Korreksion guruh turlari
Korrеksion mashg`ulot davomida psixologik trеningning quyidagi ko`rinishlaridan foydalanilаdi:
1. Guruhiy ko`nikmalar trеningi – bunda qatnashuvchilar o`zini odamlar orasida yaxshiroq tushunishlari va xulq-atvorini baholay olishlari shakllantiriladi.
Bu guruhlarda quyidagi vazifalar qo`yiladi va hal qilinadi: shaxslararo munosabatning yaxshilanishi, kommunikativ ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Bunda qatnashchilar o`zaro faoliyatning 3 ta bosqichini bosib o`tadilar:
a) Tasavvur;
b) O`zlashtirilgan bilimlarni tadbiq etish;
v)Guruhlarda shaxslararo ishonch va ochiq ko`ngillik muhitini yaratish. Tadbiq etish bosqichida har bir ishtirokchi shaxslararo xulq-atvorning yangi – moslashuvchan shakllarini o`ylab topadi.
2. Uchrashuv guruhlari. Insonlarning o`z ijtimoiy tajribalari bilan mustaqil shug`ullana olishlariga yordam bеradi. Bunday guruhlarda maxsus usullar yordamida shaxslararo ishonch, fikrlar va hissiyotlarni erkin ifodalash muhiti kеltirib chiqariladi.
Guruh qatnashchilari shaxslararo faoliyatning bir qator bosqichlarini qayta ko`rib chiqadi. Bu jarayon quyidagi tarzda amalga oshiriladi: Qatnashchilar juftlikka bo`linadilar va birinchi tasavvurlari bilan o`rtoqlashadilar. Ular o`rtasida ishonch munosabatlari paydo bo`la boshlaydi. Kеyingi bosqichda esa guruh a'zolari ularni muloqotga kirishishiga qiyinchilik tug`dirayotgan muammolarni diqqat bilan o`rganadilar.
3. Gеshtalt guruh trеningi. Bunda ishtirokchilar, avvalo, o`z hissiyotlarini anglab va tahlil qilishni o`rganadilar. Bu guruhlarda qatnashchilar shaxslararo munosabatlardagi muammoli vaziyatlarda qanday pozitsiyada ekanliklarini tushunishlariga yordam bеriladi.
4. Psixodrama guruhi. Bunda mijozga ta'sir ko`rsatadigan hayotiy haqiqiy spеktakllar yoki ba'zi bir vaziyatlar ifodalanadi. Psixodrama boshqa usullarga qaraganda noan'anaviy yo`nalishda olib boriladi. Dastlab guruhda tayyorgarlik mashqlari amalga oshiriladi. Bunda guruh a'zolari psixodramada bajariladigan ma'lum bir rolni bajarib ko`radilar.
Bugungi kunda shaxs xususiyatlari va ularning kamolotini diagnostika qilish imkonini beruvchi talaygina psixodiagnostik metodlar mavjud bo’lib, ular orasida proektiv metodikalar alohida o’rinni egallaydi.
Proektiv metodikalar xayol va fantaziya mahsullarini tahlil qilishga asoslangan bo’lib, shaxsning ichki dunyosi, uning sub’ektiv kechinmalari, fikr, ustanovkalarini ochishga qaratilgan. Proektiv metodikalar shaxs diagnostikasi uchun mo’ljallangan metodikalar guruhi bo’lib, ular uchun shaxsning alohida, ayrim xususiyatlarini emas, uni umumlashgan holda(global tarzda) baholash xosdir. Proektiv metodikalarning eng muhim belgisi ularda noaniq stimullarning qo’llanilishi bo’lib, sinaluvchining o’zi ularni to’ldirishi, tavsiflashi, izohlab berishi mumkin. Hozirda proektiv metodikalar keng qo’llaniladigan, ko’p tarqalgan metodikalar sirasiga kiradi. A.Anastazining ma’lumotlariga ko’ra, alohida proektiv texnikalar bo’yicha nashr, adabiyotlar 6000 dan ortiqni tashkil etadi. Shunga qaramay, ushbu guruh metodikalari psixodiagnostik vositalarga qo’yiladigan talablarga unchalik mos kelmasligi, ya’ni ularning etarlicha ob’ektiv emasligi nuqtai nazaridan tanqid qilinadi. A.Anastazining ta’kidlashicha, proektiv texnikalarga xos bo’lgan kamchiliklardan biri - normativ ma’lumotlarning noadekvatligi yoki umuman mavjud emasligidir. Bu esa olingan natijalarni tavsiflashda (interpretatsiya qilishda) qiyinchiliklarga hamda sub’ektivizmga olib keladi.
Proektiv metodikalarning yana bir kamchiligi —ko’rsatkichlarni aniqlashdagi ob’ektivlikning mavjud emasligi hamda retest ishonchlilik koeffitsentining qoniqarli darajada bo’lmasligidir.
Ularni validizatsiya qilish eksperiment sharoitlarini nazorat qila olmaslik yoki statistik tahlilning asoslanmaganligi va tanlanma to’g’ri shakllanmaganligi kabi uslubiy kamchiliklar tufayli murakkab hisoblanadi (“Odam rasmi”, “Siyoh dog’lari” metodikalari).
Biroq, ko’rsatilgan kamchiliklarga qaramay, proektiv metodikalar mavqei amaliy jihatdan pasaymaydi. Bu esa quyidagi holatlar bilan bog’liq:
Psixodiagnostlarning tan olishlaricha, proektiv metodikalar so’rovnomalarga nisbatan sinaluvchilar tomonidan falsifikatsiya (noto’g’ri talqin) qilinmaydi, shu sababli shaxsni diagnostika qilishda yaroqliroq sanaladi.
Proektiv metodikalarning ustunligi shu bilan bog’liqki, ularning maqsadi odatda yashiringan bo’ladi. Sinaluvchi Shaxs olingan diagnostik ko’rsatkichlarni interpretatsiya qilish yo’llarini bilmaydi va ularni o’zining Shaxs xususiyatlari bilan bog’lay olmaydi.
Proektiv metodikalar sinaluvchilar bilan, ayniqsa, yosh bolalar bilan ishlashda ular bilan aloqa (kontakt) o’rnatishda samarali hisoblanadi. Odatda ushbu metodikalar sinaluvchilarda qiziqish uyg’otadi va ular topshiriqlarni bajarishga tezda kirishib ketadilar.
Demak, proektiv metodikalarni qo’llashda boshqa metodlarga nisbatan sinaluvchilarda diagnostika jarayoniga alohida motivatsiya yaratish zaruriyati mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |