy masalalarini o‘rganish.
- “Alisher Navoiyning“Hayrat ul-abror” dostoni” modulini o‘qitish jarayonida o‘zbek adabiyoti tarixi fani nazariyasi hamda amaliyotiga oid ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish;
- “Alisher Navoiyning“Hayrat ul-abror” dostoni” modulini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning samarali yo‘llarini ishlab chiqish;
- “Alisher Navoiyning“Hayrat ul-abror” dostoni” modulini o‘qitish bo‘yicha talabalar mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etishning hozirgi holatini o‘rganish va kelgusida bu sohada amalga oshiriladigan vazifalarni belgilash;
- “Alisher Navoiyning“Hayrat ul-abror” dostoni” modulini o‘qitishda fanning o‘quv materiallarini auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim uchun ajratish mezonlarini ishlab chiqish.
Bugungi kunga kelib, ta’lim tizimi oldiga O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yuqori talablar qo‘yilmoqda. Bu talablarni bajarish uchun boshlang‘ich sinflarda yuqori darajada kasbiy salohiyatga ega bo‘lgan, tom ma’nodagi ziyoli o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishi kerak. O‘qituvchi ta’lim jarayonida talabalarga zamonaviy bilimlar va milliy tarbiya asoslarini singdirishi lozim. Bu jarayonda u, birinchi navbatda, talabalarni sevishi va hurmat qilishi zarur.
Bitiruv ishining obekti: “Alisher Navoiyning“Hayrat ul-abror” dostoni” modulini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish jarayoni.
Bitiruv ishining predmeti: “Alisher Navoiyning“Hayrat ul-abror” dostoni” modulini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning mazmuni, shakli va vositalari.
Bitiruv ishining metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», tadqiqot mavzusiga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Davlat ta’lim standartlari, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Nizomlari va buyruqlari; mavzuga oid fundamental tadqiqotlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodikalar; uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |