2.2 Mehribonlik uyida reabilitatsion ish olib borish
Ijtimoiy reabilitatsion muassasalarga mehribonlik uylari misol bo`la oladi. Mehribonlik uylari - yetim va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalar uchun davlat tomonidan ochilgan taʼlim tarbiya muassasasi. Yetim yoki qonuniy vasiylar qaramogʻida boʻlmagan bolalar, ota-onalari sud hukmi bilan otaonalik huquqidan mahrum qilingan, otaonalari voz kechgan bolalar uchun tashkil qilingan. Mehribonlik uylarida 3 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan sogʻlom bolalar yashashi va tarbiyalanishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi. Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarni oʻqitish va boqish toʻla davlat taʼminoti asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Mehribonlik uylari 3—7 yoshli bolalar uchun bolalar botasi tartibida, 7—16 yoshli bolalar uchun umumiy oʻrta taʼlim maktabi tartibida ishlaydi hamda maktab taʼlimtarbiyaviy dasturiga muvofiq ish olib boradi. Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarning maktab oʻquv dasturini toʻliq oʻzlashtirishlari, ularning mehnat koʻnikmalarini shakllantirish va mustahkamlash, jismoniy kamol topishlari, axloqiy hamda estetik tarbiya olgan barkamol shaxslar boʻlib yetishishlari taʼminlanadi. Shuningdek, yuqoridagi maqsadlarga qaratilgan maʼnaviymaʼrifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar olib boriladi.
Mehribonlik uylari Oʻzbekistonda dastlab 1918-yil yetimxonalar asosida bolalar uyi nomi bilan tashkil etilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida jangchilarning bolalari uchun maxsus bolalar uylari ochilib, ularda Ukraina, Belarus, Litva, Latviya, Estoniya, Moskva, Leningrad va boshqa shaharlardan keltirilgan bolalar tarbiyalandi. Mustaqillik yillarida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan "Bolalar uylari" Mehribonlik uylari deb nomlana boshlandi. 2002-yil Oʻzbekistonda 27 Mehribonlik uylari ishladi, ularda 3650 bola tarbiyalandi. O'zbekiston Respublikasi Farg'ona viloyati Marg'ilon shahrida joylashgan 1-sonli Mehribonlik uyi ham 1924-yilda tashkil topgan.
Bolalar uyi quyidagi tiplarga bo‘linadi:
a) bolalar 3 yoshgacha bo‘ladigan umumiy tipdagi Bolalar uyi. Zaruriyat bo‘lganda ushbu muassasalarda 4 yoshgacha qabul qilinadigan, ular 7 yoshgacha bo‘lishi mumkin bo‘lgan psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan guruhlar tashkil etiladi;
b) 4 yoshgacha qabul qilinadigan, ular bu erda 7 yoshgacha bo‘lishi mumkin bo‘lgan psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi Bolalar uyi.
Bolalar uylarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
tarbiyalanuvchilarni tibbiy yordam bilan ta’minlash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish, ularni kamol toptirish va qo‘llab-quvvatlash;
tarbiyalanuvchilarni to‘laqonli psixologik reabilitatsiya qilishga, ijtimoiy moslashishga va jamiyatga integratsiyalashga ko‘maklashadigan uy sharoitiga yaqinlashtirilgan shart-sharoitlar yaratish;
tarbiyalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilishni ta’minlash;
tarbiyalanuvchilarni psixologik, intellektual va jismoniy kamol toptirishni ta’minlash;
tarbiyalanuvchilarni dispanserizatsiyalash, profilaktika, davolash va sog‘lomlashtirishni, psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun korreksiya-tiklash tadbirlarini, tarbiyalanuvchilarni tibbiy-psixologik-pedagogik reabilitatsiya qilishni o‘z ichiga oladigan davolash-sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish;
davolash-sog‘lomlashtirish, ta’lim-tarbiya va, zaruriyat bo‘lganda, korreksiya-rivojlantirish jarayoni sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ish shakllari va usullarini takomillashtirish;
zarur tarzdagi sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi rejimlarni ta’minlash, infeksiyalar paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish
Hozirgi kunda mehribonlik uylari ijtimoiy reabilitatsion muassasa sifatida faoliyat yuritmoqda.
Quyidagilar Bolalar uyiga qabul qilinadi:
a) yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar:
ota-onalari vafot etgan, ota-onalar ota-ona huquqlaridan mahrum etilgan, ota-onalarning ota-ona huquqlari vaqtincha cheklangan, ota-onalar huquqiy layoqatsiz deb e’tirof etilgan, ota-onalar kasal bo‘lgan, ota-onalar uzoq vaqt (6 oydan ortiq) bo‘lmagan, shu jumladan ota-onalar o‘z bolalarini tibbiyot muassasalaridan olishni rad etgan hollarda, shuningdek ota-ona qarovi mavjud bo‘lmagan boshqa hollarda;
tashlandiq (topilgan) bolalar;
qoldirib ketilgan bolalar (tug‘ruq muassasasidagi yoki statsionardagi hamda tekshirish va davolashning to‘liq kursidan o‘tgan, biroq uzrli sabablarsiz uch kun muddatda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan olinmagan bolalar);
b) o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish imkoni yo‘qligi tufayli doimiy ravishda yakka tartibda parvarish qilishga muhtoj psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar ota-onalar roziligi bilan va ota-onalari bor-yo‘qligidan qat’i nazar;
v) o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan taqdim etilgan tegishli hujjat bo‘yicha kam ta’minlangan oilalarning bolalari, shuningdek faqat ota-onasining biriga (ona yoki otaga) ega bo‘lgan bolalar tuman (shahar) hokimining qarori bo‘yicha, bolaning bu erda bo‘lishi muddatini uzaytirish keyinchalik qayta ko‘rib chiqilgan holda 1 yilgacha muddat bilan. Bolalar uyiga bolalar yangi tug‘ilgan paytdan boshlab qabul qilinadi va 3 yoshgacha tarbiyalanadi, bolada psixofizik rivojlanish buzilishi mavjud bo‘lgan hollarda esa – 4 yoshgacha tarbiyalanadi, tuman (shahar) hokimining belgilangan tartibdagi qarori asosida bu erda ularga 7 yoshgacha bo‘lish imkoni beriladi. . Quyidagilar Bolalar uyiga qabul qilishga vaqtinchalik monelik hisoblanadi:
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
teri va sochning yuqumli kasalliklari;
o‘tkir, shu jumladan virusli yuqumli kasalliklar;
markaziy asab tizimining o‘tkir kasalliklari;
teri-tanosil kasalliklari.
Ko‘rsatib o‘tilgan kasalliklarga chalingan bolalar statsionar davolanish uchun hududiy davolash-profilaktika muassasalariga yuborilishi zarur va davolanish tugallangandan keyin Bolalar uyiga yuboriladi. Tarbiyalanuvchilar belgilangan tartibda quyidagilar bilan ta’minlanadilar:
ularga nisbatan inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insonparvarlik munosabatida bo‘lish;
oilasi bilan aloqada bo‘lish, miqdorlari cheklanmagan holda jo‘natmalar, banderollar olish;
bepul ovqatlanish, kiyim-kechak, poyabzal va ashyoviy ta’minlashning boshqa buyumlari hamda tasdiqlangan normalar bo‘yicha yumshoq anjomlar bilan ta’minlanish.
Zaruriyat bo‘lganda tarbiyalanuvchilar protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul ta’minlanadilar. Buyerda bolalarga psixologik –pedagogik xizmat olib boriladi.Psixologik-pedagogik xizmat; tarbiyalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
tarbiyalanuvchilar bilan diagnostik, profilaktik, korreksion, maslahat berish va reabilitatsiya ishlarini muvofiqlashtiradi;
vrachlar, tarbiyachilar, pedagoglar, muassasa ma’muriyati va Bolalar uyining boshqa xodimlari bilan profilaktik, maslahat berish, ta’lim (seminarlar, treninglar) ishlarini olib boradi;
tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan maslahat berish va reabilitatsiya ishlarini olib boradi
Do'stlaringiz bilan baham: |