II .Bob.Tadbirkorlik faoliyotini rivojlantirishda inovatsialarning ro’li.
2.1 Jahon sivilizatsiyasi tarixi tasdiqlashicha, iqtisodiyotni rivojlantirishning bosh kuchi bo’lib tadbirkorlik xizmat qiladi.
Tadbirkor har qanday imkoniyatni boy bermasdan, o’z manfaatida o’zi uchun iloji boricha maksimal yutuq maqsadida, hech qanday talofatlardan qo’rqmay tashabbusni qo’lga oluvchi, kuchli va harakatchan insondir. A. Smitni ko’zga ko’rinmas qo’l qoidasiga binoan, tadbirkor har qanday imkoniyatni nafaqat o’zi uchun balki jamiyat kelajagi uchun ishlatuvchidir. Tadbirkor bo’lish, demak, yangi ishni amalga oshirish qarorini qabul qilishdir.
Tadbirkorlik, iste’molchilarni turli tovar va xizmatlar bilan ta’minlash yo’li bilan, daromadni oshirishga qaratilgan turli faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyati doimiy ravishda o’z mulkiy mas’ulligidan, o’z qo’rquv va tavakkalligidan kelib chiqib yuritiladigan faoliyat hisoblanadi. Haqiqiy tadbirkor faqat o’z g’oyasiga ega bo’lgan insonlardir, olimlarni fikriga ko’ra, dunyodagi insonlarni faqat 15-20 foizigina tadbirkordek fikr yuritish va harakat qilish qobiliyatiga egadirlar. Amerikaliklar tadbirkorlarning millatini “oltin foyda” deb atashadi. Nobel’ mukofoti laureati, taniqli iqtisodchi Fridrix Fan Xayekni fikricha, tadbirkorlikning mohiyati yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlashdir, uni axtarib topishdadir.
Tadbirkorlik oddiygina faoliyat emas, u yaratuvchanlikka mos va xos faoliyatdir. Tadbirkorlikni yuritish va yuksaltirish uchun tadbirkor ijodiy xislatga ega bo’lishi kerak. Tadbirkor o’z ishini boshlar ekan, uni u aniq bir jarayon sifatida tasavvur qila olishi va bilishi zarur.
Tadbirkorlikka xos bo’lgan xislatlar bular: tashabbuskorlik; yaratuvchanlik; ijodkorlik; yangilikka intiluvchanlik; o’zining g’oyasiga ega bo’lmoqlik; tavakkalchilik va qaltislikni o’z bo’yniga olmoqlik; novatorlik, eskini buzib, ijodiy ravishday yangilik kiritilmoqda, ya’ni doimiy rivojlanmoqlik; faoliyat oqibatlarini ko’ra bilmoqlik; o’z majburiyatlarini bajarmoqlik; o’z qaroridan qaytmaslik; uddaburonlik va doimiy intiluvchanlik, yaratuvchanlik.
Qayd etilgan xislatlarga ega bo’lganlargina tadbirkorlikni aniq jarayon sifatida tasavvur qila oladilar, buzish qobiliyatiga ega bo’la oladilar, yangilikni yaratish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdadir, ya’ni eskini ijodiy yondashuv asosida buzib, yangisini ijod etishdadir. Taniqli nemis iqtisodchisi D.A.Shumpeterni fikriga ko’ra, texnologiya taraqqiyoti iqtisodiy yuksalishni boshqaradi, novatorlik ya’ni doimiy ijodiy yondashuv va yaratuvchanlik rivojlanishni ta’minlaydi. D. A. Shumpeterni fikriga ko’ra, inovatorlikni amalga oshiruvchisi bo’lib tadbirkor xizmat qiladi, moliyaviy mablag’lar esa uni ta’minotini tashkil etadi. Demak, tadbirkorlik o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra ijodkorlik, yaratuvchanlik, yangilikni tadbiq etmoqlik, tashabbuskorlik negizida tadbirkorlik, uddaburonlik, intiluvchanlik va doimiy rivojlanmoqlikni anglatadi. Ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati innovatsiya faoliyatidan boshqa narsa emasdir. Haqiqiy tadbirkorlik negizida novatorlik, yangilikni kiritish, hayotga tadbiq etish yo’li bilan rivojlanishni ta’minlash yotadi. Tadbirkorlik taraqqiyoti intiluvchanlikda, novatorlikda, yangiliklarni tadbiq etmoqlikda, tavakkal qilmoqlikda, qaltislika qo’l urmoqlikda va o’z qarorlaridan qaytmaslikda hamda ma’suliyatni seza bilmoqlikdadir. Bularni jami innovatsiya faoliyatiga ham xos bo’lgan belgilar bo’lib, tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida xizmat qiladi.
Tadbirkorlikni innovatsion faoliyatsiz his qilib bo’lmaydi, ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati oddiy biznesdan farq qiladi. Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdan, erkin bozor talablarini bilmoqlikda, ularni istiqbolini his etmoqlikda, ularga mos tovar va xizmatlarni etkazmoqlikda va shu yo’l bilan o’z maqsadlariga erishmoqlikdadir. Faqat innovatsiyalarga tayangan holda tadbirkorlikni yuritish tadbirkorlik faoliyati maqsadiga xos bo’lgan yutuqlarni va yuqori daromadni ta’minlaydi. Bunda tadbirkorlik faoliyati erkin raqobat muhitida sinmaydi u faol rivojlantiriladi, taraqqiyotga erishadi, yuksaladi.
Innovatsion tadbirkorlik uch asosiy turga bo’linadi:
mahsulot innovatsiyasi;
texnologiya (ishlab chiqarish) innovatsiyasi;
ijtimoiy innovatsiya.
Mahsulot innovatsiyasi - korxona mahsulotini sotish darajasi imkoniyatini yangilash jarayonini namoyon etadi.
Texnologiya innovatsiyasi - ishlab chiqarish imkoniyati (potentsial) yangilash jarayonidir
Ijtimoiy innovatsiyalar korxonaning gumanitar doirasini reja asosida yaxshilash jarayonini namoyon etadi.
O’zbekiston iqtisodiyotida faqat innovatsion tadbirkorlik raqobatga bardosh bera oladi, rivojlana oladi, taraqqiyotga erisha oladi, chunki uni innovatsiyalar yuksaltira oladi. Novatorlik asosida innovatsiya faoliyatiga tayanib tadbirkorlikni tashkil etish, oddiy biznesni yuritishdan farqli ravishda rivojlanishni ta’minlaydi. Doimiy izlanishga, yangilikni kiritishga, raqobatbardoshlikni yo’lga qo’yishga, muntazam modernizatsiyalarni ta’minlashga, fan va texnika yutuqlari natijalarini joriy etib borishga qaratilgan tadbirkorlik albatta o’z taraqqiyotiga erishadi va yuksalib boradi, chunki u bunda bozor talablarini qondira oladi, natijalarga erisha oladi.
. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning innovatsiya faoliyati ruriyati va ularda innovatsiya strategiyasini shakllantirish
O’zbekistonda mulkchilikning turli shakllari rivojlanishiga yo’l ochilishi bilan tadbirkorlikni rivojlantirishning haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yaratildi:
Xususiy mulkchilikning iqtisodiyotda alohida mavqega ega bo’lishi va mulk shakllari teng huquqliligining ta’minlanishi;
tadbirkorlik va tanlash erkinligi;
foyda va daromad olishga intilish;
raqobat va raqobatchilik muhiti;
narx erkinligi;
davlatning iqtisodiyotga, xususan tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvining cheklanganligi;
Tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari quyidagi sifatlarini belgilab beradi:
mustaqil xo’jalik yuritish, mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, narx belgilash va tasarruf qilish erkinligi;
ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga bo’lgan mulkchilik huquqlarining ta’minlanishi;
erkin tadbirkorlikni ta’minlaydigan muayyan umumiy qonunchilik, soliq imtiyozlari, tadbirkorlikni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjudligi;
etarli moliyaviy mablag’, moddiy texnika resurslari, yuqori malakaga ega bo’lish, iqtisodiy xavf-xatarga qo’l ura bilish va hokazolar.
Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi subektlar teng huquqli bo’lib, raqobat muhitida o’z faoliyatini olib borish imkoniyatlariga ega bo’lishadi. Erkin raqobat muhitini yaratilishi va uni tobora kuchayib borishi xo’jalik yuritish sub’ektlari zimmasiga ularning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, doimiy tarzda rivojlanishni, yangilanishni, raqobatbardosh bo’lishni yuklaydi. Bunday sharoitda oddiy xo’jalik yuritish naf keltirmaydi, raqobatbardoshlikni taminlamaydi, bankrotlikka olib keladi. Shuning uchun ham erkin raqobat muhitida faoliyat yuritish xo’jalik yurituvchilar zimmasiga anchagina ma’suliyat vazifalarini belgilab, ularni ta’minlab borishni yuklaydi. Raqobatbardoshlikka erishish va uni doimiy ravishda ta’minlash xo’jalik yurituvchi sub’ekt zimmasiga mulkiy shaklidan qat’iy nazar, tadbirkor bo’lishni, rivojlanish yo’lini tanlab olishni, iqtisodni belgilab olish vazifalarini yuklaydi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bunday sharoitdagi asosiy vazifasi raqobatbardoshlikni ta’minlagan holda o’z maqsadiga erishishdir. Raqobatbardosh mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqarish va ayni paytda yuqori daromadga erishish xo’jalik yurituvchi sub’ektdan izlanuvchi ijodkor bo’lishni, yangiliklarni doimiy joriy etishni, yaratuvchan bo’lishni, yangi ishni amalga oshiruvchi, fan va texnika yutuqlari natijasidan oqilona foydalanuvchi, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi xo’jalik yuritishni yangi tashkiliy jihatlarini targ’ib etuvchi, boshqaruvni takomillashtiruvchi, bozorni tadqiq etuvchi bo’lishni, tovarlarni yangi turlarini ishlab chiqaruvchi, resurs tejash usullaridan foydalanuvchi, raqobat muhitiga moslashuvchi, novator bo’lishni, barcha innovatsiyalarini o’z faoliyatiga kiritib boruvchi bo’lishni, uddaburonlik va hokazolarni talab etadi. Shunday ekan, har qanday xo’jalik yurituvchi sub’ekt birinchi navbatda tadbirkor sifatida innovatsiya faoliyatini yuritishi zarur. xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini oddiy yo’l bilan olib borar ekan, u erta yoki kech raqobat muhitida engiladi, ko’zlagan maqsadiga erisha olmaydi, rivojlana olmaydi, oxir oqibatda engiladi, bankrotlikka uchraydi. Shuning uchun ham har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini innovatsiyalar asosida amalga oshirishi zarur. Albatta innovatsiyalar keng qamrovlidir. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini tanlov asosida tashkil etar ekan, u innovatsiyalar qamrovini ham aniqlab olishi, novatorlik yo’li bilan rivojlanib borishni belgilab olishi zarurdir.
Innovatsiya strategiyasi korxonaning tashkiliy, ishlab chiqarish, texnologik, boshqaruv va boshqa tuzilmaviy salohiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi. Innovatsiya strategiyasi o’zining qamrovi, muddatlari, sohalari, yo’nalishlari bilan farqlanadi. Innovatsiya strategiyasi korxonaning o’z imkoniyatlari hamda iqtisodiyotning bozor infratuzilmaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib shakllantiriladi. Ko’p hollarda innovatsiya strategiyasi iqtisodiyotdagi umumiy muhit bilan, erkin raqobat muhiti holati bilan, soha va tarmoqlardagi holat, ishlab chiqarish, texnologik, tadbirkorlik salohiyatlari va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib shakllantiriladi. Korxona faoliyati tanlov asosida tashkil etilishi uni u yoki bu innovatsiya strategiyalarini ishlab chiqishga undaydi. Innovatsiya strategiyasini shakllantirish yuqorida qayd etilganidek innovatsiya loyihasi sifatida shakllantiriladi. Innovatsion loyihalar portfeli ko’pgina hollarda ular tarkibidan tanlovni tashkil etish imkoniyatini beradi. Innovatsion loyihalar muayyan muddatlarga tuzilib o’zlarining turli jihatlari bilan farqlanadi. Ularga xos bo’lgan umumiy jihatlar shundan iboratki, barcha innovatsion loyihalar o’zlarining hayotiy tsikl va fazalariga egadir. Innovatsion loyihalar texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanadi, ularni amalga oshirish imkoniyatlari baholanadi, manbali tahlil qilinadi, aniq maqsadlari samaralari hisoblanadi. Innovatsion loyihalar bo’lajak natijalari samarali taqqoslanadi, hayotiy tsikl jarayonidagi fazalaridagi risklar o’lchanadi, ularni boshqarish yo’li bilan pasaytirish tadbirlari ishlab chiqiladi.
Innovatsiya strategiyasi korxona, xo’jalik yuritish sub’ektlari uchun aniq yo’nalishlar bo’yicha rivojlanib borish, erkin raqobat muhitida o’z mavqesini mustahkamlab borish, moliyaviy holatni barqarorligini ta’minlash, yuqori daromadlar olish va boshqa imkoniyatlarni kengaytirib borishni ta’minlaydi.
Innovatsiya strategiyasi innovatsiya loyiha sifatida shakllantirilib, uning biznes-rejasi ishlab chiqiladi va istiqboli belgilanadi.
Innovatsiya strategiyasini mukamalligi avvalom bor xo’jalik yurituvchi sub’ekt yoki korxona salohiyatiga, bilimlar darajasiga, ijodiy yondoshuvga, yaratuvchanlikka, istiqbolni tasavvur qila olishga, axborotga ega bo’lishga, o’rnatilgan xalqaro aloqalarni rivojlantirishga, zamonaviy texnologiyalarni bilishga va qator boshqa omillarga bog’liqdir. Korxona tadbirkorlik faoliyati salohiyati uning innovatsiya strategiyasini aniqlovchisi sifatida xizmat qiladi. Innovatsiya sirategiyasini shakllantirishda yana asosiy omillardan biri erkin bozor holatidan kelib chiqib, uni istiqbolini belgilash va faoliyat tanlovini aniq amalga oshirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |