Nero dasturi va uning imkoniyatlari.
Reja.
1. Nero dasturi imkoniyatlari.
2.Nero dasturi oynasining tuzilishi
3.Nero dasturi menyulari bilan ishlash
4. Neroda Audio CD yaratish.
Tayanch iboralar: CD, DVD, AudioCD, Audio DVD, Video DVD,Video CD,
SuperVideo CD, SuperVideo DVD
Nero dasturi CD va DVD disklarga turli tipdagi fayllar yozishda ishlatiladigan dastur hisoblanadi. Nero so’zi Imperator Neron nomiga qo’yilgan bo’lib, “olov yoquvchi” degan ma’noni bildiradi. Nero dasturi belgisi tarixiy ahamiyatga ega bo’lib, yonib turgan kolizey ramz qilib olingan. Nero dasturining versiyalari ko’p. Shulardan Nero Express bilan ishlashni ko’rib chiqamiz.
Nero Express ishga tushirilganda ekranda dastur oynasi hosil bo’ladi.(1-rasm)
Dastur oynasi 3 qismdan iborat bo’lib, bular dastur nomi yozilgan qator,
menyular qismi
va ish sohasi, bunda kompyuter xotirasida mavjud har xil tipdagi fayllarni CD va DVD disklarga yozish, qayta ishlash, nusxalash va boshqa ishlar amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |