I bob. Buxgalteriya hisobi registrlarining nazariy asoslari



Download 61 Kb.
bet2/5
Sana17.07.2022
Hajmi61 Kb.
#816243
1   2   3   4   5
Bog'liq
I BOB. BUXGALTE

Alohida varaqlar kartochkalarga o‘xshash bo‘lib, ulardan formatining kattaligi va yozuv qog‘ozida bosilishi bilan farq qiladi. Ular bir qancha afzalliklarga ega bo‘lganligi sababli hisob registrlari sifatida keng qo‘llaniladi. Alohida varaqlar bir-biriga biriktirilmaganligi uchun ish jarayonida qo‘llash ancha qulay va hisob xodimlari o‘rtasida ishni taqsimlashda qo‘l keladi hamda hisobni avtomatlashtirish talablariga mos keladi. Alohida varaqlar shaklidagi hisob registrlariga jurnal-order va ularga qo‘shimcha vedomostlar misol bo‘la oladi.
Axborotlar hajmiga ko‘ra hisob registrlari sintetik hisob registrlari, analitik hisob registrlari va birlashtiruvchi, ya’ni sintetik va analitik hisobni birlashtiruvchi registrlarga bo‘linadi.
Sintetik hisob registrlarida xo‘jalik muomalalari umumlashtirilib, pul ifodasida sintetik schotlar bo‘yicha aks ettiriladi. Sintetik hisob registrlari yoziladigan yozuvning turiga ko‘ra xronologik, sistematik va uyg‘unlashgan bo‘lishi mumkin.
Analitik hisob registrlari xo‘jalik muomalalarini analitik schotlar bo‘yicha yozish uchun mo‘ljallangandir. Bu registrlarda yozuvlar sintetik registrlarga nisbatan batafsilroq yoziladi. Bu esa sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalalarini batafsil kuzatish zaruriyatidan kelib chiqadi. Shuning uchun analitik hisob registrlarida xo‘jalik muomalasining mohiyatini tavsiflaydigan tushuntirish matni yozish uchun joy ajratilgan. Analitik hisob registrlarining sintetik hisob registrlari bilan parallel, lekin alohida qo‘llanilishi, analitik schotlar bo‘yicha oborot vedomostlari tuzish yo‘li bilan hisob yozuvlarini umumlashtirish va tekshirish bo‘yicha texnik ishlarning ko‘payishiga olib keladi. Shuning uchun so‘nggi yillarda sintetik va analitik hisobni o‘zida birlashtiruvchi hisob registrlari keng qo‘llanilmoqda. Bunday registrlarning qo‘llanilishi hisob yozuvlarini qisqartiradi, alohida obyektlar hisobni analitik yo‘nalishda yuritish va bir vaqtning o‘zida sintetik hisobning umumlashgan ko‘rsatkichlarini olish imkonini beradi. Shunday qilib, analitik va sintetik hisob ko‘rsatkichlari bitta amalni bajarish natijasida olinadi va sintetik yozuvlar jamini tekshirishga zarurat qolmaydi.
Bunday hisob registrlariga «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» schoti bo‘yicha 6-jurnal-order va «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» schoti bo‘yicha 7-jurnal-order misol bo‘ladi. Ularda nafaqat bir mol yetkazib beruvchi, hisobdor shaxs bilan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar dastlabki hujjatlarga asosan aks ettiriladi. Analitik va sintetik hisob yozuvlarini bitta hisob registrida bunday birlashtirilishi natijasida alohida analitik hisob kartochkalarini yuritishga ehtiyoj qolmaydi. Barcha analitik schotlar bo‘yicha yozuvlar jami birvaqtning o‘zida sintetik schot bo‘yicha aks ettirilgan summa bilan ifodalanadi. Sintetik va analitik hisobni bitta registrda birlashtirish buxgalteriya hisobini takomillashtirishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.

Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish