O'zbekiston Respublikasining mamlakatlar bo'yicha tovarlar va xizmatlar eksporti
Davlatlar kodi
|
Hududlar
|
2017
|
2018
|
2019
|
2020
|
2021
|
643
|
Rossiya
|
2 019 162,4
|
2 117 289,8
|
2 531 870,5
|
485 755,1
|
2 058 869,5
|
156
|
Xitoy
|
2 025 481,8
|
2 875 388,7
|
2 528 749,7
|
1 937 053,3
|
2 518 779,5
|
398
|
Qozog’iston
|
1 057 579,0
|
1 352 167,8
|
1 392 964,9
|
908 419
|
1 172 114,6
|
Eksport tarkibi (XSST-2008)
XSST kodi
|
XSST nomi
|
2017
|
2018
|
2019
|
2020
|
2021
|
x
|
Jami:
|
12 534,2
|
13 990,4
|
17 458,7
|
15 102,3
|
16 610,6
|
|
Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar
|
817,9
|
1 029,9
|
1 436,4
|
1 336,2
|
1 371,8
|
|
Ichimliklar va tamaki
|
23,4
|
22,3
|
29,8
|
27,1
|
36,0
|
|
Nooziq-ovqat xomashyo, yokilg‘idan tashqari
|
626,
|
427,5
|
591,2
|
456,1
|
513,8
|
|
Mineral yoqilg‘i, yog‘lash moylari
|
2 666,8
|
1 607,6
|
2 528,9
|
9 659,0
|
889,9
|
|
Hayvonlar va usimliklar moylari (yoglari)
|
0,0
|
0,1
|
12,4
|
26,5
|
1,5
|
|
Kimyoviy vositalar
|
860,7
|
881,3
|
836,5
|
820,9
|
1 131,2
|
|
Asosan material turiga qarab klassifikatsiyalangan sanoat tovarlari
|
2 200,7
|
2 411,8
|
2 752,9
|
2 906,4
|
4 334,9
|
|
Mashinalar va transport asbob-uskunalari
|
350,8
|
204,1
|
421,8
|
434,4
|
693,8
|
|
Turli xil tayyor buyumlar
|
311,8
|
337,6
|
435,7
|
617,3
|
785,2
|
|
Boshqa tovarlar
|
3 260,0
|
2 939,0
|
4 978,2
|
5 813,1
|
4 304,9
|
|
Xizmatlar
|
2 474,5
|
3 070,0
|
3 434,8
|
2 005,0
|
2 547,4
|
1.2 O’zbekistonning eksport va import hajmi
2021- yil uchun O'zbekiston Respublikasining mamlakatlar bo'yicha tovarlar va xizmatlar eksporti va import
O‘zbekistonning tashqi savdodagi top-10 hamkorlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston bilan 2021-yilning yanvar—sentabr oylaridagi tashqi savdo aylanmasi eng yuqori bo‘lgan 10 ta davlat nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonning tashqi savdodagi eng yirik hamkori — Xitoy. Ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 5,4 milliard dollarni (eksport – 1,8 milliard, import – 3,6 milliard) tashkil etgan. Keyingi o‘rinda 5,1 milliard dollar (eksport – 1,5 milliard, import – 3,6 milliard) savdo aylanmasi bilan Rossiya qayd etilgan. Kuchli uchlikni Qozog‘iston 2,8 milliard dollar (eksport – 840 million, import – 2 milliard) bilan yakunlagan.
Keyingi o‘rinlarni quyidagi davlatlar egallagan
Turkiya (savdo aylanmasi – 2,4 milliard, eksport – 1,3 milliard, import – 1,2 milliard dollar);
Janubiy Koreya (savdo aylanmasi – 1,4 milliard, eksport – 37 million, import – 1,3 milliard dollar);
Qirg‘iziston (savdo aylanmasi – 682 million, eksport – 562 million, import – 120 million dollar);
Germaniya (savdo aylanmasi – 560 million, eksport – 45 million, import – 515 million dollar);
Turkmaniston (savdo aylanmasi – 491 million, eksport – 137 million, import – 354 million dollar);
Afg‘oniston (savdo aylanmasi – 489 million, eksport – 487 million, import – 2 million dollar);
Ukraina (savdo aylanmasi – 451 million, eksport – 142 million, import – 309 million dollar).
O‘zbekistondan import qiluvchi TOP 10 davlatlar
Xitoy – 1,3 mlrd.
Rossiya – 1,0 mlrd.
Turkiya – 988,5 mln.
Qozog‘iston – 655,1 mln.
Qirg‘iz R. – 413,1 mln.
Afg‘oniston – 404,6 mln.
Tojikiston – 242,1 mln.
Eron – 114,4 mln.
Kanada – 109,3 mln.
Ukraina – 101,7 mln. AQSh dollari
Eslatib o‘tamiz, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning jami eksport hajmi 8,1 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan.
2018 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston tomonidan eksport qilingan mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda ma’lumot beruvchi maxsus infografika Tashqi savdo vazirligi tomonidan “Xalq so‘zi Online“ga taqdim etildi.
Unga ko‘ra, eng ko‘p eksport qilingan mahsulotlar orasida birinchi o‘rinda tabiiy gaz bo‘lib, yil boshidan buyon mahsulotning eksport qiymati 1 mlrd 139 mln 948,1 ming dollarni tashkil qildi. Keyingi o‘rinlarda meva-sabzavotlar (463 mln 198,1 ming dollar) va ip-paxta mahsulotlari (381 mln 039 ming dollar) joylashgan.
Paxta tolasining eksport hajmi esa 166 mln dollar biroz ko‘proq qiymatni tashkil qilgan. Shuningdek O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar eksport hajmi bo‘yicha mamlakatdagi mahsulotlar ichida bor-yo‘g‘i 15-o‘rinda qayd qilingan — 22 mln 164,2 ming dollar.
Olti oy davomida eksportning umumiy hajmi 7 793 421,1 ming dollarni tashkil etgan.
Eksport-import tahlili.
2019 yilning 11 oyida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 38,3 mlrd.dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33,4 foizga yoki 9,6 mlrd. dollarga oshgan (2018y. – 28,7 mlrd, doll.).
Jumladan: eksportning umumiy hajmi 16,3 mlrd. dollarni tashkil etib, 43,3 foizga yoki 4,9 mlrd, dollarga oshgan (2018 y. – 11,3 mlrd, doll.).
Import hajmi 22,0 mlrd. dollarni tashkil etib, 27,0 foizga yoki 4,7 mlrd, dollarga oshgan (2018 y. – 17,3 mlrd. doll.).
Natijada, tashqi savdo aylanmasi manfiy saldosi
-5,7 mlrd.dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 228,4 mln.dollarga yoki 3,8 foizga kamaygan (2018y. – -6,0 mlrd.doll.).
Eksportni rag‘batlantirish, xususan mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorga olib chiqishni har tomonlama soddalashtirish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 2019 yil yakuni bilan umumiy eksport hajmi 34 %ga o‘sib, 18,7 mlrd. dollarga yetishi kutilmoqda.
Bunda asosan, jahon tovar-xomashyo bozorlarida asosiy eksport tovarlari uchun yuqori narxlar shakllanishi tovarlar eksporti hajmini 1 mlrd. dollargacha yoki 7 foiz o‘sishiga, xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlantirilishi hisobiga esa 1,5 mlrd.dollarga yoki 11 foiz o‘sishiga xizmat qildi. Natijada, o‘tgan davrda tovar va xizmatlar eksport qiluvchi korxonalar soni 1138 taga ko‘payib, hamkor mamlakatlarning eksport geografiyasi 18 ta davlatga kengayib, 177 taga yetdi.
Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 392,3 mln.dollarga yoki 38 foizga, rangli metal va undan tayyorlangan buyumlar - 146,4 mln.dollarga yoki 20 foizga, to‘qimachilik mahsulotlari - 289,7 mln.dollarga yoki 24,6 foizga, xizmatlar - 344,8 mln.dollarga yoki 12,5 foizga va boshqalar - 252,3 mln.dollarga yoki qariyb 2 barobargacha o‘sdi.
Joriy yil yakuni bo‘yicha import hajmi jami 24,0 mlrd doll. (2018 yilga nisbatan 123,7 foiz) tashkil etishi kutilmoqda.
2019 yilning 11 oyida import qilingan tovarlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,5 mlrd.dollariga oshib, 19,8 mlrd.dollarni, xizmatlar importi hajmi 2,2 mlrd.dollarni tashkil etdi.
Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari 44,1 foizni, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar 13 foizni, oziq-ovqat mahsulotlari 7,6 foizni tashkil etdi.
Ushbu import tovarlarning qariyib 50 foizi iqtisodiyotda investitsion importni, 25 foizi qayta ishlash uchun xom-ashyo importini, 25 foizi tayyor mahsulot sifatida iste’mol importini tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |