Mavzu: Plastinkalarga doir masalalar yechish.
Bunday masalalarda biror passivroq metallning eruvchan tuzi eritmasiga biror massali aktivroq metall plastinka botirilganda, aktivroq metall passivroq metallni tuzidan siqib chiqaradi. Natijada metall plastinka massasida farq paydo bo’ladi. Bu farq ikkala metall molyar massalari ayirmasiga asoslanib topiladi.
farq = M(Me1) – M(Me2)
shu bilan birga eritmada yangi tuz hosil bo’ladi. Masalan:
CuSO4+Fe=FeSO4+Cu
farq =64-56=8g
M1. (123) Massasi 40g bo’lgan temir plastinka mis sulfat eritmasiga tushirildi. Plastinka massasi 43g ga yetganda eritmaga necha gramm temir o’tadi?
farq = 43 – 40 = 3g CuSO4+Fe=FeSO4+Cu
56g Fe – 8g farq
x – 3g farq x=21g Fe
M2. (251) Xlorid kislota eritmasiga massasi 50g bo’lgan metall plastinka tushirib qo’yildi. 336 ml (n.sh). vodorod ajaralib chiqqanda plastinka massasi 1,68% ga kamaygan. Plastinka qaysi metalldan yasalgan?
m(pl)=50g 𝜔=1,68=0,0168
V(H2)=336ml=0,336 l
M(Me)-?
|
Me + HCl = MClx + H2
0,84 0,336 l
x 11,2 l
x=28 FeII
|
M3. 10g li Fe plastinka tarkibida 1,6g CuSO4 bo’lgan eritmaga tushirilganda plastinkaning massasi qanday o’zgaradi?
m(pl)=10g
m(CuSO4)=16g
farq-?
|
CuSO4+Fe=FeSO4+Cu
160g – 8g farq
1,6g – x=0,08g ga ortadi.
|
M4. (458) Tarkibida 4g CuSO4 bo’lgan eritmaga Cd plastinka tushirib qo’yilgan. Mis batamom siqib chiqarilgandan keyin, plastinkaning massasi 3% ga kamaydi. Eritmaga tushirib qo’yilgan plastinka massasini aniqlang.
m(CuSO4)=4g
𝜔=3%=0,03
m(plastinka)-?
|
Cd+CuSO4=Cu+CdSO4 farq = 112 – 64 = 48 ga kamayadi
160g – 48g farq
4g – x=1,2g farq
. x=40g
|
M5. (470) CuCl2 va CdCl2 eritmalariga +2 ion hosil qiluvchi metalldan yasalgan bir xil massali plastinkalar tushirildi. Birinchi eritmaga tushirilgan plastinka massasi 1,2% ga ikkinchisi 8,4% ga ortdi. Eritmalarning molyar konsentratsiyalari bir xilda kamaygan.Plastinka qaysi metalldan iborat bo’lgan?
𝜔1=1,2%
𝜔2=8,4%
M(Me)-?
|
CuCl2+Me=MeCl2+Cu
farq =64–x
CdCl2+Me=MeCl2+Cd
farq =112–x
134,4 – 1,2x = 537,6 – 8,4x
403,2 = 7,2x x=56 (Fe)
|
M6. (601) Og’irligi 100g bo’lgan temir plastinka CuSO4 ning 20% li 250g eritmasiga botirildi. Ma’lum vaqtdan so’ng plastinka eritmadan olinib, yuvilib, quritilib tortilganda, uning massasi 102g ni tashkil etdi. Reaksiyadan so’ng eritma tarkibidagi moddalarning massa ulushini % da aniqlang.
m1(pl)=100g
m2(pl)=102g
me =250g
ω1(CuSO4)=20%=0,2
ω(FeSO4)-?
ω2(CuSO4)-?
|
farq=2g m(CuSO4)=250∙0,2=50g
(farq=8g)
CuSO4+Fe=FeSO4+Cu
160g - 152g 8g farq
y - x - 2g farq
x=38g FeSO4 hosil bo’ldi ω2(CuSO4)=
y=40g CuSO4 sarf bo’ldi. ω(FeSO4)=
mo(CuSO4)=50-40=10g me=250-2=248g
|
Do'stlaringiz bilan baham: |