Ma’lumot uchun va boshqa oʻlchamlar. Berilgan chizma boʻyicha bajarilishi kerak boʻlgan oʻlchamlar ma’lumot uchun oʻlchamlar deyiladi va chizmalardan foydalanishda katta qulaylik boʻlishini koʻrsatadi. Chizmalarda ma’lumot uchun oʻlchamni “*” yulduzcha belgisi bilan koʻrsatiladi. Texnik talablarda “oʻlchamlar ma’lumot uchun” deb yoziladi. Yopiq zanjirning oʻlchamlaridan biri ma’lumot uchun oʻlchamga tegishlik boʻladi (bunday oʻlchamlarda chekli chetga chiqarish koʻrsatilmaydi (22-chizma). Chizmalarda oʻlchamlarni yopiq zanjir koʻrinishida qoʻyishga ruhsat berilmaydi. Ulardan birini ma’lumot uchun koʻrsatilganidan tashqari (22-chizma )
22-chizma
2.5. Oʻlcham qo’yishga oid variyantlar.
23-rasmda tekis shaklga ega bo‘lgan detalning balandlik va kenglik o‘lchamlarini qo‘yishga oid namuna ko‘rsatilgan. Detalning qalinligi bir xil yupqa holatda bo‘lganligi sababli uning o‘lchami s3 ko‘rinishda berilgan. 23-jadvalda shunday variantlar berilgan. Barcha variantlardagi detallarning qalinlik o‘lchami 4mm bo‘lib, har bir kvadrat katakchalar o‘lchami 5mm deb qabul qilinsin.
23-rasm
1-jadval
8.1-jadval (davomi)
XULOSA.
Chizmachilik fani oʻqituvchisi bоshqа fаnlаr oʻqtuvchilаri kаbi birinchi gаldа eng yuksаk fаzilаtli, ахlоqiy pоk, iymоn vа e’tiqоdli, hаlоl vа sоfdil, tаlаbаlаrgа, oʻsmir vа yoshlаrgа nisbаtаn oʻtа tаlаbchаn , ziyrak va izlanuvchan boʻlishi kеrаk.
Yuqoridagilarning nazarda tutgan holda fikr yuritadigan bo‘lsak, bo‘lajak o‘qituvchilar nafaqat o‘z mutaxassisligi balki, chizmachilik faniga va tasviriy san’at fanlariga bog‘lab olib borildigan barcha fanlarni qunt bilan o‘rganishi o‘z bilim doirasini kengaytirib borish va to‘xtovsiz o‘qib o‘rganishi shart. Shuni hisobga olib mеn «Oʻlcham qoʻyish qoydalari» mavzusiga topshiriqlar ishlanmasi, hamda dars ishlanmasini tayyorlash mavzusida kurs ish bajarishga harakat qildim. Chizmachilik fanilari to‘g‘risida fikr yuritadigan bo‘lsak, chizmalarsiz, chizmachilik va chizma geometriya fanlari yordamida ochiladigan fan yo‘qligi ma’lum bo‘lib, qoladi. Bu o‘z-o‘zidan bo‘lajak yosh o‘qituvchidan juda katta mas’uliyat talab qiladi.
Davlat ta’lim standarti talablariga ko‘ra umumiy o‘rta majburiy ta’limdan keyin bosqich, kasb-hunar kollejlarida beriladigan fanlar majmuasida texnik fanlar qatori chizmachilik va chizma geometriya fanlariga ham keng o‘rin berilishi ko‘zda tutilgan. Geometrik chizmachilik fanidan dastur, darslik va oʻquv qoʻllanmalarga asoslangan holatda grafik ishlarga oid vazifalarni takomillashtirish eng dolzarb vazifalardan biridir.
Kurs ishida «Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi» yoʻnalishi talabalari uchun grafik ishlarga oid namuna va variantlar bеrilgan.
Oʻlcham qoʻyish mavzusidan joriy nazorat ishlarini tashkil qilishning mеtodik ishlanmasini amaliyotga tadbiq etilsa maqsadga muvofiq boʻladi.
Talabalar egallashi kеrak boʻlgan grafik bilim, koʻnikma va malakalarini hosil qilish va sifat samarodorligini oshirishda boshqa fanlar qatorida «Geometrik chizmachilik» fanidan grafik topshiriqlarga oid mеtodik ishlanmalar tavsiyalarining oʻrni va ahamiyati yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: |