Eng yaxshi Web saytlar bu – chiroyli ko’rinishga ega, asosiysi maqsadni ixsham bergan va foydalanuvchini kuttirib qoymaydigan bo’lishi kerak. Quyida yaxshi saytni yaratish bo’yicha bir nechta maslahat
Eng yaxshi Web saytlar bu – chiroyli ko’rinishga ega, asosiysi maqsadni ixsham bergan va foydalanuvchini kuttirib qoymaydigan bo’lishi kerak. Quyida yaxshi saytni yaratish bo’yicha bir nechta maslahatlar berilgan:
Saytinizni nimaga mo’jallanganligi aniq bo’lishi kerak. Asosiy maqsadingiz? Faqat Interner ushunmi? O’zingizning maqsadingizni imkoniyat boricha aniq belgilab oling. Siz sayt kompaniyangizda mahsulotlar bilan tanishtirmoqchisiz. Faqat siz bu mahsulotlarni qanday qilib olib chiqishni o’ylashingiz kerak. Bozorda qanday o’rin tutishini hoxlaysiz? Yuqorida berilgan savollarga aniq qilib javob topilsa, qo’yilgan maqsadga albatta erishiladi.
Albatta, o’zingiz auditoriyangiz haqida ham o’ylashingiz kerak. Sayt kimlarga mo’ljallanganligi? Necha yoshda? Nima bilan shug’ullanadi? Saytingizda qancha vaqtni o’tkazadi? Berilgan ma’lumotlarga, rasmlarga va boshqa elementlarga auditoriya qanday e’tibor berishini hisobga olish kerak.
Tez orada yuklanadigan elementlarni saytga qo’ying. Nimaga odamlar saytga kirmay qo’yishining birinchi sababi ko’p vaqtda yuklanishi bo’ladi. Grafik fayllar katta bo’lganida foydalanuvchi protsessni to’xtatishga intiladi, shu sababli Stop tugmalaridan foydalangan ma’qul.
Saytning ko’rinishini chiroyli qiling. Siz albatta internetda zerikarli saytlarni ham ko’rgansiz. Buning sababi nimada? Sarlavhalarni, matnlarni bir xil ko’rinishdaligi va ranglarning yetishmovchiligidandir. Sizlar tartibsiz joylashtirilgan va har xil shriftlarni va ko’p ranglardan foydalangan saytlarni ham ko’rgansiz. Sayt qiziqarli bo’lishi uchun nima qilish kerak? Yangi sayt yaratilgan paytda sayt sahifalarini formatlashga ham e’tibor berish kerak.
Hamma narsani bitta sahifaga joylashtirmaslik, sahifaga ma’lumotlarni haddan tashqari ko’p joylashtirmagan ma’qul. Bizlar matn yozishni yaxshi ko’radigan, grafik dizaynerlar, effektli rasmlarni yaratishni yaxshi bilamiz. Sizning vazifanigiz sayt yaratuvchisi — ya’ni ikki xil guruh odamlarni shunday qilib bog’lashni o’ylash kerak. Matnli va grafik malumotlarni bir xil tenglikda ushlab turish kerak.
Sizning saytingizda matnli ma’lumot ko’p bo’lsa, foydalanuvchi zerikib qoladi, shu sababli sahifangizda kerakli ma’lumotlarnigina keltiring. Sahifani en tomonlaridan shegaralashda optimal foydalaning. Sahifani katta o’lchamli qiling, matnlarni jadvallarga joylashtiring, Grafikalarni sahifaga joylashtirganda uning asosiy xizmatiga e’tibor bering: asosiy maqsad uchun xizmat qiladimi, yoki faqat chiroyli qilishda foydalanildimi? Shuni ham e’tiborga olish kerakki, chiroyli grafika ham maqsad bo’lib topiladi. Har bir Web –sayt chiroyli ko’rinishi , kerakli ma’lumotlarni o’zida saqlashi kerak va ko’rish uchun qulay bo’lishi kerak.
Saytni yaratganda uning ma’nosi birinchi, shakli esa ikkinchi bo’lishini ko’zda tutish kerak. Qiziqarli bo’lgan ma’lumotlarni ichkariga joylashtirmaslik kerak, sababi foydalanuvchi sayt qiziqarli emas deb kirmay qo’yishi mumkin. Kerakli ma’lumotlarni iloji boricha osongina ishlaydigan qilib qo’yish zarur. Sayt faqat bitta bosqichdan iborat deb tushunmaslik kerak. Ikkinchi darajali ma’lumotlarni bir-biri bilan bog’langan guruhlarga joylashtiring. Masalan, siz musiqiy magazinni interaktiv katalogini yaratibsiz. Bitta ro’yxatga djaz musiqasini va rok musiqasini joylashtirgan bo’larmidingiz? Albatta yo’q. Saytni yaratganda mana shunaqa narsalarga e’tibor berishingiz zarur.