Koordinat usul. Koordinat usulda oʻlchamlar bitta bazadan qoʻyiladi. (8-chizma, b). Bu usul buyumni loyihalashda ayniqsa qulay. Bitta bazadan belgilangan oʻlchamlar bu bazadan buyumni tekislik, chiziq va nuqtasigacha boʻlgan masofani koordinatlarini koʻrsatadi.
Koordinat usulda qoʻyilgan oʻlchamlar aniqligi buyumning tayyorlanish texnologiyasiga bogʻliq boʻladi va boshqa oʻlchamlarni aniqlashga mutloqo bogʻliq emas.
Kombinatsiyalangan usul – zanjir va koordinat usullarini birga qoʻllash. (8-chizma, v). Bu holda asosiy bazadan tashqari yordamchi bazadan foydalaniladi. Yordamchi bazadan bir qator buyumning oʻlchamlarini qoʻyish va nazorat qilish qulay, ayniqsa murakkab shakllik buyumni oʻlchamini qoʻyishda kombinayiyalangan oʻlcham qoʻyish usuli keng qoʻllaniladi. Har qanday zanjir usulida oʻlcham tutashmasligi kerak. Bu holda buyum tayyorlanganda uning talab qilingan oʻlchamini aniqligini taminlab boʻlmaydi. Misol: agar zanjir usulida chizmada buyumning gaborit oʻlchami koʻrsatilgan boʻlsa, u holda oraliq oʻlchamidan biri boʻlmasligi kerak. 4-chizmada vtulkani tasviri berilgan, unda oʻlchamni kominatsiyalash usulida qoʻyilgan va oʻlchamlarni bazasi qoʻrsatilgan.
9-chizma 10-chizma
Asosiy baza A ga unga koʻndalang kesim olingan. Undan buyumning 22.42..68 alohida elementlarni oʻlchamlari va umumiy uzunligi 90 qoʻyilgan Erdamchi. B, V, G bazalar buyumning boshqa elementlarini oʻlchamini qoʻyish uchun moʻljallangan. Baza B 6 aylanani holatini aniqlovchi 12 oʻlchamni koʻrsatish vazifasini bajaradi. V bazadan halqasimon oʻyiqning kengligi 3. G bazadan 35 boʻlgan tekis buyumlarda uning tashqi ishlov berilgan cheti baza boʻlishi mumkin. 5-chizmada shunday buyumni tasviriga oʻlcham qoʻyish koʻrsatilgan. Oʻzaro perpendikulyar A va B chetlardan gaborit va buyumning elementlari holatini koʻrsatadigan oʻlchamlar qoʻyilgan. Elementlarni oʻlchami berilmagan. Buning uchun qoʻshimcha baza tanlash kerak. Oʻlchamlarni iloji boricha buyumning tasvirini konturidan tashqariga joylashtirish kerak. Koʻrinishi bir qismi bilan tegishlik qirqimni bir qismi birga tasvirlanganda ularni simmetriya oʻqidan ikki tomonga tegishli tashqi va ichki shakil uchun joylashtiriladi. (9-chizmaga qarang). Ayrim hollarda buyumning elementlari (teshik, tish, oʻyiq) bitta oʻqda yoki bitta aylanada joylashgan boʻlsalar ularni oʻzaro joylashishini aniqlovchi oʻlchamlar quyidagi usulda qoʻyiladi: koordinata-bitta bazadan (10-chizma, a,b); kombinatlashtirilgan -bir qancha umumiy bazadan bir qancha guruh bilan (11-chizma, v); zanjir-yonma-yon element orasida (11-chizma, g).
11-chizma
Qandaydir elementga tegishli oʻlchamlar (teshik, oʻyiq, chiziq) bir koʻrinishga guruhlanadi va koʻp tushuncha beradigan koʻrinishga joylashadi.
12-chizma 13-chizma
Baza chizmalarda koʻrsatilgan xatolardek bir xil joylashtirilmaydi. Misol: 14-chizmada tasvirlngan buyumda uning diametrini va xolatini aniqlovchi oʻlcham ustidan koʻrinishda oʻyiqga tegishlik oʻlcham bosh koʻrinishda koʻrsatilgan. Chunki bu koʻrinishlarda berilgan elementni geometrik shakli eng koʻp toʻliq koʻrsatilgan.
14-chizma
Masshtablar. O‘zDSt 2.302-2003 ga muvofiq chizma hujjatlarining barcha turlari uchun uch xil masshtab tasdiqlangan.
1.Kichiklashtirish masshtablari: 1:2; 1:2,5; 1:4; 1:5; 1:10; 1:20; 1:25; 1:40; 1:50; 1:75; 1:100; 1:200; 1:400; 1:800; 1:1000.
2. Haqiqiy kattalikdagi (natural) masshtab: 1:1.
3. Kattalashtirish masshtablari: 2:1; 2,5:1; 4:1; 5:1; 10:1; 20:1; 50:1; 100:1.
Haqiqiy kattalikdagi masshtab M1:1 da tasvirlangan dеtal chizmasiga nisbatan M1:2 va M2:1 larda tasvirlangan dеtal chizmalari taqqoslash uchun 14.2-rasm bеrildi.
14.2- rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |