I bob ijtimoiy reabilitatsiya tushunchasi mohiyati


Ta`lim muassasalaridagi ijtimoiy reabilitatsion faoliyat tizimi



Download 42,18 Kb.
bet3/7
Sana18.07.2022
Hajmi42,18 Kb.
#824437
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Asadov shoxruh ijtimoiy pedagogika

1.2 Ta`lim muassasalaridagi ijtimoiy reabilitatsion faoliyat tizimi
Har bir hududda bolalar va o`smirlarga ijtimoiy yordam ko`rsatish xizmati ma’lum kontingent asosida hududni inobatga olish tamoyilidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Ta’lim tizimining reabilitatsiya xizmati – bu har bir bolaning yaxshi rivojlanishini va ijtimoiylashuvini ta’minlovchi, ularni kompleks xolda reabilitatsiya qilishga qaratilgan elitar, adaptiv tashkilotlar (maktablar), profilli (kesim) tashkilotlarning umumiy xizmatidir.
Reabilitatsiya qilish xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Bolalar va o`smirlarning rivojlanishidagi o`zgarishlarning (deformatsiyalanish) sabablarini aniqlash.
2. Ularni bartaraf etishning vosita va usullarini topish.
3. Ta’lim-tarbiya va yashash sharoitini jadallashtirish.
4. Normal shaxsning shakllanishiga qaratilgan adekvat (bir xil) pedagogik jarayonni vujudga keltirish.
5. Maxsus reabilitatsion xizmatga muxtoj bolalarga korrektsion rivojlantiruvchi maxsus dasturlar asosida xar tomonlama yordam berish va xokazo.
Reabilitatsiya qilish tamoyillari:
1. Hududdagi iqtisodiy, ijtimoiy, hududiy uziga xosliklarni inobatga olish.
2. Reabilitatsion tadbirlarning xilma-xilligi.
3. Pedagogik, ijtimoiy-psixologik va biologik metodlarning birligi.
4. Boskichlilik.
5 Individuallik, gumanistik yondashish.
Reabilitatsion xizmat ko`rsatishning axamiyati:
a). Bolaning sog`ligini, qiziqishi va huquqlarini himoyalash.
b). Deviatsiya xolatidagi rivojlanishni oldindan profilaktika qilish.
v). Pedagogik jarayonni insonparvarlashtirishni tashkil etishdan iborat.
Reabilitatsiya qilish ob’ektlari va sub’ektlari:
1. Ijtimoiy-pedagogik jihatdan karovsiz kolgan bolalar.
2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, deviant, dezadaptatsiyalangan bolalar va yetimlar.
3. Psixosomatik va asabiy, ruxiy kasallangan bolalar.
Reabilitatsion xizmatni boshqarish modeli va uni amalga oshirish mexanizmi.
Hududdagi ijtimoiy madaniy vaziyatlarning uziga xosligi reabilitatsion xizmatning ma’lum modelini yaratish imkonini beradi. Bu model bola va o`smirlarning:
1. Umumorganizmini reabilitatsiya qilish (tibbiy).
2. SHaxs sifatida reabilitatsiya qilish (psixologik).
3. Ijtimoiy sub’ekt sifatida (ijtimoiy).
4.Faoliyat sub’ekti darajasiga ko’tarishga qaratilgan reabilitatsion xizmatnihg bo`lishi kerak. Bu quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
Ijtimoiy reabilitatsion vazifa- nogiron, jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega bolalar bilan tarbiyaviy va o`quv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy ijtimoiy vazifalarni pedagog bajaradi.
Shu bilan birga u vazifalarning yanada kengrok tavsiflarini xam beradi:
1.Falokatga uchragan bola(o`smir)larga yordam ko`rsatish. Inkirozdan chikish yo`llarini topish, kiyin vaktda ko`llab-kuvvatlash xam muximdir;
2.Bola(o`smir)ni, uning xolatini, oila va maktabdagi munosabatlarini o`rganish;
3.Bolani o`rab turgan va unga ta’sir kiluvchi turli ijtimoiy soxalardagi ijtimoiy tarbiya xolatining taxlili;
4. Ijtimoiy pedagog dikkatini ijobiy tajribani taxlil qilishga, tarkatishga va tarkib qilishga karatishi;
5.Bola(o`smir) faoliyatini o`z-o`zini tarbiyalash, o`z-o`zini o`kitish va o`z xayotini mustaqil tashkil kila bilishga karatishi ;
6.Ijtimoiy pedagog bola (o`smir) muammolarini xal kiluvchi, uning inkirozi, xukuklariga alokador tashkilotlar xamda mutaxassislarni birlashtirish bilan xam shugullanishi;
7. Ijtimoiy pedagogning vazifalaridan biri ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini o`rganishni tashkil qilish, ijtimoiy pedagoglar faoliyatini taxlil qilishdan iboratdir.
Hududiy reabilitatsion xizmati xodimlarining faoliyati ular agarda quyidagi mexanizm asosida faoliyat yuritsalar samarali bo`ladi, ya’ni:
1. Reabilitatsion xizmat ko`rsatishda muassasalararo umumhamkorlik.
2. Reabilitatsion xizmat ko`rsatishni ilmiy metodik ta’minlash.
3. Reabilitatsion xizmatda kadrlar masalasi yo`lga qo`yilgan bo`lsa.
4. Reabilitatsiya qilish ob’ektlarini tanlash va diagnostika qilish.
5. Reabilitatsiya sub’ektlarining kelishuvi asosida faoliyat yuritilsa.
Ta’lim muassasalarida reabilitatsion faoliyat tizimi
Reabilitatsion faoliyat vazifalari, ob’ektlari va yo`nalishlari Bu yo`nalishda faoliyat yuritadigan muassasalar Reabilitatsion dasturlarni amalga oshiruvchi ishchilar toifalari
1) Ruxiy-pedagogik reabilitatsiya.
Ob’ekt- ijtimoiy va pedagogik karovsiz bolalar.
Vazifalari:
-maktab va oilaviy kamsitishlarni yengish
-etakchi faoliyatda muvafakkiyatga erishish
-rukiy va shaxsiy rivojlantirishning uygunlashuvi
-ijobiy “men” obrazini shakllantirish
- ijtimoiy adovat profilaktikasi Umumta’lim maktabgacha muassasalari maktablar, oddiy gurux (sinf) korrektsion sinf, individual o`kitish maktablari, o`smirlar va bolalarga psixologik yordam ko`rsatish markazlari.
Pedagoglar. Amaliy psixologlar.
Logopedlar.
Korrektsion ta’lim o`kituvchilari.

2) ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya.


Ob’ekti-nizoli tarbiviy vaziyatda kolib ketgan dezadaptatsiya bo`lgan bolalar, voyaga yetmagan xukukbuzarlar vazifalari:
-xukuklarni ximoya qilish, vasiylik
-nazoratsizlikni oldini olish
- ijtimoiy zararli omillar profilaktikasi
- ijtimoiy makomning tiklanishi
-psixofizik va shaxsiy rivojlanish sur’atlarini ushlab kolish Go`daklar uyi.
Bolalar uyi.
Maktab internati. Maxsus maktablar, xospislar.
Ijtimoiy yordam va ijtimoiy reabilitatsiya markazlari ijtimoiy pedagoglar.
ijtimoiy ishchilar. Amaliy psixologik tarbiyachilar. Bolalar xukuklarini ximoya kiluvchi inspektorlar. Psixoterapevtlar. Psixonervologlar.
3) tibbiy pedagogik reabilitatsiya.
Ob’ekt-nogiron bolalar surunkali kasalliklarga chalinuvchi bolalar, akliy imkoniyatlari cheklangan bolalar
Vazifalar:
-tarbiyaviy mikromuxit gigienasi
-soglomlashtirish va davolash
-tibbiy profilaktika
-soglikni saklash
- ijtimoiy adaptatsiya va reabilitatsiya
-zaxiradagi imkoniyatlardan foydalanish
-kompensatorlik funktsiyalarini rivojlantirish Korrektsion maktab nogironlar uylari, soglik markazlari, davolash markazlari, terapevrt pedagog, maktabgacha muassasalar va logopedik guruxlar, raebilitatsiya markazlari Pedagog-defektolog. O`kituvchi-defektolog. Tarbiyachilar. Valeologlar, ijtimoiy ishchilar. ijtimoiy pedagoglar, tibbiy xodimlar. Psixolog-defektologlar.

Ijtimoiy jihatdan qarovsiz qolgan o`smirlarning o`z oilasidan va maktabdan begonalashishi ancha chuqur xarakter kasb etadi. Ularning shakllanishi asosan antiijtimoiy va kriminal guruhlar ta’siri ostida kechadi. Ular uchun salbiy ijtimoiy xarakterlar, qonunga qarshi bo`lgan faoliyatlar (daydilik, narkomaniya, mastlik – mayxo`rlik, tajavvuzkorlik, tovlamagarchilik, yulg`ichlik) xarakterlidir. Odatda ular kasbiy yo`nalmagan, mehnat qilishga mutloqo hohishlari bo`lmay, parazitik xayot kechirishga moyillik juda kuchli bo`ladi. Bunday o`smirlar bilan o`quv – tarbiya muassasalari sharoitida ish olib borish, ularni tuzatish qiyin. SHu sababli ularni voyaga yetmagan o`smirlar bilan ish olib boruvchi militsiya bo`limida hisobga qo`yish va mahsus, yopiq tipdagi o`quv – tarbiya muassalariga o`tkazish lozim.


Dezadaptatsiyalashuvning xarakteriga qarab shaxsni tuzatish, reabilitatsiya qilishda odam psixikasidagi salbiy tomonlarni aniqlovchi, psixologo –pedagogik jihatdan tuzatuvchi dasturlar yoki ijtimoiy –pedagogik jihatdan shaxsni ijtimoiylashtirish dasturlari ko`proq qo`llaniladi.
Reabilitatsiyalanish jarayonining qiyin kechishi ham mumkin. Bunda bir bola –o`smirning o`zida dezadaptatsiyalanishning turli shakllari, ya’ni, patogen, ruxiy –ijtimoiy va ijtimoiy xillari qo`shilib ketgan bo`ladi. Demak, diagnostika –korrektsiya qilish dasturlari ham shunga yarasha yuqorida sanab o`tilgan dezadaptatsiyalanish shakllarini tuzatishga qarata yo`naltirilmog`i lozim.


Download 42,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish