MUNDARIJA KIRISH I BOB. ENERGIYA SAMARADORLIGI VA ENERGIYANING QAYTA TIKLANADIGAN MANBALARI - IQTISODIYOTNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH ASOSI 1.1. Energiya samaradorligi.
1.2. Energiyaning qayta tiklanadigan manbalari.
II BOB. SHAMOL ENERGETIKASIDA QO’SHNI DAVLATLAR TAJRIBASI 2.1. Shamol energetikasidan foydalanish bo‘yicha yetakchi davlatlar tajribasi.
2.2. Shamol energetikasidan foydalanishning afzalliklari va imkoniyatlari.
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyani va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarining davlat hisobini yuritishni tartibga solish ishlari olib borilmoqda.
O‘tkazilayotgan tadqiqotlarning natijalari mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoq va soxalarida amalda eksperimental ravishda keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. O‘n yildan ortiq vaqt mobaynida respublikada quyosh energiyasi bilan suv isitadigan qurilmalar asosida uy-joylar va ijtimoiy obyektlarni issiq, suv bilan ta‘minlash tizimlari ishlab chiqilmoqda va ulardan tajriba tariqasida foydalanilmoqda. Toshkent shahrida, Samarqand viloyati va boshqa mintaqalarda issiq suv olish uchun gelioqqurilmalar o‘rnatilgan. Turli quvvatlardagi fotoelektrik qurilmalarni ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Ko‘plab oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida mazkur soxa uchun malakali kadrlar tayyorlab kelinmoqda.
Quyosh energiyasidan amalda foydalanish uchun O‘zbekistonda yaratilgan shart-sharoit va mavjud imkoniyatlar mazkur mintaqadan bu sohadagi ilg‘or texnologiyalarni nafaqat respublikamizda, balki butun O‘rta Osiyoda tajriba tari-qasida joriy etish maydoni sifatida foydalanishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ekologik jihatdan toza, energiya tejamkor quyosh energiyasidan foydalangan holda qishloq – xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish, va uning samaradorligini oshirish borasida Qashqadaryolik olimlari tomonidan ham bir qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilib, aniq tizimga ega bo‘lgan texnologik jarayonlar ishlab chiqilgan.