MUNDARIJA
KIRISH 4
I-BOB. AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA AXBOROTNING HIMOYALANGANLIGINI BAHOLASH USUL VA VOSITALARI TAHLILI 8
1.1.Axborot kommunikatsiya tizimlari 8
1.2.Axborot kommunikatsiya tizimlarining xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar 11
1.3.Axborot kommunikatsiya tizimlarida axborotning himoyalanganligini baholash usullari va algoritmlari 15
I bob bo‘yicha xulosa 41
II BOB. KORXONADAGI AXBOROTNI HIMOYALASHNING INTELLEKTUAL TIZIMINI QURISHNING MATEMATIK MODELI VA ALGORITMNINI ISHLAB CHIQISH 42
2.1. Kompyuter tizimlarining strukturasini matematik modeli graflar nazariyasi asosida tasnifi 42
2.2. Axborot kommunikatsiya vositalarining matematik modeli 48
2.3. Korxonada xodimlarning ish faoliyatini kuzatish va tahlil qilish 50
II bob bo‘yicha xulosa 57
III BOB. AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TIZIMLARI UCHUN MODEL VA ALGORITMLARINING DASTURIY TA’MINOTINI ISHLAB CHIQISH 59
3.1. Ko’p-agentli tizimlarning algoritmlarini ishlab chiqish 60
3.2.Dasturiy vositani yaratish (usullari) 62
3.3.Natijalarni NetLogo dasturida vizuallashtirish 72
III bob bо‘yicha xulosa 75
XULOSA 76
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 77
ILOVA 80
KIRISH
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va asoslanishi. Axborot kommunikatsiya tizimlarida axborotni himoyalanganligini muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda ko‘pgina korxonalarning axborot tizimiga bo‘ladigan hujumlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bilan bir qatorda hujumlarni aniqlash jarayoni aniqligini oshirish va xatoliklarini kamaytirishga e’tibor qaratilmoqda. Jumladan “Kaspersky kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning birinchi choragida davlat tashkilotlariga bo‘lgan hujumlar ulushi oshgan bo‘lib, hujum ob’ektining 89%ni –kompyuterlar, serverlar va tarmoq qurilmalari tashkil etgan”1. Bu yo‘nalishda xorijiy mamlakatlarda, jumladan, AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarda intellektual usullar asosida axborotga bo‘ladigan tahdidlarning ta’sir darajasini aniqlash, hujumlarni aniqlash usullari va algoritmlarini ishlab chiqish hamda axborotni himoyalash tizimlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Respublikamizda davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida axborotni himoyalash jarayonida qo‘llanilayotgan intellektual tizimlarga asoslangan himoya mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-son Farmoni
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan “...axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoyalash tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish”[2] vazifalari belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-son “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari, 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-4024-son “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2019 yil 14 sentabrdagi PQ-4452-son “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy- huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur dissertatsiya tadqiqoti ma’lum darajada xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |