I bob. Fermer xo‘jaliklari raqobatbardoshligini oshirishning nazariy va uslubiy asoslari


Buxoro viloyati fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularga ta’sir etuvchi omillar dinamikasi



Download 1,54 Mb.
bet22/29
Sana20.06.2022
Hajmi1,54 Mb.
#683016
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Bog'liq
Fermer xo`jaliklari raqobatbardoshligini oshirishning asosiy yo`nalishlari (buxoro tuman fermer xo`jaligi materiallari asosida)

Buxoro viloyati fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularga ta’sir etuvchi omillar dinamikasi
11-jadval

Yillar

1 gektar
erdan
olingan
yalpi
maxsulot
kiymati,
ming.sum
V

Hosil-
dorlik,
s/ga
X1

1 gektar
erga ki-
lingan
xara-
jat,
ming.
sum
X2

1 YOMM sotish
shoxobchasiga
tugri
keladigan
fermer
xujaliklari
er maydoni, ga
X3

Mineral
ugitlar
sotish
shoxobchasi
X4

2010

458,900

30,000

320,500

3812,300

89

2011

568,550

31,600

388,600

3678,800

106

2012

684,150

31,050

493,050

3669,568

132

2013

880,350

32,300

647,950

3822,702

126

2014

1022,000

31,450

762,850

3876,140

126

2015

1070,150

31,300

866,900

3876,140

126

2015
y.da
2010 y.ga
nisba-
tan,%































233,199

109,000

270,483

101,674

143,943































Tahlilda natijaviy ko‘rsatkich sifatida fermer xo‘jaliklarida 1 gektar ekin maydonidan olingan yalpi mahsulot qiymati olindi, ta’sir etuvchi omillar sifatida esa hosildorlik, 1 gektarerga qilingan xarajat, bitta YOMM sotish shoxobchalariga to‘g‘rikeladigan fermer xo‘jaliklarining er maydonlari va mineral o‘g‘it sotish shoxobchalari soni olindi. Jadval ma’lumotlarini kompyuter dasturi yordamida qayta ishlash asosida tegishli natijalar olindi. Jumladan, boshqa omillar o‘zgarishsiz deb qaralganda eng katta ta’sir ekin maydonlaridan olingan hosildorlikka to‘g‘ri keladi. Natijaviy ko‘rsatkich bilan ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanish regressiyaning quyidagi chiziqli tenglamasi orqali ifodalandi, ya’ni:
Y=8,06X1 +0,92 X2 +0,29 X3+2,07X4-1348,79
bu erda,
Y – qishloq xo‘jaligida 1 gektar erdan olingan yalpi mahsulot,ming. so‘m;
X1 –hosildorlik, s/ga;
X2 – 1 gektar erga qilingan xarajat, ming. so‘m;
X3 – 1ta YOMM sotish shoxobchasi tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan er maydoniga;X4 – mineral o‘g‘it sotish shoxobchalari soni, birlik.
12-jadvalda keltirilgan natijalardagi koeffitsient miqdorlaridan ko‘rinib turibdiki, hosildorlikning oshishi boshqa omillar o‘zgarmagan holda qishloq xo‘jaligida 1 gektardan olingan yalpi mahsulotning o‘rtacha 8,06 so‘mga, 1 gektar erga qilingan xarajatning oshishi boshqa omillar o‘zgarmagan holda qishloq xo‘jaligida 1 gektardan olingan yalpi mahsulotning o‘rtacha 0,92so‘mga, 1 ta YOMM sotish shoxobchasiga to‘g‘ri keladigan er maydonining 1 gektarga oshishi boshqa omillar o‘zgarmagan holda qishloq xo‘jaligida 1 gektardan olingan yalpi mahsulotning o‘rtacha 0,29 so‘mga va, nihoyat, mineral o‘g‘it sotish shoxobchalar sonining bittaga ko‘payishi boshqa omillar o‘zgarmagan holda qishloq xo‘jaligida 1 gektardan olingan yalpi mahsulotning o‘rtacha 2,07so‘mga oshishiga olib keladi.
12- jadval
Regressnoy tahlilning yakuniy natijalari 24



Regression statistika




Ko’plik K

0,99718027

K-kvadrat

0,994368492

Normalangan K- kvadrat

0,971842458

Standart xato

41,77037859

Kuzatuvlar

6




Koeffitsientlar

Standart xato

1-statistika

U-kesishgan joy

-1348,78727

2068,989462

-0,651906303

Uzgaruvchan X1

8,057888453

12,77978964

0,630518082

Uzgaruvchan X2

0,923944745

0,305437285

3,024990038

Uzgaruvchan X3

0,28685757

0,491168448

0,58403094

Uzgaruvchan X4

2,070339369

2,88671245

0,717196259

Binobarin, yakin kelajakda qishlok xo’jaligi infratuzilma ob’ektlari sonining kupayib borishi qishlok xo’jaligi ishlab chikarish samaradorligini oshishi va aholi bandlik darajasiga ijobiy ta’sir etishidan dalolat beradi.


Ma’lumki, xozirgi jaxon moliyaviy-iktisodiy inkirozi okibatlarini bartaraf etish va iktisodiyotning real sektori korxonalarining moliyaviy barkarorligini oshirish chora-tadbir- laridan biri bu axolini, ayniksa, qishloq yoshlarining bandligini oshirish va yangi ish urinlarini tashkil etishga kumaklashish maqsadida xizmat kursatish va kichik biznes sohasini rivojlantirish muhim omil hisoblanadi.
Xulosa kilib aytganda, jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida fermer xujaliklarini barkaror rivojlantirishga tusiq bulayotgan muammolarni xal qilishga tizimli tarzda yondashish, barcha yunalishdagi tadbirlarni uzaro mutanosib holda olib borish, bu jarayonlarni davlat tomonidan xar tomonlama qo’llab-quvvatlashni yulga qo’yish, yaqin istiqbolda jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi oqibatida kelib chiqishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlarning oldini olish, fermer xo’jaliklari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, qishloqda kushimcha ish o’rinlarini tashkil qilish va pirovard natijada qishloqda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma tizimini yanada rivojlantirish qishloq aholisining turmush darajasini ko’tarishga mustahkam asos bo’ladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Olib borilgan tadqiqotlar jarayonida quyidagi ilmiy xulosalar ishlab chiqildi.
1.Mustaqillikdan keyingi davrlarda qishloq xo‘jaliginitashkiliy-tarkibiy isloh qilish jarayonida fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ular faoliyatining samaradorliginioshirish muammolarini hal etishga ustuvor darajada e’tibor qaratilmoqda. Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida oxirgi yillarda ularning rivojlanishida ijobiy siljishlar ro‘y berdi. Istiqbolda ham, bizning fikrimizcha, fermer xo‘jaliklariningtez sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlamasdan barqaroriqtisodiy o‘sish va ijtimoiy soha muammolarini hal etishmumkin emas. Bu jarayonda mahsulotlar raqobatbardoshliginita’minlash va uning talablariga amal qilish o‘ta muhim ishlardanbiri bo‘lib, ayniqsa, fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlabchiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar raqobatbardoshligigabevosita ta’sir etuvchi omillardan hisoblanadi.
2.Hozirgi davrda respublikamizning iqtisodiyot tarmoq va sohalarida faoliyat olib borayotgan xo‘jalik yuritish sub’ektlario‘rtasida raqobat muhiti va raqobatbardoshlik munosabatlarining rivojlanishi uchun etarli shart-sharoit va imkoniyatlar mavjudbo‘lib, ularni hisobga olgan holda har bir sub’ekt o‘z faoliyatiniraqobatchi korxonalar bilan solishtirib, bozordan o‘zining o‘rnini topishi va barqaror faoliyat yuritishi bozor sharoitidaishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishning sifat va son jihatdanbarqaror o‘sishini ta’minlovchi va harakatga keltiruvchi omilsifatida katta rol o‘ynaydi.
3. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida, ayniqsa, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish masalalariga juda katta e’tibor berilmoqda. Bugungikunga kelib, O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariningbarcha elementlarini o‘z ichiga olgan raqobat muhiti va barchainfratuzilmalarga tegishli, jumladan fermer xo‘jaliklariga yuqori xizmatlar ko‘rsatuvchi sub’ektlar tizimi yaratildi. Qulay ish muhitini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar o‘z navbatidafermerlik institutining mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiyrivojlanish jarayonidagi o‘rni va rolining oshishi, yangi isho‘rinlarining tashkil etilishi, ish bilan bandlik darajasiningo‘sishi va iqtisodiyotdagi sifat o‘zgarishlarining jadallashidagihissasining oshishiga sabab bo‘ldi.
4. Yuksak darajada rivojlangan xorijiy mamlakatlardagifermer xo‘jaliklari tajribasini o‘rganish va ularni bizningmamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sharoitiga mos yo‘nalishlariniamaliyotda qo‘llash alohida ahamiyatga ega. Bunda, bizning fikrimizcha, asosiy e’tiborni nafaqat qishloq xo‘jalik korxonalari,eng muhimi ularga xizmat ko‘rsatuvchi turli infratuzilmasub’ektlari o‘rtasidagi raqobat munosabatlarining shakllanish varivojlanish jihatlariga e’tibor qaratish lozim. Chunki, aynanfermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlaro‘rtasida sodir bo‘ladigan shiddatli raqobat fermer xo‘jaliklarifoydalanadigan xizmatlar xarajatlarining kamayishi va sifatining oshishini ta’minlovchi muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
5. Fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni faqat viloyat miqyosida emas, balki tashqi savdoga ham etkazibberish, buning uchun O‘zbekistonning boshqa hududlari va xorij mamlakatlarida yuqori darajadagi infratuzilmaga ega bo‘lgan savdo uylari ishini yo‘lga qo‘yish orqali fermer xo‘jaliklarining eksport-import faoliyatini zamon talablari asosida amalgaoshirish chora-tadbirlarini ko‘rish lozim. Jumladan, banklardatashqi savdo shartnomalarini qayd qilish jarayonlari, eksportshartnomalari bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblarnisoddalashtirish lozim. Shuningdek, viloyatga olib kelinadigan yangi texnologik jihozlarga belgilangan bojxona to‘lov tariflarini kamaytirish, fermer xo‘jaligi sub’ektlari faoliyati uchunzarur yuqori texnologik mahsulotlarning eksporti uchun subsidiyalar ajratish lozim. Bu faoliyatni amalga oshirish borasidafermer xo‘jaliklari uchun qulay imkoniyatlar va sharoitlar yaratibberuvchi huquqiy-me’yoriy hujjatlarni qaytadan ko‘rib chiqishmaqsadga muvofiqdir.
6. Kelgusida fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash va rivojlantirish maqsadida ularni har tomanlama qo‘llab-quvvatlash uchun barcha moliyaviy manbalardan ajratiladigan kreditlar miqdorini birmuncha ko‘paytirishni nazarda tutish lozim. Bu o‘z navbatida,viloyatda ishlab chiqarishni xalqaro andozalar darajasida yo‘lgaqo‘yish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, iste’mol bozorinisifatli tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirish, muhimi, yangi ishjoylarini ochishda fermer xo‘jaliklarining hissasi yanada ko‘proq va salmoqliroq bo‘lishini ta’minlash imkonini beradi.
7. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va unga aloqador korxonalarni joylashtirishni belgilab beruvchi me’yoriyhujjatlar yana ham takomillashtirilishi zarur hamda bu tadbirfermer xo‘jaliklarini mamlakatning barcha viloyatlarida rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni barpo etishga xizmatqilishi lozim. Ushbu tadbir doirasida fermer xo‘jaliklarifaoliyati bilan bog‘liq bazaviy tarmoqlarni, jumladan sanoatnirivojlantirishga ustuvor ahamiyat berish zarur. Faqat ana shundayyo‘l bilan moddiy ishlab chiqarish tarmoqlariga bozor munosabatlariga xos qonuniyatlar va tamoyillarni tatbiq etish mumkin.Eng muhimi, ushbu tarmoqlarda yangi ish joylarini barpo qilishva shu orqali aholi bandligi darajasini oshirish uchun sharoityaratiladi. Bu muhim chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi hamdafermer xo‘jaliklari uchun yanada qulayliklar yaratib beruvchiviloyat miqyosida hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalgaoshirish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega.
8. Respublikamizga xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilish,fermer xo‘jaliklarining iqtisodiyotini rivojlantirishdagiishtirokini yanada kengaytirish uchun ular bilan sheriklik asosidakooperatsiya tamoyillariga asoslangan korxonalar tashkil etish vaularning texnologiyalaridan unumli foydalanish, raqobatbardoshmahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun valyuta konvertatsiyasi muammosini hal etish kerak. Fermer xo‘jaliklariga xorijiy investorlar bilan ishlash, o‘z mahsulotlarini eksportqilish, shuningdek, belgilangan kafolat va imtiyozlardan foydalanish yo‘llarini tushuntirish hamda fermerlarning iqtisodiy,huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida joylarda uchrashuvlar,o‘quv-seminarlar, malaka oshirish kurslari faoliyatini kengaytirish lozim.
9. Fermer xo‘jaliklari o‘z maqsadlari va strategiyalarini amalga oshirishlari uchun etishtirgan mahsulotlarini sotishdatashqi bozorlarni segmentlarga bo‘lish; mahsulot turlariga bo‘lgan talabni maqsadli yo‘naltirilgan holda o‘rganish; iste’mol bozorida mavjud bo‘lgan raqobatchilarni o‘rganish; mahsulotlarnisotish uchun mo‘ljallangan savdo uylari va maxsus do‘konlarnitashkil etish; sotishga mo‘ljallangan mahsulotlarni sug‘urtalash;korxona mahsulotlarini tashqi yarmarka va ko‘rgazmalarda reklamaqilishni hal qilishlari lozim.
Izlanish jarayonida fermer xo‘jaliklarini istiqbolli rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini oshirishgaqaratilgan quyidagi amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:

    1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish talablariga mos ravishdafermer xo‘jaliklari raqobatbardoshligini oshirish strategiyasidaquyidagi yo‘nalishlarga e’tiborni qaratish lozim:

– mahsulot assortimenti strategiyasi bo‘yicha: iste’mol tovarlarini keng ko‘lamda taklif etish, yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish va sifatini oshirish;
– ishlab chiqarish strategiyasi bo‘yicha: ishlab chiqarishtexnologiyasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan mahsulotlarga qattiq(standart) talab o‘rnatish, foydani taqsimlashda va qayta taqsimlashda texnologik yangiliklar ixtiro etishga yo‘naltirish, dizaynsohasida ish olib boradigan mutaxassislarni ishga jalb etish.Fermer xo‘jaliklarida zamonaviy agroinnovatsiyalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish natijasida fermer xo‘jaliklarida ishlabchiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligioshadi hamda ishlab chiqarish rentabelligi kamida 10 foizgao‘sishi hisobiga ularning moliyaviy barqarorligi ta’minlanadi;
– mahsulotlarni sotish strategiyasi bo‘yicha: fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish va mahsulotlar sotish borasidagi imijini mustahkamlash, dunyo bozoridan mustahkam o‘rin egallash,xaridorlar sonini ko‘paytirish uchun qulay narxlarni qo‘llash, shumahsulot turi bo‘yicha xalqaro yarmarka va ko‘rgazmalarda qatnashishimkoniyatlarini kengaytirish hamda faol sub’ektlarni moddiyrag‘batlantirish;
– personal tanlash va tayyorlash strategiyasi bo‘yicha: kadrlartayyorlash tizimi va moddiy rag‘batlantirish mexanizmini bozortamoyillari asosida takomillashtirish;
– ijtimoiy soha strategiyasi bo‘yicha: fermer xo‘jaligixodimlarini ishlab chiqarishda yuz berishi mumkin bo‘lgan turlifalokatlardan sug‘urtalash, ularning oila a’zolariga turli xizmatko‘rsatish shoxobchalari xizmatlarini taklif etish va boshqalar.
– ijtimoiy soha strategiyasi bo‘yicha: fermer xo‘jaligixodimlarini ishlab chiqarishda yuz berishi mumkin bo‘lgan turlifalokatlardan sug‘urtalash, ularning oila a’zolariga turli xizmatko‘rsatish shoxobchalari xizmatlarini taklif etish va boshqalar.
2. Fermer xo‘jaliklari raqobatbardoshligini rivojlantirishning marketing strategiyasining asosiy elementlari, ya’niharakatlar dasturi (konsepsiya)=>maqsad va vazifalar (dasturningasosiy yo‘nalishlari bo‘yicha)=>rivojlanishning indikativrejalari (muammolar va nomutanosibliklarni atroflicha tahliletish)=>fermerlikni rivojlantirish bo‘yicha bozor strategiyasiyo‘nalishlari doirasida amalga oshirilishi zarur.
3. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish strategiyasida,dastlab, qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlari, muayyan hududning tabiiy-iqtisodiy shart-sharoiti, ixtisoslashuvi,xo‘jalik sub’ektlarining faoliyat yo‘nalishlari va natijalarigamos tabaqalanishi, moddiy-texnika va moliya resurslari bilanta’minlanish darajasi, innovatsiya-investitsiya siyosatida nazardatutilgan imtiyozlar, turli tadbirkorlik tizimlarining ichki vatashqi imkoniyatlari qamrab olinishi muhim ahamiyatga ega. Fermerxo‘jaliklari raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tabiiyiqlim sharoiti va er maydonlari xususiyatidan kelib chiqib,fermer xo‘jaliklarida ekinlarni maqbul darajada joylashtirishda mavjud er-suv, moddiy-texnika va mehnat resurslaridan samarali foydalanish natijasida fermer xo‘jaliklari tomonidanetishtirilgan mahsulot xarajatlari 5-8 foizgacha kamayishigaqaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
4. Fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksportga chiqarish uchun O‘zbekistonning boshqa hududlari vaxorij mamlakatlarida yuqori darajadagi infratuzilmaga egabo‘lgan savdo uylarini ochish orqali fermer xo‘jaliklariningeksport-import faoliyatini talab va taklifdan kelib chiqqanholda amalga oshirish lozim.
5. Fermer xo‘jaliklari faoliyatini diversifikatsiyalash uchundavlat tomonidan qulayliklar yaratish, ularni rivojlantirishning viloyat miqyosida hududiy dasturlarini ishlab chiqish vaamalga oshirish maqsadga muvofiq. Ushbu dasturlarda fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshligini ta’minlash va mustahkamlashda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlariga alohida o‘rin ajratish maqsadga muvofiq. Ya’ni raqobat muhitinirivojlantirishning davlat strategiyasi makro- va mikro darajadagi barcha yo‘nalish va chora-tadbirlarni qamrab olishi lozim.
6. Fermer xo‘jaliklarining raqobatbardoshlik darajasini raqobat muhitining raqobatdoshlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga ta’sir etish holati va, shuningdek, raqobatbardoshlik imkoniyatlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar negizida tadqiqot ishida tavsiya etilgan hisoblash formulasidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Olingan natijalardan fermer xo‘jaliklariningraqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yo‘nalishlarinianiqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini asoslash muhimahamiyat kasb etadi.

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish