«O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanish cho‘qqisida» — TIV rahbari Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov hozirda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar o‘z rivojlanishining eng yuqori cho‘qqisida ekanligini ta’kidladi. U, shuningdek, O‘zbekistonda rus tili millatlararo muloqot tili bo‘lib qolayotganini, Rossiyada o‘zbek tiliga qiziqish borligi haqida qo‘shimcha qildi. Vazir noyabrda bo‘lishi kutilayotgan O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi uchun katta hujjatlar to‘plami tayyorlanganligini ma’lum qildi.
Tashqi ishlar vaziri Ablulaziz Kamilov O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar hozirda rivojlanishning eng yuqori cho‘qqisida ekanligini ta’kidladi. Bu haqda u payshanba kuni Rossiya OAVlari uchun matbuot anjumanida gapirdi, deya xabar berdi RIA Novosti.
«Bugun O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar o‘z rivojlanishining eng yuqori cho‘qqisida. 30 yil davomida bizda bunday keng ko‘lamli o‘zaro munosabatlar va ikki tomonlama hamkorlikning bunday keng qamrovli dasturi bo‘lmagan», — dedi Kamilov.
Uning ta’kidlashicha, bu amalda barcha sohalarni — siyosat, iqtisodiyot, madaniyat, ijtimoiy sohalar, xavfsizlik va xalqaro maydonda o‘zaro aloqalarni o‘z ichiga oladi. «Munosabatlar, ittifoqdoshlik va strategik sheriklik, ular haqiqatan ham shunday jiddiy mazmunda to‘planib boradi», — dedi vazir.
«Ammo, shu bilan birga, hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘p. Zaxiralar. Bu biz hali oldinga harakatlanishimiz uchun imkon borligini anglatadi, munosabatlarimizni mustahkamlaymiz. Bu yoqimli», — deya qo‘shimcha qildi Kamilov.
TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining noyabr oyida Rossiya Federatsiyasiga rejalashtirilgan tashrifi uchun juda katta hujjatlar to‘plami tayyorlangan. «Ayniqsa iqtisodiy, gumanitar xarakterga ega [hujjatlar — tahr.] va mintaqalararo forumni o‘tkazish rejalashtirilgan. Hozirda pandemiya holatini inobatga olgan holda, ko‘plab tadbirlar videokonferensloqa ko‘rinishida bo‘ladi. Lekin shunga qaramay, biz qo‘yilgan vazifalarni hal qilishga harakat qilamiz», — dedi Abdulaziz Kamilov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, savdo sohasida ham katta hujjatlar to‘plamini imzolash rejalashtirilgan. «Bugungi kunda Rossiya bilan savdo aloqalari ancha jadal rivojlanmoqda, o‘zaro savdo 5 mlrd dollardan oshgan va bundan keyin ham o‘stirishda davom etamiz» — dedi vazir.
«Ilmiy-texnikaviy, harbiy-texnikaviy hamkorlik sohasida kelishuvlarga erishilgandan so‘ng ulkan imkoniyatlar ochiladi. Ushbu barcha kelishuvlarning amalga oshirilishi nafaqat yangi sahifani, balki O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining o‘ta jiddiy bosqichini ochadi», — deya qo‘shimcha qildi Kamilov.
Tashqi ishlar vaziri, shuningdek, O‘zbekistonda rus tili millatlararo muloqot tili bo‘lib qolayotganini, Toshkentda ham Rossiyada o‘zbek tiliga qiziqish borligi haqida qo‘shimcha qildi.
«MDH forumida Vladimir Vladimirovich [Putin] rus tilining millatlararo muloqot tili sifatida ahamiyati haqida gapirdi. Biz O‘zbekistonda bu haqda doim gaplashganmiz», — dedi Abdulaziz Kamilov.
O‘zbekiston TIV rahbari so‘nggi paytlarda tomonlar madaniy-gumanitar sohadagi o‘zaro munosabatlarga katta e’tibor bera boshlaganini ta’kidladi. Vazirning eslatib o‘tishiga ko‘ra, Rossiya universitetlarining O‘zbekistondagi filiallari soni 15 taga yetdi, rus tilini o‘rganish markazlari tashkil etilmoqda, Rossiyadan ijodiy jamoalar muntazam ravishda Toshkent va mamlakatning boshqa shaharlariga gastrol safarlari bilan tashrif buyurishmoqda.
«Bu sohadagi o‘zaro hamkorlik juda qulay zamin, boshqa barcha sohalardagi hamkorlik uchun muhit yaratadi», — dedi TIV rahbari. U ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar sohada hamkorlik dasturi qabul qilinganini eslatdi. «Biz buni amalga oshirmoqdamiz va amalga oshirishda davom etamiz», — deya qo‘shimcha qildi Abdulaziz Kamilov.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi.
Muzokaralar yakunida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, harbiy-texnikaviy, migratsiya sohalari, shuningdek mintaqalararo hamkorlik, turizm va sog‘liqni saqlashga oid umumiy qiymati 16 milliard dollar bo‘lgan 55 hujjat imzolandi.
Jumladan, Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish bo‘yicha kelishuv imzolagan.
Shuningdek, birgalikda migratsiya sohasida mutasaddi organlar vakolatxonalarini ta'sis etish, sog‘liqni saqlash, tibbiy ta'lim va fan sohasida, turizm sohasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar imzolangan.
Imzolangan hujjatlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin o‘rtasida qo‘shma bayonot.
2. O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari o‘rtasida mintaqalararo hamkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha kelishuv.
3. O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish bo‘yicha kelishuv.
4. O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida migratsiya sohasida mutasaddi organlar vakolatxonalarini ta'sis etish bo‘yicha kelishuv.
5. O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida sog‘liqni saqlash, tibbiy ta'lim va fan sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv.
6. O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Rossiyaning fuqarolik va harbiy ahamiyatga molik yuqori texnologiyali mahsulotlarni barpo qilish, ishlab chiqarish va eksport qilishga ixtisoslashgan «Rostex» davlat korporatsiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi.
8. «YeVROTseMeNT grup» va «O‘zqurilishmateriallari» Aktsionerlik jamiyati o‘rtasida qurilish sanoati hamda modernizatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha memorandum.
9. O‘zbekiston Respublikasi metallurgiya sanoati, neftegaz kimyosi va kon sanoatida Rossiya Federatsiyasi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investitsiya loyihalari bo‘yicha kelishuv.
10. «Gazprom eksport» va «O‘ztransgaz» o‘rtasida tabiiy gaz xarid qilish bo‘yicha shartnoma.
Do'stlaringiz bilan baham: |