I bob. Buxgalteriya hisobi registrlarining nazariy asoslari



Download 61 Kb.
bet5/5
Sana17.07.2022
Hajmi61 Kb.
#816243
1   2   3   4   5
Bog'liq
I BOB. BUXGALTE

Korrektura usuli ma’lumotlar hisobot davri uchun jamlangunga qadar topilgan xatolarni tuzatishda qo‘llaniladi. Bu usulda noto‘g‘ri yozuv ustidan, uni o‘qish mumkin qilib, ingichka bitta chiziq tortiladi va yuqorisiga to‘g‘ri yozuv yozib qo‘yiladi. Bunday tuzatish to‘g‘risida tegishli registrning bo‘sh joyiga izoh berilib, xatoni tuzatgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Jurnal-order shaklida hisob yuritishda hisob registrlaridagi xatolar korrektura usuli bilan ularda hisobot oyi uchun jami chiqarilgunga qadar tuzatiladi. Registrlar jamlangandan so‘ng, lekin yozuvlar bosh daftarga o‘tkazilmasdan oldin, registrlardagi xatoni tuzatish, buning uchun belgilangan bo‘sh qator yoki grafada, maxsus buxgalteriya ma’lumot-nomasi (spravkasi) asosida amalga oshiriladi. Jamlangan ma’lumotlar daftarga o‘tkazilgandan so‘ng registrlarda xatoni tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday vaqtda ham xatoni tuzatish maxsus tuziladigan buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi. Bu ma’lumot-nomadagi yozuv Bosh daftarga alohida o‘tkaziladi. Ma’lumotnoma esa xato topilgan jurnal-orderga ilova qilinadi (tikib qo‘yiladi).
Qizil storno usuli schotlar aloqasida yo‘l qo‘yilgan va schotlarga tarqatib yozilgandan so‘ng yoki hisobot tuzilgandan so‘ng topilgan xatolarni tuzatishda qo‘llaniladi. Bu usul noto‘g‘ri schotlar aloqasi bilan yozuv yana o‘shaning o‘ziday qilib qizil siyoh bilan yoziladi. Shunda so‘ng to‘g‘ri yozuv oddiy rang bilan yozib qo‘yiladi. Summalar jamlanganda xato yozuvva qizil rang bilan yozilgan (storno) yozuv o‘zaro bir-birini yo‘qotadi va to‘g‘ri yozuv qoladi.
Qo‘shimcha yozuv usuli schotlar aloqasi to‘g‘ri tuzilgan, lekin xo‘jalik muomalasining summasi yozilishi kerak bo‘lganidan kam qilib yozilgan paytda xatoni tuzatish uchun qo‘llaniladi. Qo‘shimcha yozuvda schotlar korrespondensiyasi xato (kam) yozilgan yozuvdagidek qilib, xato yozilgan va yozilishi kerak bo‘lgan to‘g‘ri summa o‘rtasidagi farqiga tuziladi. Masalan, mol yetkazib beruvchilardan 40000 so‘mlik material olingan. Schotlar korrespondensiyasida esa 35000 so‘m deb ko‘rsatilgan.
1010-«Xomashyo va materiallar» schoti debeti – 35000 so‘m,
6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schotining krediti – 35000 so‘m.
Ushbu xatoni tuzatish uchun yuqoridagi schotlarga 5000 so‘m qo‘shimcha yozuv qilinadi (40000-35000).
1010-«Xomashyo va materiallar» schoti debeti – 5000 so‘m,
6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schotining krediti – 5000 so‘m.
Natijada ikkala yozuv summasi sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalasini to‘g‘ri aks ettiradi.
Ayrim hisob registrlarida xatolarni tuzatishda ham qizil storno usulidan, ham qo‘shimcha yozuv usulidan foydalanib, hisob ko‘rsat-kichlari tartibga solinib ham turiladi. Masalan, mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlashga oid hisob-kitobga muvofiq reja tannarx bilan haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq summasi qizil storno yoki qo‘shimcha yozuv yo‘li bilan hisob registrlarida rasmiylashtiriladi. Agar mahsulot(ish, xizmat)ning haqiqiy tannarxi reja tannarxidan oshiq bo‘lsa, u holda qo‘shimcha yozuv usulidan foydalanib, farq summa oddiy rang bilan yoziladi, agar teskarisi bo‘lsa, unda qizil storno usulidan foydalaniladi. Shunday qilib, mahsulot(ish, xizmat)larning reja tannarxi bo‘yicha baholanib schotlarda aks ettirilgan qiymati tartibga solish yozuvi yordamida haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi. Tuzatilgan schotlar aloqasini yozishda xato yozuvning sanasi va raqamiga asoslanib, tuzatish sabablarini ko‘rsatgan holda izoh berish kerak.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobini yuritishda xilma-xil texnik vositalar va turli hisob registrlaridan foydalaniladi. Xo‘jalik muomalalarini qayd qilishda tashqi shakli va grafalanishi turlicha daftarlar, kartochkalar va alohida varaqlar qo‘llaniladi, hisob registrlarining u yoki bu tartibda o‘zaro bog‘lanishi aniqlanadi va hisob registrlariga yozishning u yoki bu usuli, u yoki bu ketma-ketligi qo‘llaniladi. Muomalalarni qayd qilishda qo‘llaniladigan texnik vositalar va hisob registrlarining turli xil birlashmalari buxgalterlik hisobining har xil shakllarini ishlab chiqishga olib keladi.
Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish