Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish, 3ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiya hajmi 89 betni tashkil etadi.
I-BOB. AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA AXBOROTNING HIMOYALANGANLIGINI BAHOLASH USUL VA VOSITALARI TAHLILI Axborot kommunikatsiya tizimlari
Hozirgi kunda axborot kommunikatsiya tushunchasi jamiyatimizda o‘z o‘rniga ega bo‘lib, uning ajralmas qismiga aylanib bo‘ldi. Axborot jamiyatimizning har bir jabxasi (iqtisod, boshqaruv, ta’lim, san’at va h.k.) da muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning rivojlanishi va tahlilida muhim rol o‘ynaydi. Vaqt o‘tishi bilan har bir sohada axborot hajmi ko‘payib, juda katta axborot oqimini vujudga keltiradi. Ushbu axborot oqimini boshqarish, yani uni saqlash, qayta ishlash, qidirish, tahlil qilish va uning xavfsizligini ta’minlash bugunning muammoli masalalaridan biri bo‘lib turibdi. Bu kabi axborotlarning boshqaruvini tashkil etish va tartibga solishdaATlarining o‘rni katta. AT lari tushunchasiga bir so‘z bilan ta’rif berish qiyin, unga keng va tor ma’noda yondashish mumkin. Keng ma’noda olib qaralganda AT lari – bu axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jixatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari[2]. Bunda AT lari shu tizimga tegishli bo‘lgan biror turdagi axborotning to‘liq yashash siklini o‘z ichiga oladi yani axborotning yaratilishidan boshlab uning foydalanishdan chiqarilishigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni va shu jarayonlarda qo‘llaniladigan barcha texnik-dasturiy vositalar hamda inson omilini. Keng ma’noda qaralganda AT lariga ko‘plab komponentlar qo‘shilishi mumkin. Masalan, biror ishlab chiqarish korxonasining ATini olib qaralsa, bu ATiga faqatgina korxona ichidagi hujjat aylanish yoki korxonaning moliyaviy tahlili emas balki ishlab chiqarish dastgohlaridan kelayotgan axborotlar, ularning holatini boshqarish, axborot jo‘natish yoki qabul qilish qaysi aloqa kanallari orqali amalga oshirilishi mumkinligi va h.k. lar kiradi. AT ning umumiy ta’riflardan birini M.R. Kogalovskiy quyidagicha bergan: “Bir butun tizimni tashkil qiluvchi, hisoblash va kommunikatsiya uskunalari, dasturiy, lingvistik vositalar va axborot resurslari shu bilan birgalikda shaxs omili va jamiyatning biror sohasidagi dinamik axborotlar modelini qo‘llab quvvatlashni ta’minlovchilarni o‘z ichiga olib, foydalanuvchining axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdir”.
Tor ma’noda ATni keng ma’nodagi ATning qism komponenti bo‘lib, ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi va maxsus amaliy dasturni o‘z ichiga oladi. Bunda AT ma’lum bir avtomatlashtirilgan faoliyatda, foydalanuvchining so‘roviga ko‘ra axborotni taqdim etish, axborotni qayta ishlash va saqlash inkonini beruvchi apparat-dasturiy vositalar tizimidir. [34] ATning funksional vazifasi axborot resurslarini yaratish, yig‘ish, ishlov berish, saqlash, izlash, tarqatish va iste’mol qilishdir. Axborot resursi –AT tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi. ATlari bir necha turdagi resurslaridan foydalanadi – bularkommunikatsiya va hisoblash texnikasi vositalari, tizimli va amaliy dasturiy ta’minotlar, axborot, lingvistik va shaxs resurslaridir. ATlari turli xil apparat platformalari asosida shakllanadi, bular kompyuterlar, meynfreymlar, terminallar, superkompyuterlar va boshqa hisoblash tizimlari. Bu uskunalar yordamida lokal tarmoqdan tortib global tarmoqlargacha AT xizmat ko‘rsatadi. ATlarida kommunikatsiya vositalarining ham o‘rni katta, ya’ni AT komponenlari o‘rtasidagi aloqani ta’minlab beradi. Kommunikatsiya resurslariga simli va simsiz aloqa kanallari, tarmoq qurilmalari kiradi[34]. Tizimli dasturiy ta’minot apparat platformalarida qo‘llaniladigan operatsion tizimlar, tizimni testlash dasturlari, dasturlash tizimlari, tizim administratori foydalanadigan maxsus dasturlar va tarmoq dasturlarini o‘z ichiga oladi. Amaliy dasturiy ta’minotesa AT foydalanuvchilarining umumiy yoki maxsus axborot jarayonini bajarish uchun qo‘llaniladi. Lingvistik resurslar ATlarida tashqi axborot resurslarini ularning xossalarini tizim tushunadigan ko‘rinishga o‘tkazish va AT va foydalanuvchi orasidagi aloqani ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. Axborot resurslari ATning asosiy komponenti hisoblanadi, ular tizim faoliyatida “hom ashyo” va “mahsulot” hisoblanadi. Axborot resurslarining aniq toifalari ATga bog‘liq bo‘ladi. Shuni aytib o‘tish kerakki har qanday ATda ikki turdagi axborot resursi mavjud – bular foydalanuvchilar uchun taqdim etiladigan maxsuliy resurs va metaresurs. Foydalanuvchilarga taqdim etiladigan axborot resurslarini ma’lumot deb olishimiz mumkin, bu xolda metaresurs metama’lumot ya’ni ma’lumot haqidagi ma’lumot bo‘ladi. Metama’lumotlar ATning aniq ishlashi uchun zarur hisoblanadi.
AT foydalanuvchilarini ham bir nechta turga bo‘lish mumkin, ATdagi maxsuliy axborot resurslarini qabul qiluvchilar, chetki foydalanuvchilar hisoblanadi. Bundan tashqari ATda maxsus vazifalarni bajaruvchi dasturiy vositalar ham foydalanuvchi hisoblanadi. XX asrning 60 yillarida ATlari juda kam miqyosida foydalanilgan va ularning vazifalari juda sodda bo‘lgan: so‘rovlarni qayta ishlash, yozuvlarni saqlash va boshqa ma’lumotlarni elektron qayta ishlash. Bunday tizimlardan maxsus o‘rgatilgan va maxsus bilimlarga ega bo‘lgan ffoydalanuvchilargina foydalana olishgan. Keyinchalik, boshqariluvchi ATlari konsepsiyasi yaratildi va yig‘ilgan ma’lumotlarga ko‘ra hisobotlarni olish imkoniyati paydo bo‘ldi. 70 yillarda qaror qabul qilish tizimlari konsepsiyasi yaratildi va bu foydalanuvchilarga tez o‘zgaruvchi jarayonlarda qaror qabul qilishga yordam berdi. 80 yillarga kelib EHM larning imkoniyati oshishi, dasturiy vositalarning ishlab chiqarilishi va kommunikatsiya vositalarining o‘sishi chetki foydalanuvchilarning yaratiliga olib keldi. Shu vaqtdan boshlab chetki foydalanuvchilar hisoblash resurslaridan mustaqil foydalana boshlashdi. Keyinchalik ATlariga sun’iy tafakkur, eksport tizimlari, ma’lumotlar va bilimlari omborining qo‘llanilishi ATlarining o‘rnini o‘zgartirib yubordi va inson faoliyatining barcha jabxalarida qo‘llanila boshlandi. ATlarini turli xususiyatlariga qarab turlicha klassifikatsiyalarga ajratish mumkin: Arxitekturasi bo‘yicha klassifikatsiyasi
Lokal ATlari, bunda ATlarining barcha komponentlari bitta kompyuterda joylashgan bo‘ladi;
Taqsimlangan ATlari, tizim komponentlari bir nechta kompyuterlarga taqsimlanadi.
Taqsimlangan ATlari o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linadi:
Fayl-server arxitekturasidagi ATlari, tizim ma’lumotlar ombori fayl serverlarda joylashgan bo‘ladi;
Klient-server arxitekturasidagi ATlari, tizimi ma’lumotlar ombori va ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi serverda joylashadi. Ikki turdagi ATlarida ham foydalanuvchi dasturi klient qismida joylashgan bo‘ladi.
Klient server arxitekturali axborot tizmlari ikki bo‘g‘inli va ko‘p bo‘g‘inli bo‘lishi mumkin. Ikki bo‘g‘inli ATlarida foydalanuvchi dasturi serverda joylashgan ma’lumotlar omboriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanadi. Ko‘p bo‘g‘inli tizimlarda orada boshqa bo‘g‘inlar ham mavjud bo‘ladi, masalan Web dasturlarda foydalanuvchi ma’lumotlar omboriga Web server orqali murojaat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |